Tarmoqli biznes



Yüklə 333 Kb.
səhifə24/26
tarix20.11.2023
ölçüsü333 Kb.
#164065
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
10 asos

9- ASOS: HIMOYa
Xariddan keyingi mas’uliyatingiz-yangi hamkoringizga darslarni o’tish va ishni o’rgatish. Unutmang, bizning shiorimiz: “ta’lim va takror -muvaffaqiyat kaliti”. Ta’limsiz yangi hamkorlarning ishlashga ishtiyoqi bo’lmaydi va “ishning ko’z”ini bila olmaydi. Unga “Biznes Tashkil Qilishning 10 asosi” kitobini o’tishga yordam bering, unga darslarni o’zingiz tushuntiring. Bu darslarni o’tish va “Biznes Tashkil Qilishning 10 asosi”ning barcha bosqichlariga amal qilish, sizning jamoangizning tez orada kuchli rivojlanishiga sabab bo’ladi.
Siz ham men kabi ishning boshida boshqalarga dars o’tishdan qo’rqasiz. Faqat bir yo’l bilan bu qo’rquvni yengish mumkin: faqat o’rganing!
“Biznes Tashkil Qilishning 10 asosi” shunchalik sodda qilib yozilganki, uni hamma tushuna oladi va boshqalarga osonlikcha tushuntira oladi.
KO’P TAKROR QILING, MO’JIZA PAYDO BO’LGUNChA TAKRORLANG.
Yodingizda bo’lsin, jamoangizga darslarni qanchalik tez o’tib tugatsangiz va qanchalik tez prezentasiya qilishni o’rganib olsangiz, shuncha tez o’z kutgan muvaffaqiyatingizga va katta natijalarga erishasiz.
Siz jamoangizda paydo bo’ladigan barcha savollarga javob berish uchun ularga lider sifatida yo’lboshchilik qilishingiz kerak. Jamoangizda ortda qolayotganlarni qo’llab quvvatlashingiz kerak.
Jamoangiz ko’payib, tashkilotingiz bir qancha yangi va mustaqil liderga ega bo’lganida, shu liderlar bilan har haftada bir yoki yana ham tez-tez majlislar tashkil qiling. O’zingiz o’rgangan yangiliklarni ularga ham yetkazib turing.
Ularni salbiy ta’sirlardan qo’riqlang. Javobsiz savol qoldirmang.
Muhim qoida: hamma vaqt salbiy xususlarni o’zingizdan tepaga, ijobiy va foydali xususlarni esa pastga yuboring!
- - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - -


10- ASOS: O’Z KOPIYaLARINGIZNI TAYYoRLASh
(ShOGIRD TARBIYaLASh)

Bu biznesda millioner bo’lishning yagona yo’li-chap va o’ng tomoningizdagi do’stlaringizni millioner qilish. Jamoangizda qancha ko’p daromadli hamkorlaringiz bo’lsa, siz ham shuncha ko’p boylikka ega bo’lasiz.


Dastlab biznesga taklif qilgan chap va o’ng tomoningizdagilarga foyda keltiring, so’ngra albatta sizga foyda keladi.Jamoangiz a’zolarini shunday tayyorlang-ki, siz bo’lmaganingizda ham jamoa rivojlanish qobiliyatiga ega bo’lsin. Ularga o’zingizga o’tilgan hamma dars va kitoblarni, disklarni va treninglarni o’ting. Ular ham o’z navbatida sizdan olgan bilimlarini aynan ulardan keyin keladiganlarga yetkaza olishlari kerak. O’zingizga aynan o’xshash kishilarni rivojlantirsangiz va jamoangizni liderlar jamoasi holiga keltirsangiz, sizning tashkilotingiz dunyoda bir qator mamlakatda muvaffaqiyatli ravishda o’sib borayotgan jamoa bo’la oladi.



Yüklə 333 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin