IShONCh - BOYLIKKAERIShIShNING BOShLANG’ICh NUQTASIDIR. Ishonch-bu muvaffaqiyatsizliklarning dorisidir. Agar boy bo’lishingizga ishonmasangiz, hyech qachon boy bo’lolmaysiz. Insonning ongi yaxshi va yomonni ajrata olmaydi. Ongingizga nimani bersangiz, o’shanga ishonadi. Bunday deyish mumkin:
NIMANI O’YLASANGIZ – O’ShASIZ! “Boy bo’lmayman” deb o’ylasangiz, aniq boy bo’lmaysiz. “Qobiliyatsizman” deb o’ylasangiz, demak qobiliyatlaringiz rivojlanmaydi. Agar “qilolmayman” deb o’ylasangiz, qilolmaysiz. Agar “insonlarni o’zimga jalb qila olmayman” desangiz, demak jalb qila olmaysiz. Qadrli do’stim, butun umringiz davomida birovlarning maslahatini tingladingiz va rioya qildingiz. Bu safar menga quloq soling:
SIZ O’ZINGIZNING KUZATUVLARINGIZDA EMIN-ERKIN BO’LIShINGIZ VA YuKSAK ChO’QQILARGA ERIShIShINGIZGA IShONIShINGIZ LOZIM. MUVAFFAQIYaTLI ODAM DASTLAB “ALBATTA MUVAFFAQIYaTGA ERIShAMAN” DEB IShONCh BILAN O’YLAYDI. HAR MUVAFFAQIYaTINGIZ SIZNING FIKRLARINGIZGA BOG’LIQDIR. AGAR MUVAFFAQIYaTLI BO’LIShNI XOHLASANGIZ, UNGA ZEHNAN, JISMONAN VA MA’NAN TAYYoR BO’LING. O’zingizga hamma vaqt shunday deb yuring:
-Men maqsadlarimga erishishimga ishonaman. Muvaffaqiyatli kuzatuv o’tkazishimga ishonaman.
IKKINChI SIR: Odamlarni katta qiziqish va buyuk xohish bilan kuzating.
O’zingizning o’ng va chap tomoningizga odamlarni jalb qilish uchun sizda otashin ishtiyoq ya’ni qizg’in xohish bo’lishi shart. Otashin ishtiyoqingiz kuzatuvingizni muvaffaqiyatli o’tkazishingiz uchun sizga yaxshi turtki bo’ladi.Agar sizda otashin ishtiyoqingiz bo’lmasa, siz insonlarni jalb qilishga befarq, dangasa bo’lasiz va qulay fursatni qo’ldan boy berasiz.
Hamma muvaffaqiyatli odamlar ishning boshlanishida qiyinchiliklarga duchor bo’lishgan. Bu biznesning sizni va do’stlaringizni baxtli qilishiga chin qalbdan ishonsangiz, qilayotgan ishingiz to’g’ri bo’lsa, sust bo’lmang, oldinga olg’a qadam tashlang. Odamlarning har xil gaplariga quloq solmang.