Mavzu: Xаlq hunаrmаndlаri tоmоnidаn ekspоrt vа ichki bоzоr uchun ishlаb chiqаrilаyotgаn mаhsulоtlаr. Darsning maqsadi: Ta‘limiy maqsad: O‘quvchilarga xаlq hunаrmаndlаri tоmоnidаn ekspоrt vа ichki bоzоr uchun ishlаb chiqаrilаyotgаn mаhsulоtlаr haqida ma’lumotlar berish.
Tarbiyaviy maqsad:O‘quvchilarni tozalikka, mehnatsevarlikka o‘rgatish. Turmushdagi ehtiyojlar va ulardan foydalanishni tushuntirish. Texnika xavfsizligi qoidalari, ish o‘rnini tashkil qilish qonun qoidalarini tushuntirish, sanitariya gigiyena talablariga to‘liq rioya etishni o‘rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad:O‘quvchilar tasavvurida xаlq hunаrmаndlаri tоmоnidаn ekspоrt vа ichki bоzоr uchun ishlаb chiqаrilаyotgаn mаhsulоtlаr haqida bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish.
Dars turi: Bilimlarni mustahkamlovchi. Yangi bilim beruvchi.
Dars uslubi: Tushuntirish, suxbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, ko‘rgazmali va boshqalar.
Dars metodi: guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster”, “B/B/B” metodlaridan foydalaniladi.
Darsda jihozi: pazandachilik o‘quv xonasi, tikuvchilik ish qurollari va jixozlari, rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar, test materiallari.
Darsning borishi: Tashkiliy qism:
Salomlashish
Davomatni aniqlash
Darsga tayyorgarlik ko‘rish
O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.
Uyga vazifani so‘rash:
Savol – javob o‘tkazish
Topshiriqlarni tekshirish
Yangi mavzu bayoni:
II dars: Xalq hunarmandlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “O‘zbekistonda ijtimoiy- iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli va ahamiyati” mavzuidagi xalqaro konferensiya dasturi turli tadbirlarga boy bo‘lib, u jahonning o‘nlab davlatlaridan tashrif buyurgan ishbilarmon doira vakillari, xalqaro moliya tashkilotlari rahbarlari, iqtisodchi olim va mutaxassislar uchun yurtimiz erishgan yutuqlar bilan yaqindan tanishish imkonini yaratmoqda. Toshkent mustaqillik yillarida dunyoga yirik sanoat markazlaridan biri sifatida tanildi. Qariyb 120 ta davlat bilan tashqi iqtisodiy aloqalar olib bormoqda. Bu borada Respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan 110 ta yirik sanoat korxonasidan tashqari, 38 mingdan ortiq kichik biznes subyektlari samarali faoliyat ko‘rsatayapti. Har yili ko‘plab yangi zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari foydalanishga topshirilishi evaziga mahsulot tayyorlash hajmi muttasil oshmoqda. 2012 yilning birinchi yarmida yalpi hududiy mahsulot 11,9 foizga o‘sib, unda kichik biznesning ulushi 57,1 foizni tashkil qildi. Tayyorlangan sanoat va xalq iste’moli mollarining esa 92 foizi nodavlat sektor ulushiga to‘g‘ri keldi. Ta’kidlash kerakki, xususiy sektor vakillari, asosan, sanoatning murakkab texnologiyalar talab etiladigan tarmoqlariga qo‘l urib, ichki bozorni import o‘rnini bosuvchi uy-ro‘zg‘or buyumlari, maishiy texnikalar, avtomobil ehtiyot qismlari va butlovchi buyumlari, zamonaviy qurilish materiallari, to‘qimachilik va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlayapti hamda yuqori malakali tibbiy va servis xizmatlari ko‘rsatib kelmoqda. Kichik
korxonalar tomonidan joriy yilning birinchi yarmida 563,6 million AQSH dollarlik mahsulot eksport qilingani buning yaqqol tasdig‘idir. Poytaxtimizdagi “Uztex Tashkent” mas’uliyati cheklangan jamiyati “Uztex” kompaniyalari guruhidagi taroqli va kardli dastgohlarda yigirilgan ip ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan korxonadir. Bundan tashqari, tizimdagi “Uztex Chirchiq” hamda “Eurotex Tashkent” korxonalari faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ularda yuqori sifatli trikotaj mato va kiyim-kechaklar tayyorlanadi. Bunday mahsulotlarga tashqi bozorda talab yuqori. Ularning asosiy qismi eksportga yo‘naltiriladi. Bugungi kunda “O‘zbekengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tarkibida 270 dan ziyod korxonalar faoliyat ko‘rsatayapti. Ular tomonidan iste’molchilarning talab va taklifi asosida ishlab chiqarilayotgan 600 xil rang, 20 dan ko‘proq nomdagi kiyim-kechaklar dunyoning 40 dan ortiq mamlakatlarida o‘z xaridorlariga ega. Agar 2000 yilda mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining 30 foizi kichik biznes sub'ektlari tomonidan ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2012 yil yakuniga kelib ushbu ko‘rsatkich 54,6 foizga yetdi. Uning sanoatdagi ulushi esa 22,2 foizni tashkil etdi. Eksport hajmining o‘sishi 11,6 foizga ta'minlanib, kichik biznesdagi uning ulushi 15,8 foizga yetdi. O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashi va O‘zbekiston xalq ustalari, hunarmandlari va musavvirlari “Hunarmand” uyushmasi hamkorligida “O‘zbekistonda hunarmandchilikni rivojlantirishning huquqiy asoslari: muammo va yechimlar” masalalarini hal etilib kelinmoqda. Uyushma tarkibiga 22 ming nafar hunarmand birikkan bo‘lib, ular respublikamizning barcha hududlarida 25 yo‘nalishda 1000 dan ziyod mahsulot turlarini
ishlab chiqarmoqdalar. Xalq ustalari va hunarmandlarining faoliyati tahlil qilinar ekan, joylarda hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasini tashkil etish, yoshlarga avloddan avlodga o‘tib kelayotgan milliy hunarlarni o‘rgatish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va milliy bozorni hunarmadchilik mahsulotlari bilan ta’minlash yo‘lida samarali ishlarni olib borilayotganligi ta’kidlandi.“Hunarmand” uyushmalari tomonidan turli tanlov va ko‘rgazmalarda bir qator xalq hunarmandchiligi mahsulotlarini ishlab chiqarib ularni keng xalq ommasiga havola qilish bilan birgalikda, ma’lum miqdorda xalqning hunarmandchilik buyumlariga bo‘lgan ehtiyojlarini ham qondirmoqdalar. Bu buyumlarga quyidagilarni kiritish mumkin. Yog‘och oymakorligi - insondan nozik did, qunt va sabr-toqat talab etadi. Mohir ustalar mamlakatimizda tarixiy obidalarni ta’mirlash va tiklash, yangi barpo etilayotgan imoratlarni milliy me’morchilik an’analari ruhida bezatish ishlariga ham munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Mohir ustalar va ularning shogirdlari tomonidan yasalgan eshik va ustunlar, ayvon va toqilarga ishlangan naqshlar ko‘plab zamonaviy bino va inshootlarga katta ko‘rk, milliy ruh bag‘ishlab turibdi. Xalq hunarmandchiligiga oid naqshlarni, ganch oymakorligi, kashta va gilamlarda uchraydigan lolagul, bodom, qalampir nusxalarini yog‘ochga muhrlanib ko‘rgazmalarda namoyish etilmoqda. Kashtachilik buyumlari yoshlarni mehnatga, sabr-toqatga, go‘zallik yaratishga da’vat qiladigan hunar hisoblanadi. Ko‘rgazmalarda dastro‘moldan tortib choyshabgacha, turli-tuman kashtachilik buyumlarini uchratish mumkin. Hatto festivalva ko‘rgazmalarga atab maxsus to‘qilgan so‘zanada yurtimiz kengliklari, Vatanimiz timsollari, milliy naqshlar ichida tasvirlangani barchani lol qoldiradi. Unda goyo yurtimizning tinchligi, gullab-yashnayotgani, milliy qadriyatlar ulug‘lanayotgani aks ettirilganday edi. Kashtachilik naqshlarining asosida har xil gul elementlari, geometrik bezaklar, qora, to‘q qizil, ko‘k, yashil, sariq, oq ranglar did bilan uyg‘unlashtirilib to‘qilgan bo‘lib, o‘ziga xos go‘zallik kasb etgan. Turli naqshli palak, choyshab, kelinchak yopinchiqlari, dasturxon, parda, dastro‘mol, nimcha, koylak va so‘zanalar an’anaviy badiiy san’atning go‘zal namunasi bo‘lib, qadimiy qadriyatlarimizni aks ettirib turardi.
Har yili o‘tkaziladigan ko‘rgazmalarda ko‘plab usta-hunarmandlarning ganchkorlik, naqqoshlik, yog‘och oymakorligi, kulolchilik, matoga gul chizish, zargarlik, savatchilik. gilamchilik kabi ishlari tomoshabinlar e’tiboriga havola etilgan. Shuningdek, turli sopol va chinni ko‘zachalar, naqshinkor qumg‘onlaru, atlas-adras koylak, chopon-do‘ppi kiygan milliy qo‘g‘irchoqlar ko‘zni quvontiradi. O‘zbek xonadon xo‘jaligining (tomorqa, issiqxona, dehqon xo‘jaligi, uy hunarmandligi turlarida) o‘z iste’molidan ortiqcha mahsulotlarning (go‘sht, sut, tuxum, kartoshka, sabzi va boshqalar) yoki xonadon daromadini oshirish maqsadida faqat bozor uchun ishlab chiqariladigan (beshikchilik, gulchilik, zardo‘zlik, nonvoylik, qandolatchilik va boshqalar) tovarlarning umumdavlat hisobotini yuritish, shu orqali mamlakat miqyosida yalpi ichki mahsulotning real hajmini aniqlash, aholi farovonlik darajasini to‘liqroq baholash mumkinligini tashkil etilayotgan ko‘rgazma va festivallarda yaqqol sezilmoqda.