Tasavvuf, sufiylik — islomda insonni ruhiy va axloqiy jihatdan komillik sari yoʻllovchi taʼlimotdir. Tasavvuf soʻzining oʻzagi va mazmuni haqida olimlar turli fikr va taxminlar bildirishgan. Ular ichida Ibn Xaldunning fikri haqiqatga yaqin deb eʼtirof etilgan. U «Muqaddima» asarida tasavvuf «suvf» — «jun», «poʻstin» soʻzidan olingan boʻlishi kerak, zero qadimdan tarkidunyo qilgan zohidlar jundan toʻqilgan kiyim yoki poʻstin kiyib yurishni odat qilganlar, bu bilan ular bashang kiyinib yuruvchi axli dunyolardan farqli hayot tarzini oʻzlarida namoyon etganlar, deydi. Tasavvuf va «sufiy» soʻzlari 9-asrning boshlarida yashagan Abu Hoshim Sufiydan boshlab joriy etilgan. Undan oldingi davrlarda bu atama oʻrnida «zuhd» («zohidlik», «tarkidunyochilik»), «taqvodorlik», «parhezkorlik» kabi soʻzlar ishlatilgan. Ibn Xaldunning fikriga koʻra, sahobalar, tobeinlar va ulardan keyingi asr kishilarida hidoyat, ibodat, taqvo va zohidlik kabi his-tuygʻular mujassam boʻlgan Tasavvufning mantiqan asoslanishi Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan Hakim Termiziy, Ahmad Yassaviy, Abduxoliq G‘ijduvoniy, Najmiddin Kubro, Bahouddin Naqshband, Xoja Muhammad Porso, Xoja Ahror, Alisher Navoiy, So‘fi Olloyor, Ya’qub Charxiy kabi allomalar tomonidan boyitilgan tasavvuf ta’limoti xalqni yagona maqsad atrofida birlashtirib, jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik rishtalari kuchayishiga xizmat qilgan. Tasavvufdagi bag‘rikenglik tamoyili asosida shakllangan halollik, mehnatsevarlik, adolat va rostgo‘ylik kabi insoniy fazilatlar turli millat va din vakillarining bir hududda tinch-totuv va hamkorlikda yashashlari uchun qulay muhit yaratgan. Tasavvuf — uzoq asrlar davomida xalqimiz ma’naviyatini boyitishga, uning ijtimoiy tafakkuri ezgu g‘oyalar asosida shakllanishiga xizmat qilib kelgan diniy va dunyoviy qarashlar uyg‘unligidan iborat ta’limotdir. Mintaqa san’at va madaniyati, adabiyot va falsafiy fanlari rivojida uning ta’siri beqiyos. Junayd Bag‘dodiy (vafoti 297/909) - bag‘dodlik mashhur mutasavvif olim, tariqat shayxi. Alloh yomonlikni ko‘zlagan kishiga muhabbatni harom qildi.Allohning lutfi bo‘lmasdan bir kimsa unga yetisholmaydi. Allohga yetishishning yo‘li Uning rasuli hazrati Muhammadga (s.a.v.) tobe bo‘lishdir.Majlislarning eng sharaflisi va eng oliysi tavhid sohasida tafakkur qilib o‘tirmoq, ma’rifat shamoli bilan yelpinmoq, muhabbat kosasida do‘stlik daryosidan suv ichmoq va Allohga husni zan (yaxshi xayol bilan) nazar aylamoqdir.Yolg‘on so‘zlash, ezmalik, takabburlik, chaqimchilik kishining obro‘sini yo‘qotadi. Vafodorlik, sabr qilishlik, shoshma-shosharlikdan parhez qilish va tavoze’ obro‘sini ko‘taradi. Yolg‘onchilik, ezmalik, takabburlik, chaqimchilik izzat-obro‘ni barbod qiladi. Din imomi, ilohiy ma’nolar dengizi Junayd bir kecha Bag‘dodda va’z aytar edi. Uning so‘zlarining salmog‘i va teranligidan osmon past bo‘lganday, quloq solib hayratga tushayotganday edi. Shayxlar shayxi Junayd hazratlarining bir yosh o‘g‘loni bor edi, uning kamoli, shirinligi odamlar qalbiga orom bag‘ishlardi. Shayx Bag‘dodda va’z aytayotgan o‘sha kechada o‘g‘lining boshini kesib, xoru zor holda keltirib, yig‘ilganlar oldiga tashladilar. Poktiynat Junayd buni ko‘rib indamadi va jamoatga yuzlanib dedi: