TEMIRNI QIZIG’IDA BOSISh, UNGA ShAKL BERISh KERAK.
- Agar sizda biror savol tug’ilgan bo’lsa, yoki tushunmagan joylaringiz bo’lsa, mendan so’rang. Keling, kompaniya bilan tanishish uchun internet saytiga kiraylik. Birgalikda to’liq ma’lumotni olaylik.
Sizning kuzatuvingiz bo’lmasa, do’stlaringizdan hyech qaysisi bu biznesga kirmaydi. Muvaffaqiyatli taklif va prezentasiyadan keyin to’g’ri kuzatuv shart.
Prezentasiyadan o’tgan har bir inson biznesga kirgunicha uning yonida bo’lishingiz lozim. Uni har kun kuzating, hatto bir kunda bir necha marotaba ham kuzating.
Siz uni sizning gruppangizga kirishi uchun kuzatmayapsiz. Bundan na siz va na u daromad oladi. Kuzatuvingizdan maqsad: siz u bilan birga ishlab, birga muvaffaqiyatga erishishga tayyor ekaningizni ko’rsatishingiz kerak. U kishi sizdagi ishonchni ko’rishi kerak.
MUVAFFAQIYaTLI KUZATUV SIRLARI
Bilaman, hali guruhingizda birorta ham odamingiz yo’q va biror dollar daromadingiz ham kelmagan. Ehtimol, siz do’stlaringiz bilan uchrashishdan qo’rqarsiz, chunki hali siz millioner bo’lganingizcha yo’q, hyech kim sizga ishonmaydi.
Sizning qo’rqoq emasligingizga ishonaman, lekin kompaniyaning rejasini (biznes-planini) esdan chiqargansiz, deb o’ylayman.Siz yaqinda kompaniyaga kirgansiz va o’zingizning chap va o’ng tomoningizga ikkita odam olishingiz kerak. Siz rivojlanishingiz va pul ishlashingiz kerak. Ishingizni murakkablashtirmang, osonroq qiling. Soddalikda foyda bor:
ODAMLAR SIZNING KIM BO’LGANINGIZGA YoKI HOZIR KIMLIGINGIZGA QARAMAYDI. ULAR SIZNING KIM BO’LMOQChI EKANINGIZNI (KELAJAKDA KIM BO’LIShINGIZNI) KO’RIShNI XOHLAShADI.KO’ZINGIZDAGI IShONCh VA QUVONCh ULARGA HAM ILHOM BERADI.
Agar odamlaringizni to’g’ri kuzatmoqchi bo’lsangiz, quyidagi muqaffaqiyatli kuzatuv sirlarini o’qing.
BIRINChI SIR: O’zingizga va ishingizga ishonchingiz bo’lsin.
Ishonch – ongning bir holatidir, kayfiyatdir. Ishonchni muntazam ravishda o’rganish va o’zimizni ishontirish yo’li bilan qo’lga kirita olamiz. Agar bir fikrni doimo o’ylab yursangiz, qisqa muddat ichida bu fikrning haqiqat ekanligiga ishona boshlaysiz. Ijobiy sezgilaringizni ongingizda rivojlantirishingiz kerak. Salbiy sezgilaringizdan xoli bo’lishingiz kerak.
Dostları ilə paylaş: |