Tarmoqli biznes


Taklif qilinadigan kishilarni ikki guruhga ajratish mumkin



Yüklə 333 Kb.
səhifə10/26
tarix20.11.2023
ölçüsü333 Kb.
#164065
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26
10 asos

Taklif qilinadigan kishilarni ikki guruhga ajratish mumkin:
1 – GURUH: Eng yaqin do’st yoki yaqin qarindosh, kasbdoshlarni taklif qilish.
Siz ularga shu tarzda gapirsangiz foydaliroq bo’ladi: “Bir muncha vaqtdan beri bir ajoyib biznes bilan shug’ullanyapman va yaxshi foyda ko’ryapman. Bu biznesni sizga birdaniga yoqib qolishiga kafolat bermayman. Lekin yetarlicha g’ayrat ko’rsatsangiz bu biznesda yaxshi daromad olishingizga ishonaman”.
Bu so’zlaringizdan keyin sizga shu mazmunda savol berishadi: “U qanday biznes? Mendan nima talab qilinadi? To’liqroq ma’lumot ber.”
Sizning javobingiz taxminan shunday bo’lishi kerak: “Aziz do’stim, bu jiddiy masala. Senga tushuntirish uchun vaqtimiz ham yetmaydi, bemalol gaplashadigan joyimiz ham yo’q. Agar qiziqsang bir-ikki soat vaqtingni ajrat, senga katalog va hujjatlar yordamida bu biznes haqida to’liq ma’lumot beraman.
E’tibor bering: Ish haqida do’stingizga tamoman ma’lumot bermang!Ko’p iltimos qilishsa, shunday deyishingiz mumkin: “Biznesni to’liq tushuntirishim uchun vaqtimiz kam, olishingiz kerak bo’lgan ma’lumot esa ko’p. Hatto nimadan boshlashni ham bilmayman. Shoshilmaslikni tavsiya qilaman. Jiddiy suhbat uchun jiddiy joy va yetarli vaqt kerak. Yaxshisi, keling, hozircha vaqt va joyni aniqlab(belgilab) olaylik”.

2 – GURUH:Sizdan kattaroq yoshda yoki balandroq lavozimda bo’lishsa.


Agar do’stlaringiz va qarindoshlaringiz sizdan katta yoshda, badavlatroq yoki balandroq lavozimda bo’lsalar ushbu suhbat maqsadga muvofiq bo’ladi:
“Yaqinda bir biznes bilan tanishdim. Menimcha maroqli va daromadli ish. Shaxsan men bu ishdan bahra olaman. Ammo bu ishda yanada ko’proq muvaffaqiyatga erishish uchun o’zimdan kattaroq bir kishining maslahati foydali bo’lardi. Menga 1-2 soat vaqt ajrating, sizga katalog va kerakli hujjatlar yordamida to’liq ma’lumot beray. Menga sizning maslahatingiz zarur”.


Taklif qilish jarayonida unumli natijalarga erishish uchun quyidagi usullarga ahamiyat qiling:

  1. Biznesga taklifda kishilarga nisbatan samimiy va chin yurakdan yondashing. Faqat til va gap yetarli emas. Insonlar yangi ishdan ko’ra sizning hatti-harakatlaringiz va samimiyatligingizga diqqat qilishadi. Ular sizning hissiyotingizni ko’rishni xohlashadi. Biznesga bo’lgan ishonchingizni baholashadi. Ishingizga qanchalik ko’p ishonsangiz va hurmat bilan tilga olsangiz, taklif qilish jarayoni oson kechadi.

  2. Sizda o’zingizda ishonchning kuchayishi uchun va odamlar bilan jiddiy suhbatga tayyor holga kelishingiz uchun do’stlaringizni biznesga taklif qilishdan oldin lideringiz bilan mashq qiling, eksperimentlar o’tkazing. Taklif qilish vaqtida shoshilmang va yolg’on gapirmang. Shuni biling-ki, do’st va qarindoshlaringiz sizning eng yaqin kishilaringizdir. Ular sizga 2soatlarini ajratishga tayyorlar. Prezentasiyadan keyin ham ular bilan yaqin va samimiy aloqalarni davom ettiring va ularni kuzating.

  3. Hyech qachon ishning tafsilotlari haqida gapirmang. Kompaniya va uning daromadlari haqida gap ochmang. Siz bergan noto’g’ri ma’lumotlar ularning sizga bo’lgan ishonchini yo’qotishi mumkin.

  4. Agar do’st va qarindoshlaringiz ish haqida haddan tashqari ko’p qiziquvchanlik bilan sizni savollar yomg’iriga tutishsa, shunday javob bering:

-Shoshilmang, 2soat vaqt ajratish bilan hyech narsa yo’qotmaysiz. Eng muhimi-ish haqida to’liq ma’lumot. Sizga ishni tushuntirishim uchun qachon vaqt ajratasiz? Masalan, ertaga soat 10:00 dami, Yakshanba kuni 15:00 dami?

  1. Agar shu savolni so’rashsa: “Bu biznesda muvaffaqiyatga erishi-shimga kafolat berasizmi?”, shunda siz mana bunday javob berishingiz mumkin:

-Shubhasiz kafolat beraman, faqat bir shartim bor:Men bilan yelkama-yelka ishlasangiz, mas’uliyatlarni (vazifalarni) bajarsangiz va har bir masalani jiddiy qabul qilsangiz, albatta birgalikda muvaffaqiyatga erishamiz. Agar aytganlarimni qilmasangiz, hyech narsaga kafolat bermayman.
6. Do’stingizning Tarmoqli Marketing, Doimiy Xaridorlar Tizimi (SAP), “GREENLEAF group” va boshqa kompaniyalar haqida ma’lumoti bo’lishi va hatto bu ishga salbiy munosabatda bo’lishi mumkin. Hatto sizdan “parashok yoki shampun sotish kerakmi?” deb so’rashi mumkin. Bu holda javobingiz shunday bo’lsin: “Hyech aloqasi yo’q. Tarmoqli Marketing emas. Shoshilmang, 2 soat ajrating, biznes haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lasiz”.
Yolg’on gapirmayapsiz, do’stingiz Doimiy Xaridorlar Tizimi (SAP) haqida yetarli ma’lumotga ega emas. Kam ma’lumot noto’g’ri xulosa chiqarishga sabab bo’ladi.
7. Agar do’stingiz o’ta g’ururli bo’lsa, bu biznesni bilishini aytsa va sizning gaplaringizga qarshilik ko’rsatsa, yodingizda bo’lsin, u kishi bu biznes haqida biror narsa bilmaydi yoki unga biznes haqida yetarli emas va noto’g’ri ma’lumot berilgan.
Agar do’stingiz yaqin do’stidan to’g’ri ma’lumotni olgan bo’lsa edi, allaqachon bu biznesda ishlayotgan bo’lar edi. Unga o’zingizga ishongan holda va qat’iy tarzda shunday deng: “Aziz do’stim, sendagi ma’lumot yetarli emas va noto’g’ri.

Yüklə 333 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin