Axborotni uzatish va qabul qilish. Tarmoq har doim bir nechta komp’yuterlarni birlashtiradi va ulardan har biri o‘z axborotlarini uzatish va qabul qilish imkoniyatiga ega. Axborot uzatish va qabul qilish komp’yuterlar o‘rtasida navbat bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun har qanday tarmoqda axborot almashinuvi boshqarib turiladi. Bu esa o‘z navbatida komp’yuterlar o‘rtasidagi axborot to‘qnashishi va buzilishini oldini oladi yoki bartaraf qiladi. Kompyuterlar tarmoqlari tashkil etilgandan so‘ng undagi barcha kompyuterlarning manzillari belgilanadi. Chunki axborotlarni tarmoq orqali bir kompyuterdan boshqasiga uzatish kompyuter manzillari orqali amalga oshiriladi. Jo‘natilayotgan axborotga oddiy hayotimizdagi xat jo‘natish jarayoni kabi uzatuvchi va qabul qiluvchi manzillari ko‘rsatiladi va tarmoqqa uzatiladi. Har bir kompyuter kelgan axborotdagi qabul qiluvchi manzilini o‘zining manzili bilan solishtiradi, agar manzillar mos kelsa, u holda axborotni qabul qilib oladi va uzatuvchiga qabul qilib olganligi to‘g‘risida tasdiq yo‘llaydi. Xuddi shu tariqa kompyuterlararo axborot almashiniladi. Manzil tushunchasi. Kompyuter tarmoqlarida manzil tushunchasi sifatida quyidagi fikrlarni keltirish mumkin: 1. Manzil kompyuter xotirasining qismlarini, kompyuter kiritish-chiqarish qurilmalari portini, hisoblash tarmog‘i kompyuterlarini hamda boshqa ma’lumot manbalarini yoki ularni uzatish uchun belgilangan joyni aniqlaydi. 2. Manzil hisoblash tarmoqlarida uzatilayotgan ma’lumotlarni qabul qiluvchi yoki jo‘natuvchilarni aniqlovchi ma’lumotlar ketma-ketligi. Lokal, mintaqaviy va global komp’yuter tarmoqlari. Kompyuter tarmoqlarini ularning geografik joylashishi, masshtabi hamda hajmiga qarab bir nechta turlarga ajratish mumkin, masalan: Lokal tarmoq - bir korxona yoki muassasadagi bir nechta yaqin binolardagi komp’yuterlarni o‘zaro bog‘lagan tarmoq. Mintaqaviy tarmoqlar – mamlakat, shahar, va viloyatlar darajasida kompyuterlarini va lokal tarmoqlarni maxsus aloqa yoki telekommunikatsiya kanallari orqali o‘zaro bog‘lagan tarmoqlar. Global tarmoqlar - o‘ziga butun dunyo kompyuterlarini, abonentlarini, lokal va mintaqaviy tarmoqlarini telekommunikatsiya (kabelli, simsiz, sun’iy yo‘ldosh) aloqalari tarmog‘i orqali bog‘lagan yirik tarmoq. Kompyuterdan turli masalalarni xal qilishda foydalanish mumkin. Axborot almashish uchun magnit va kompakt disklardan foydalanish yoki boshqa kompyuterlar bilan umumiy tarmoqqa ulanish kerak bo‘ladi. Kompyuterlarning o‘zaro axborot almashish imkoniyatlarini beruvchi qurilmalar majmuiga kompyuter tarmoqlari deyiladi Tarmoqning asosiy imkoniyatlari tarmoqqa ulangan kompyuterlar va axborot ashyolariga bog‘liq. Axborot ashyolari (resurslari) deganda arxiv, kutubxona, fondlar, ma’lumotlar ombori va boshqa axborot tizimlaridagi xujjatlar yig‘indisi tushuniladi. Tarmoqdagi kompyuterlarda saqlanayotgan axborot ashyolariga ushbu tarmoqqa ulangan boshqa kompyuterlar yordamida kirish mumkin Kompyuterlar soniga qarab tarmoqlar lokal (LAN - Local Area Network), mintaqaviy (MAN - Metropolitan Area Network), global (WAN-Wide Are Network) tarmoqlarga bo‘linadi. Lokal tarmoqlar bir binoda yoki bir-biriga yaqin binolarda joylashgan kompyuterlarda o‘zaro axborot almashish imkonini beruvchi tarmoq xisoblanadi. Bunday tarmoqlarda axborot almashinish aloqa kabellari (ba’zan, telefon tizimi yoki radiokanal) orqali amalga oshiriladi. Bunda foydalanuvchilar tarmoqqa ulangan kompyuterlardagi ma’lumotlarni birgalikda qayta ishlash va ma’lumotlarni ayirboshlash va dastur, printer, modem va boshqa Global tarmoq — dunyoning ixtiyoriy davlatidagi kompyuterlarni o‘zida birlashtirish imkoniga ega bo‘lgan tarmoq. Bu tarmoq internet (Internet) deb xam yuritiladi. Internet bilan birga intranet tushunchasi xam ishlatiladi. Intranet — bu internet texnologiyasi, dastur ta’minoti va bayonnomalari (protokollari) asosida tashkil etilgan, ma’lumotlar ombori va elektron jadvallar bilan jamoa bo‘lib ishlash imkonini beruvchi korxona yoki tashkilot mikyosidagi yangi axborot muxitini tashkil etuvchi kompyuter tarmog‘idir. Intranet boshqa kompyuter tarmoqlaridan quyidagi jixati bilan farqlanadi: bir yoki bir nechta serverdan tashkil topgan tarmoq mijozi undagi ma’lumotlardan foydalanish uchun ularning qaysi serverda, qaysi katalogda, qanday nom bilan saqlanayotganligini, ularga kirish usuli va shartlarini bilishi zarur bo‘ladi. Internetda esa bunday noqulayliklarning oldi olingan bo‘lib, uning foydalanuvchisi bunday ma’lumotlarni bilishi shart emas. Bundan tashqari, internet tarmog‘ida mavjud bo‘lgan barcha elektron xujjatlar va ma’lumotlar omborini giperbog‘lanishlar yordamida o‘zaro bog‘lab yagona axborot muxiti qurish, unda qulay axborot qidiruv tizimlarini tashkil etish mumkin bo‘ladi. Axborot muhitida tezlik tushunchasi, birliklari va axborot kanallari sig‘imi. Ma’lum vaqt oralig‘ida aloqa muhitlari orqali uzatiladigan axborot hajmi - uning uzatilish tezligini belgilaydi. Xar qanday harakatlanuvchi jism va modda uchun tezlik tushunchasi va uning o‘lchov birliklari mavjud bo‘lganidek, axborotning ham uzatish tezligi hamda o‘lchov birliklari mavjuddir, bular:
Bit/sekund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan bitlar soni;
Kbit/sekund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan minglab yaxlitlangan bitlar soni;
Mbit/sekund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan millionlab yaxlitlangan bitlar soni;
Gbit/sekund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan milliardlab yaxlitlangan bitlar soni.
Axborot kanallarining sihimi ular orqali ma’lum vaqt oralig‘ida uzatiladigan axborot hajmi bilan belgilanadi. Bu o‘z navbatida axborot kanallarining o‘tkazish qobilyatini anglatadi. Kompyuterning salbiy va ijobiy tomonlari. Kompyuterdan foydalananish bo‘yicha ma’lum me’yorlar, qoidalar va talablar mavjud. Bunga kompyuterning joylashishi, xonaning yorug‘ligi, havo almashishiga bo‘lgan talablar va texnika xavfsizligi qoidalari kiradi. Kompyuter ishlash vaqtida o‘zidan elektromagnit to‘lqinlarni tarqatadi, bu esa o‘z navbatida kompyuterdan uzoq vaqt foydalanilganda inson sog‘lig‘iga zarar yetkazadi. Kompyuterning noto‘g‘ri joylashishi foydalanuvchining tanasi tuzilishiga, kompyuter joylashgan xonaning yorug‘lik darajasi esa kompyuterning foydalanuvchi ko‘rish qobiliyatiga ta’sirini belgilaydi. Maktab yoshigacha bo‘lgan foydalanuvchi kompyuter bilan 15-20 minut ishlashi mumkin. Maktab yoshidagi 1-2 soat oralig‘ida kompyuterda ishlashi mumkin. Kattalar esa bir ish kuni davomida 3-4 soat atrofida ishlashi mumkin. Lokal xisoblash tarmoqlari (LXT) Personal kompyuterlar asosida qurilgan LXT, oddiy arxitekturasi va asosiy qurilmalarining arzonligi sababli barcha soxalarda tadbiq qilinmoqda. Jumladan tijorat va bank tizimlarini avtomatlashtirishda, boshqarish tizimlarida va boshqalar. Uning asosiy komponentlariga quyidagilar kiradi:
Lokal xosoblash tarmoqlari asosiy komponentlari LXTlari ikki turga ajratiladi: 1. Yagona rang arxitekturasi - har bir abonent tizimi bir xil ko‘lamda resurslarni taqdim va iste’mol qilishi mumkin bo‘lgan, axborot tizimining konsepsiyasi. Yagona rang arxitektura shu bilan tavsiflanadiki, unda hamma abonent tizimlari teng huquqli va ularning bir birlarini resurslariga murojaatlari simmetrik bo‘ladi. Buning evaziga, foydalanuvchi ma’lumotlarni taqsimlangan ishlovini bajarishi, amaliy dasturlar, tashqi qurilmalar, shu jumladan, ixtiyoriy tizimlarda joylashgan fayllar bilan ishlashi mumkin. Yagona rang arxitekturasi, tarmoq vositalarining oddiy yuklanishi, yengil kengaytirilishi bilan tavsiflanadi. (Odnorangovыe - peer-to-peer ).
Yagona rang arxitekturasi asosida qurilgan LXT Bu turdagi tarmoqlarda xech qanday ierarxik struktura mavjud emas, har bir terminal ishchi stansiya yoki server vazifasini o‘tashi mumkin. Bu tarmoqda xech qaysi kampyuter tarmoqni boshqarishga javobgar emas. Ishchi guruxlar – bu guruxga bir maqsadda jamlangan ishchi stansiyalar kiradi. Shu sababli odatda bunday tarmoqlarda (peer-to-peer) 10 dan oshmagan kompyuterlar jamlanadi. Bu tarmoqlar kam harajatli xisoblansada, ularni qurishda ishlab chiqarish ko‘rsatkichi yuqori, samarali, tezkor va qimmat kompyuterlar ishlatiladi. Operatsion sistemaga kelsak, ularda MS Widows NT for Workstation; MS Widows 95/98, Widows 2000 va Widows XR dasturlari ishlatilishi mumkin.
2. Server asosida qurilgan LXT (server based). Tarmoqda joylashgan fayllar va boshqa resurslardan erkin foydalanishni taqdim etuvchi tarmoqdagi kompyuter. Internetda server deganda, veb-sahifalar joylashgan va veb-brauzerlari so‘rovlariga javob beruvchi kompyuter tushuniladi.
Server asosida qurilgan LXT Tarmoqdagi kompyuterlar soni 10tadan oshib ketsa u xolda ishlab chiqarish ko‘rsatkichi kamayib boradi. Shu tufayli tarmoqlar yagona server asosida boshqarilishi kerak bo‘ladi. Agar tarmoqning xajmi yanada oshib ketsa u xolda bir emas balki bir nechta serverlardan foydalanish kerak bo‘ladi. Server mashinalarining xizmat turlari kupligi sababli serverlarni xam ma’lum bir xizmat uchun ishlatish mumkin. Misol uchun: Fayl serveri – Mahalliy tarmoqdagi ko‘p sonli foydalanuvchilar uchun fayllarini boshqarish va saqlash funksiyalarini ta’minlaydi. U apparat va dasturiy vositalar majmuasi. Fayllarni fayl serverida saqlash bir faylning nusxalar to‘plamini ayrim kompyuterlarda saqlash zaruriyatidan halos qiladi. Bu bilan disk makoni tejaladi, fayllarni ma’murlash va yangilash jarayoni yengillashadi hamda fayllarni muhofazalash ishonchliligi oshadi Dastur serverlari – bu serverlarda “klient-server” dasturlari ishlatiladi va foydalanuvchilar barcha ma’lumotlarini mana shu serverlarda saqlab qayta ishlash imkoniga egadir. Pochta serverlari – pochta serveri Foydalanuvchilarning shaxsiy xatlarini qabul qilib olish va uzatishni hamda ularni yo‘naltirishni ta’minlovchi server. Pochta serverini tashkil qilish uchun shaxsiy kompyuterga tegishli dasturiy ta’minotni o‘rnatish lozim. Pochta – Internetda muloqot qilishning asosiy vositasi.Serverlar asosida qurilgan tarmoqlarda tarmoq arxitekturasiga mos keluvchi operatsion sistemalar ishlatiladi.
Lokal xisoblash tarmoqlarining qurishda asosan quyidagi texnik vositalar kerak bo‘ladi;hub qurilmasi,switch qurilmalari tarmoq adapteri ingliz tilida: network card rus tilida: setevaya karta