AGAR (KUZATUVNI) SABR BILAN DAVOM ETTIRSANGIZ, “YO’Q” SO’ZI O’Z MA’NOSINI YO’QOTADI.
“YO’Q” so’zini “HA” so’ziga aylantirishni o’rganishingiz va insonlarni biznesga qanday jalb qilishni bilib olishingiz shart.
Qanday qilib “yo’q” so’zini “ha” so’ziga o’girish mumkin?
1. Suhbatdoshingizni diqqat bilan tinglang. Insonlarga dardlarini aytib berish imkoniyatini bering. Ular birikib ketgan manfiy va musbat hissiyotlaridan xoli bo’lsinlar. Siz faqatgina ularning savollarini esingizda qoldirishga harakat qiling, yozib oling. Shu savollari balki ularga eng ko’p to’siq bo’layotgandir.
2. Bergan savollarini o’zlariga takrorlang, to’g’ri tushunganligingizni aniqlab oling.
3. Savollarni uch bo’limga bo’ling (A,V,S). O’z lideringizdan so’rang.
A. Ijobiy fikr va nuqtai nazar egalarining savollari. Masalan, “men biznesga kiraman, lekin pulni sening kartochkang orqali o’tkazsam maylimi? Mana bu soatni olaymi?”.
V. Qo’rqayotganlar va shubhasi borlarning savollari. Masalan, “men ikki kishini qayerdan topaman? Agar muvaffaqiyatga erishmasam dadamga nima deyman?”.
S. Salbiy odamlarning savollari. Masalan,“Bo’lmaydi, chunki bu biznesda hamma muvaffaq bo’lmaydi-ku! Siz millioner bo’ldingizmi? Bu ish bizning xalqimizga to’g’ri kelmaydi, men bilaman. Siz faqat o’z manfaatingizni o’ylayapsiz, mendan pul ishlab olmoqchisiz, to’g’rimi?”.
4. A, V va S turdagi savollarga javob qaytaring:
A. Bu odamlarning savollariga javob berishingiz uchun ish jarayonlarini, kompaniyani, mahsulotni va o’z tajribalaringizni bilishingiz yetarli.
V. Bundaylar hamma yangi ishga shubha bilan yondoshadi. Hamma vaqt ularning yonida bo’lishingizni sezdiring, ayting. “Men ham, boshqa bir qator inson ham shu shubha va savollarga ega edi. Aslida bu savolingizning javobi mana bunday...” deb javob berish kerak. Bu insonlarning savollari juda ko’p bo’ladi, oxirgi savollarini so’rab biznesga kirganlariga qadar charchamay u kishini har kun ko’rib turing.
S. Manfiy savollarni parchalarga ayirib, alohida javob bering. Masalan, “pulni to’lamas ekan, mahsulotlarda sertifikati yo’q ekan” kabi yolg’on savollarga ham sabr bilan javob bering. Ularga qaytarib ushbu savollarni bering: “Kim aytdi? Qachon? Nimaga? Ko’rdingizmi? Qayerda?”.
5. Hamma savollarga javob berganingizga va to’g’ri tushunganlariga amin bo’ling.
6. Har bir uchrashuvdan keyin, navbatdagi uchrashuv vaqtini belgilang.
Siz har qanday savol, qarshi fikr, salbiy munosabat va tushunmov-chilik bilan yuzma-yuz kelganingizda, qo’rqmang, “FEEL – FELT – FOUND (Xis qiling - Xis qilasiz – Topasiz (tushunasiz))” metodini qo’llang. Lideringizdan bu metodni batafsil o’rganib, mashqlar yordamida odat qilib oling. Bu metod sizni har qanday suhbatda maqsadingizga albatta olib boradi.
Aziz do’stim, men ham siz kabi oz muddat oldin shu biznes bilan tanishdim. Hatto DOIMIY XARIDORLAR TIZIMI (SAP) haqida hyech nima bilmasdim. Yaxshilab o’ylaganimdan so’ng tushundimki,
Dostları ilə paylaş: |