Moddiy ishlab chiqarish sohasidagi mehnatning xarakteri to‘g‘risidagi eski tushunchalar. Fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish davrida ko‘pgina kasblar boyicha mehnatning mazmuni tez o‘zgarib bormoqda. Kasblar, ayniqsa, ishchi kasblar moddiy jihatdan murakkab texnika bilan qurollanmoqda. Bu esa mehnat unumdorligini va mehnat madaniyatini ancha yuksak darajaga ko‘taradi. Ishchilar mehnati qo‘l mehnatidan, jismoniy mehnatdan, kuch ishlatiladigan mehnatdan tobora ko‘proq ozod bo‘lib bormoq-da. Shuning uchun kichik mutaxassis fan asoslarini, texnika, texnologiya, iqtisodiyotva ishlab chiqarishni tashkil etish boyicha yuqori bilimga ega bo‘lishi kerak. Mana, faqat birgina misol. Ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, potok avtomat liniyalar, raqamli dasturlar bilan boshqariladigan stanoklar, robot texnikasi komplekslarining joriy etilishi remontchi-slesar mehnatining xarakterini sezilarli darajada o‘zgartirib yubordi. Avtomat liniyalar va agregat stanoklarining sozlovchilari endilikda ayrim stanoklarni emas, balki xilma-xil mashinalardan iborat murakkab kompleksni sozlab ishga tushirishlari kerak. Bu ular mehnatini injener mehnatiga yaqinlashtiradi (albatta, ishchi o‘z ustida doimiy ravishda ishlab, o‘z malakasini muttasil oshirib borgan taqdirdagina bunga erishish mumkin). Amaliy jihatdan olganda, vaqti kelib barcha kasblar ham o‘z qiyofasini o‘zgartiradi. Goho shunday ham bo‘ladiki, kasbning nomi eskicha qolgani bilan uning mazmuni mutlaqo yangi kasbiy mehnat xarakteriga ega bo‘ladi. Mana shuning uchun ham kasbning ayni hozirgi zamon qiyofasi to‘g‘risida imkoni boricha ko‘proq bilimga ega bo‘lishga harakat qilish lozim. Kasb tanlash vaqtida o‘zining jismoniy xususiyatlarini, muhim kamchiliklarini bilmaslik yoki ularga etarli baho bermaslik. Siz bilasizki, organizmning u yoki bu xususiyatlari tufayli, sog‘liqning uncha yaxshi bo‘lmasligi sababli kishiga bir qator kasblar to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Bunda o‘sha odam kasbni egallab olishga qodir bo‘lmaganligi uchun emas, balki o‘sha kasbda ishlash uning sog‘lig‘iga yomon ta’sir qilishi mumkinligi uchun ham unga bu kasb to‘g‘ri kelmaydi. O‘z qobiliyatlarini va kasb tanlash sabablarini yaxshi bilmaslik. O‘z-o‘zini, o‘z shaxsiy xususiyatlarini bilish, o‘z qobiliyatlariga real baho bera olish murakkab vazifadir. Uni qanday qilib yaxshiroq amalga oshirish mumkin? Birinchidan, kishi o‘z qobiliyatlarini o‘rganishga urinib ko‘rishi kerak. Ikkinchidan, mana shu qobiliyatlarini o‘zining bo‘lajak kasbi talablari bilan takqoslab ko‘rishi kerak.
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Mustahkamlash uchun savollar:
1. Kasb tanlashda qanday sabablar xatolarga olib keladi?
2.Siz o‘z mehnat yo‘lingizni belgilab olish vaqtida qanday qiyinchiliklarga duch kelmoqdasiz?
3.Kasb tanlash vaqtida boshdan kechirgan xato va qiyinchiliklaringizni o‘z o‘rtoqlaringiz bilan muhokama qiling.
4. Bu xato va qiyinchiliklarni engib o‘tish yo‘llarini belgilab oling.
5. Kasbga doir reja deganda siz nimani tushunasiz?
Darsni yakunlash va o‘quvchilarni baholash. Kasbga yo‘llash xonasini tartibga keltirish.
Uyga vazifani e’lon qilish: mavzu bo‘yicha berilgan barcha ma’lumotlarni o‘qib-o‘rganib kelish.