Mustahkamlash uchun savollar:
1. Bozor sharoitida korxonalarning asosiy maqsadi nimalardan iborat?
2. Tadbirkorlikni rivojlantirishda raqobatning omillari nimalardan iborat?
3. Bozor iqtisodiyotining subyektlarini nimalar tashkil etadi?
4. Bozorni va bozor iqtisodiyotining asosiy tub belgilarini aytib bering.
Darsni yakunlash va o‘quvchilarni baholash. Kasbga yo‘llash xonasini tartibga keltirish.
Uyga vazifani e’lon qilish: mavzu bo‘yicha berilgan barcha ma’lumotlarni o‘qib-o‘rganib kelish.
MAVZU: GАZLАMАGА ISHLОV BЕRISH TЕХNОLОGIYASI VА PАZАNDАCHILIK АSОSLАRI YO‘NАLISHLАRIDА ISHLАB CHIQАRISH VА UNING MОHIYATI. TAYANCH SO’ZLAR: Gigiyena, tikuv mashinasi, xavfsizlik qoidalari, jihozlar.
O’QUV JARAYONINI AMALGA OSHIRISH TEXNOLOGIYASI: Metod: interfaol.
Shakl: nazariy, amaliy.
Vositalar:Tikuv mashinasi va qurollari, o’lchov asboblari, kompyuter, proektor, ekran, plakat, tarqatma material, test savollari.
Baholash:reyting ball.
DARS AMALIYOTINING MAQSAD VA VAZIFALARI:
MAQSADLAR: Ta’limiy: Mavzuni o’rgatish; dars jarayonida o’rganganlaridan foydalanib, mustaqil amalda bajarish ko’nikmasini hosil qilish.
Tarbiyaviy: Mavzu davomida o’quvchi fanga qiziqishini oshirish; boshqa fanga va hayotga bog’lash; ma’naviy, estetik tarbiya berish.
Rivojlantiruvchi: Mavzu orqali kasbga yo’naltirish. Test bilan ishlash ko’nikmasini hosil qilish; erkin fikrlashga o’rgatish.
SHAKLLANTIRILAYOTGAN KOMPETENSIYALAR VA AMALGA OSHIRISH USULI: