Tartib raqam Sinf



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə69/88
tarix10.01.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#78879
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   88
Tartib raqam Sinf

Darsning maqsadi:
Ta‘limiy maqsad: O‘quvchilarga mаktаb аtrоfidаgi ishlаb chiqаrish kоrхоnаlаridа qo‘llаnilаyotgаn ishlаb chiqаrish tехnоlоgiyalаri, ularda shаkllаngаn tеjаmkоrlik tizimi, mеhnаt unumdоrligini hisоblаsh vаоshirish yo‘llаrini o‘rgаnish haqida ma’lumotlar berish.
Tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarni tozalikka, mehnatsevarlikka o‘rgatish. Turmushdagi ehtiyojlar va ulardan foydalanishni tushuntirish. Texnika xavfsizligi qoidalari, ish o‘rnini tashkil qilish qonun qoidalarini tushuntirish, sanitariya gigiyena talablariga to‘liq rioya etishni o‘rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilar mаktаb аtrоfidаgi ishlаb chiqаrish kоrхоnаlаridа qo‘llаnilаyotgаn ishlаb chiqаrish tехnоlоgiyalаri, ularda shаkllаngаn tеjаmkоrlik tizimi, mеhnаt unumdоrligini hisоblаsh vаоshirish yo‘llаrini o‘rgаnish haqida bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish.
Dars turi: Bilimlarni mustahkamlovchi. Yangi bilim beruvchi.
Dars uslubi: Tushuntirish, suxbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, ko‘rgazmali va boshqalar.
Dars metodi: guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster”, “B/B/B” metodlaridan foydalaniladi.
Darsda jihozi: pazandachilik o‘quv xonasi, tikuvchilik ish qurollari va jixozlari, rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar, test materiallari.
Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

  1. Salomlashish

  2. Davomatni aniqlash

  3. Darsga tayyorgarlik ko‘rish

  4. O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.

  1. Uyga vazifani so‘rash:

  1. Savol – javob o‘tkazish

  2. Topshiriqlarni tekshirish

  1. Yangi mavzu bayoni:

Umumta’lim maktabi o‘quvchilarning mehnat tarbiyasi, kasbiy bilim va ko‘nikmalarini dars jarayonida shakllantirishga e’tibor qaratilayotgan bir davrda, maktab atrofidagi ishlab chiqarish korxonalarida qo‘llanilayotgan yangi texnika va ilg‘or texnologiyalarni amalda qo‘llanilishini ko‘rish, texnologik jarayonlarni kuzatish, mehnat unumdorligini oshirish yo‘llarini o‘rganish maqsadida shu korxonalarga sayohat uyushtirish yaxshi samara beradi. Mehnat ta’limi boyicha o‘quv dasturida ko‘rsatilganidek, ishlab chiqarishga bir marta sayohat o‘tkazish nazarda tutiladi. Sayohatlar o‘tkazishdan maqsad avvalo o‘quvchilarda hozirgi zamon ishlab chiqarishi haqida tasavvur hosil qilishdir. Zero, o‘quv ustaxonalari sharoitida o‘quvchilar odatda materiallarga ishlov berishning sanoatdagi eng yangi yutuqlarini aks ettiradigan usullari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lmaydilar. Shunga ko‘ra aytish mumkinki, sayohat – o‘quvchilarni zamonaviy texnika, texnologiya va bevosita korxonada ishlab chiqarishni tashkil qilish bilan tanishtirishning yagona yo‘lidir. Sayohat anchagina muhim tushunchalarni, jumladan, «mehnat unumdorligi» tushunchasini shakllantirishda katta ahamiyatga ega. Bu tushunchani bayon qilish va ko‘rsatmali qo‘llanmalardan foydalanish orqali ham shakllantirish mumkin, albatta. Lekin bunda mazkur tushuncha o‘quvchilarning amaliy faoliyatidagi, jumladan, ishlab chiqarishga uyushtirilgan sayohatdagi kabi mustahkam o‘zlashtirilmaydi. Ular rejalashni to‘g‘ri bajarish va birikadigan detallarni aniq moslash qanchalik qiyinligini biladilar. Mehnat unumdorligini oshirishda texnika va texnologiyaning rolini ko‘rishlari o‘quvchilarda katta taassurot qoldiradi va ularning esida yaxshi qoladi. Shu tariqa tikuvchilik korxonasiga o‘tkazilgan sayohat davomida, o‘quvchilar har xil tikuv mashinalarining ishlashini, gazlamalarni to‘shama qilib maxsus mashinalarda qirqilishini ko‘rayotganlarida ularning mehnat unumdorligi haqidagi bilimlarini mustahkamlash va kengaytirish mumkin. Ular ilgari o‘rgangan materiallarni: qo‘l va elektr yuritmali tikuv mashinalari bilan tikish, qo‘lda va mashinalarda yo‘rmash, qo‘l va mexanik qaychilarda qirqish va hokazolarni eslasalar mazkur topshiriqni bajaradilar. Sayohatlarni tashkil etish va o‘tkazishda quyidagi asosiy masalalarni alohida ajratib ko‘rsatish mumkin: sayohatga tayyorlanish, sayohatni o‘tkazish va uni yakunlash. Sayohatga tayyorlanish. Bu ish sayohat obyektini tanlashdan boshlanadi. Obyektni tanlash sayohat jarayonida qoyiladigan vazifalar bilan belgilanadi. O‘qituvchi sayohat uchun obyekt tanlagach, korxona rahbarlari bilan kelishib oladi va sayohatni kim o‘tkazishi masalasini hal qiladi. Sayohatni o‘qituvchining o‘zi o‘tkazsa, eng ko‘p ta’limiy samaraga erishiladi. Chunki o‘qituvchi mana shu tadbirning ta’limiy vazifalarini, o‘quvchilarning tayyorligi va fan asoslariga doir bilimlarini yaqqol tasavvur etadi. Bularning xammasi unga ishni aniq olib borish, o‘quvchilarning diqqat – e’tiborini ular uchun eng muhim hisoblangan asosiy narsalarga qaratish imkonini beradi. O‘qituvchi sayohat vaqtida o‘quvchilarning aktivligini oshirish uchun ularga yakka
tartibda topshiriqlar beradi. Bu topshiriqlar turli xarakterda bo‘lishi, masalan: muayyan detalga ishlov berish tartibini yozishdan(marshrutli texnologik karta tuzishdan), qator operatsiyalar boyicha detal qirqimlarining eskizini tayyorlashdan, qo‘l mehnati bilan mashinada ishlashning unumdorligini taqqoslashdan iborat bo‘lishi mumkin.


  1. Yüklə 0,6 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin