«tasdiklayman»


Dars utkazish joiy, jixozlanish



Yüklə 195,15 Kb.
səhifə2/3
tarix16.02.2017
ölçüsü195,15 Kb.
#9029
1   2   3


Dars utkazish joiy, jixozlanish

- tematik ukuv xona, palata, poliklinika



Dars jixozlari:

-stendlar , bemorlar rasmlari, tarkatuv material, situastion masalalar

- texnik, informastion-texnologik jixozlar

- amaliy ish buyicha algoritmlar.

- tematik kasalliklar

Dars vakti – 6,75 chas.

. Mashgulotning maksadlari

- Talabalarga psoriaz, sugallar, vitligo, ikkilamchi zaxm, xaқida ma’lumotlar berish kerak

- kasalliklarning etiologiyasi, patogenezi, klinikasi xaқida ma’lumot

- kasalliklarning tashxisi, қiesiy tashxisi xaқida ma’lumot

- davolash xaқida tushuncha

Talabalarga kasalliklar xaқida ma’lumotlar berish kerak

- kasalliklarning etiologiyasi, patogenezi, klinikasi xaқida ma’lumot

- kasalliklarning tashxisi, қiesiy tashxisi xaқida ma’lumot

- davolash xaқida tushuncha

Status lokalis xaқida tushuncha



Vazifalar

Talaba bilishi kerak

-psoriaz, sugallar, vitiligo, ikkilamchi zaxm bilan bemorlarni kurish.

.Profilaktika, tashxis қo’yish, UASh taktikasi, tashki davolash,

reabilitastiyasi, dispanserizastiya , oldini olish choralari.

Toshmalarni aniқlash,

gospitalizastiyaga tavsiyalar



Talaba kila olishi kerak

Teri va shillik kavatlarni kuzdan kechirish, teri xolatiga baxo berish

Kasalliklarga oid birlamchi , ikkilamchi toshmalarni ajrata bilishi kerak

Kasallik anamnezini, shikoyatlarini analiz қilishi kerak

Klinika, laboratoriya ma’lumotlari.ga asoslanib tashxis, қiesiy tashxis қo’yishni bilish kerak, laboratoriya ma’lumotlarini interpretastiya қilishi bilish kerak

Kasalliklarni umumiy va maxalliy davosini қila orlishi kerak



Mavzuni asoslash

Umumiy amaliet shifokori xar kuni teri tanosil kasalliklar bilan boglik muammolarga duch keladi. , - psoriaz, sugallar, vitiligo, ikkilamchi zaxm.To’ғri tashxis қo’yish, ifodalash, қiesiy tashxis o’tқazish , resteplavrni to’ғri ezish talabalar xususan dermatologiyani o’rganganda, xamda UASh kerak bo’ladi.



Fanlararo va Fan ichidagi bogliklik

Shu mavzuni ukitish talabalarning normal va patologik fiziologiyasi, mikrobiologiya, infekstion kasalliklar buyicha olgan bilimlariga asoslanadi.

Dars davomida olingan bilimlar teri tanosil kasallliklarni urganishda, terapiya, akusherstvo-ginekologiya. xirurgiya, urologiya , allergologiya va boshka klinik yunalishlarda kerak buladi.

Dars 4 etapdan iborat- teoretik, analitik, praktik va kunikmalar urganish.



Teoritik kismida talabalga mulokot kilish, savolarga javob berish, flip-kartalar, slaydlar, inteaktiv usullar kullanadi.

Darsni analitik kismida «uch kadamli intervyu usuli», «galereya buyicha tur» kullanadi

Darsni parktik kismida talabani bemorbilan mulokot kilishni urgatish kerak. Щikostlarni va laborator tekshiruvlar natijalarini interpritastiya kilishni urgatish kerak. Kurastiya ukituvchi oldida utkaziladi.

Teoretik kism
PSORIAZ.
Psoriaz – terining tarқalgan, papulo-skvamoz, surunkali, қaytalanib turuvchi, dunyoning turli mintaқalarida, turli yosh va jins­dagi odamlarda uchraydigan multifaktorli kasallik.

Etiologiyasi. Aniқlanmagan. Nasliy omillar aҳamiyati katta, sababi 40% ҳollarda nasliy anamnezda avlodda, oilada kasallik borligi aniқlangan. Kasallikka olib keluvchi va rivojlantiruvchi omillar қuyidagilar: stresslar, viruslar, bakterial infekstiyalar, moddalar almashuvining buzilishi, immunologik ҳolatining o’zgari­shi va boshқalar. Kasallik patogenezida ҳam turli noaniқliklar mavjud, ma’lum nazariyalar esa terining normal rivojlanishini ta’min etuvchi mexanizmlar blokadalanishi sabablari va buning oқibatida paydo bo’luvchi akantoz, parakeratoz, giperkeratoz, papillomatoz va Munro mikroabsstesslari aniқlanadi.

Klinik ko’rinishi. Psoriaz terida monomorf, epidermodermal tugunchalar toshishi bilan xarakterlanadi. Toshmalar, asosan, boshning sochli қismi, қo’l-oyoқlar va tananing yozuvchi soҳalarida joylashadi. Tugunchalar aniқ chegarali, zich-elastik konsistenstiyali, yassi, pushti-қizғish rangli bo’lib, yuzalari kumushsimon-oқish kepaklar bilan қop­lanadi. Kepaklar tugunchaning o’rtasida paydo bo’lib, kattayib engil ko’chadigan bo’ladilar. Tugunchalar o’lchami turlicha bo’lib nuқtadek kattalikda, moshdek, no’xotdek bo’lib atrofiga o’sish evaziga kattalashib, bir-birlari bilan қo’shilib, yirik-yirik pilakchalar ҳosil қiladi.

Psoriazning klinik kechishida uch bosқich: progressiv, stastionar va regressiv bosқichlari tafovut etiladi. Progressiv yoki boshlanғich o’tkirlanish bosқichiga қuyidagi klinik ko’rinishi xos: yangi, mayda to’қ-қizil rangli tugunchalar ҳosil bo’lishi, mavjud tugunchalarining atrofiga o’sishi, markaziy қismlaridagina kepaklanishlar kuzatilishi, tugunchalar atrofida – "o’sish ҳalқasi" yanada to’қ қizil xoshiyasining bo’lishi va psoriaz uchligi belgisi: stearin doғi, terminal parda va қon shudringi fenomenlari oson chaқiriladi, Kebner (Kebner) fenomeni, ya’ni tashқi ta’sirotga javoban yangi toshmalar vujudga kelishi xosdir.

Bulardan tashқari, bu bosқichda ayrim bemorlarda қichishish ҳissiyoti kuzatiladi. Bu davrda turli stresslar, mikrotravmalar, norastional davo ta’siridan jarayon avjlanib, toshmalar butun teri yuzasini қoplab olishi va psoriatik eritrodermiyasi vujudga kelishi mumkin.

Psoriazning stastionar bosқichida yangi tugunchalar paydo bo’l­maydi, tugunchalar yirik, atrofidagi o’sish ҳalқachasi yo’қ, rangi och-pushti tusda bo’lib, tugunchalar butun yuzasi bo’ylab mo’l kepaklanish kuzatiladi. Tugunchalar yassilangan, atrofida anemik ҳalқa ko’ri­na­di. Psoriaz uchligi to’liқ chaқirilmaydi, ya’ni қon shudringi feno­meni kuzatilishi қiyin. Kebner fenomeni ayrim ҳollarda kuzatil­sa, ayrim ҳollarda kuzatilmaydi. Қichishish kam bezovta etadi.

Kasallikning regressiv bosқichida tuguncha yuzasidagi kepaklanish kam, deyarli yo’қ, tugunchalar esa markazidan so’rilib, ҳalқasimon ko’rinishga kiradilar (psoriasis anularis) yoki atrofidan so’rilib yo’қoladi va o’rnida depigment ҳalқa ko’rinadi. Kebner va psoriaz uchligi fenomenlari manfiy. Tugunchalar so’rilib bo’lgan soҳalarda giper yoki depigmentli yuzalar ҳosil bo’ladi (leucoderma psoriaticum).

Kasallikning paydo bo’lishi yoki avj olishi baҳor-yoz, kimdadir kuz-қish fasllarida ko’proқ kuzatiladi va shunga ko’ra kasallikning yozgi va қishki turlari ҳamda қishin-yozin pala-partish avjlanuvchi kechsa – psoriazning aralash turi ҳisoblanadi.

Ayrim ҳollarda ekssudativ psoriaz (psoriasis exudativum) kuzatiladi. Bu turda to’қ қizil қaloқsimon tugunchalar vujudga kelib, ular yuzasida қat-қat sarғish yoki қo’nғir-jigarrang kepaklanish kuzatiladi, kepaklar ko’chirilsa kuchsiz namlanish o’choғi ko’rinadi.

Kasallikni kam uchrovchi xili – pustulez psoriaz (psoriasis pus­tulosa). Bu xil psoriaz tanada, қo’l-oyoқlarda ҳamda kaft va tovon soҳasi terilarida, odatda psoriaz toshmalari bilan bir қatorda pustulyoz elementlar toshishi, eritrodermiya, ҳarorat ko’tarilishi, et uyushishi, kam қuvvatlilik, leykostitoz bilan kechadi.

Psoriatik eritrodermiya (erythrodermia psoriatica) – psoriazning oғir asoratlaridan biri ҳisoblanib, ko’pincha norastional maҳalliy davodan so’ng kuzatiladi. Bunda psoriatik jarayon terining ҳamma қismini egallab olib, kasallik oғir kechadi, bemor ko’p miқdorda suyuқlik yo’қotadi, ҳarorat ko’tarilib, et uyushadi va kuchli teri қichishishi bezovta etadi. Bu xil bemorlarda yurak va buyrak etishmovchiligi vujudga kelishi xavfi baland bo’ladi.

Psoriaz bilan oғrigan 10% bemorlarda psoriatik artropatiya (arthropathia psoriatica) vujudga keladi. Asosan қo’l-oyoқ panjalarining oraliқ bo’ғinlari, umurtқa poғonasi bo’ғinlari jaroҳatlanadi. Kasallikning ilk belgilari – bo’ғimlarda klinik o’zgarishlarsiz oғriқ kuzatil adi. Keyinchalik kasallik avjlanishi oқibatida bo’ғim­lar shishadi, yuzasidagi teri қizaradi, ҳarakat cheklanadi va oғriқli bo’ladi. Bo’ғimlar borib-borib ҳarakatsizlanib қoladi va bemorlar nogiron bo’lib қoladilar.

Psoriazda tirnoқlar o’zgarishi ko’p uchraydi (onychia psoriatica), nuқta-nuқta botiқlar (angishvona simptomi), tirnoқlarning қalinlashishi va ularning sinishi kabilar kuzatiladi.
Tashxisi


  1. Tugunchalar va xarakterli klinik ko’rinishi.

  2. Psoriatik uchlik simptomi

3. Gistologik tekshirishlar.
Differenstial tashxisi – Lichen ruber planus;

– Dermatitis seborrhoica;

– Rityriasis rubra pilaris;

– Lichen rosea Gibert;

– Morbus Reiter;

– terining zamburuғli kasalliklari;

– eritrodermiya;

– Neurodermitis;

– Syphilis secundaria.
Psoriazning davosi.

Maҳalliy davo:

Psoriazni davolashda, ayniқsa maҳalliy davolashda kasallikning klinik bosқichini ko’zda tutish kerak va progressiv bosқichda maҳal­liy davosiz yoki faқat indiffrerent yoki steroid malҳamlar buyuriladi.

– Vitamin D- 3 saқlovchi Psorcutan (Daivonex) krem, mazi psoriazni davolashda samarali ҳisoblanmoқda. Jaroҳatlangan teriga, kuniga 2 marta yupқa surtiladi.

– Kortikosteroid mazlari (deksametazon, stelestoderm, lorinden, dermoveyt, klobetazol, nerizona, ftorokort). Kasallikka ijobiy ta’sir 2 ҳaftadan so’ng kuzatiladi. Ularni ikki ҳaftadan ziyod surtish mumkin emas, sababi noxush ta’sirlari (asosan betda) kuzatilishi mumkin (teri atrofiyasi yoki buyrak usti bezi atrofiyasi).

– Ditranol (0.5%, 1%, 2% krem yoki mazlari) tez ta’sir ko’rsatuvchi davo. Maz yoki krem kuniga 1 marta (10 kun mobaynida) yupқa surtib 10, 20, 30 minutdan so’ng yuvib tashlanadi. Shifobaxsh ta’siri, asosan, 15–25 kundan so’ng kuzatiladi.

– 1–3% salistil kislotasi va 3–20% қora moy (konstentrastiyasi kasallik davriga қarab aniқlanadi) saқlovchi mazlar, kotikosteroid mazlari bilan birgalikda yoki ularsiz, kuniga 1 yoki 2 marta surtiladi. Uzoқ muddat foydalanish mumkin.

– Asalari zaxri saқlovchi mazlar – Ungapiven va Helar (chistotel ekstrakti ҳam saқlaydi) ular shifobaxsh ta’sirga ega, teri yalliғlanishi mushak va bo’ғimlar oғriғi bilan kechsa қo’llaniladi. Ular kuniga 2 marta surtiladi, 10–20 minutdan so’ng yuvib tashlanadi. Aso­san, eritropatik psoriazda қo’llaniladi.

Umumiy davo:

– sedativ vositalari; tinchlantiruvchi choylar, brom preparatlari, neyroleptiklar;

– progressiv davrida – antigistamin vositalari;

– vitaminoterapiya (V12 vitamini folievaya kislota bilan birgalikda. Yozgi turida – nikotin kislotasi, teonikol, trental).

Oғir turlarida (tez-tez қaytalashida, 50–80% teri jaroҳatlanganida):

– Sintetik retinoidlar (tigazon, neotigazon). Ular kuniga 0,2–1,0 mg/kg vazn ҳisobida ichiladi. Қabul қilish davomiyligi individual, 1–2 oy va undan uzoқroқ, kuniga 2 bor қabul қilinadi, samarasi kuzatilgach, miқdori kamaytiriladi yoki қabul қilish to’xtatiladi.

– Stitostatik vositalari (metotreksat). Ular, asosan, katta yoshdagi bemorga tayin etiladi. 15 mg dan 1 ҳafta mobaynida (5 mg dan 3 maҳal ҳar 12 soatda). Salbiy ta’siri: jigar kasalligi, tez restidiv berishi қo’zғatilishini yodda tutish zarur.

– Immunoterapiya (timostimulin, T-aktivin, natriy nukleinat, leakadin, immunomodulin va boshқalar).

Bemor immun ҳolati aniқlangach in’ekstiya, tabletka yoki poroshok ҳolida қabul қilinadi.

– Juda oғir ҳollarda immunosupressorlar (Sandimmun) қo’lla­ni­­ladi, yaxshi ta’sir etsada, қaytalashning oldini ololmaydi.

Fizioterapiya:

– Uzun va қisқa (UVA va UBN) to’lқinli ultrabinafsha turlari bilan toblash;

– Fotoximioterapiya, ya’ni fotosensibilizator (psoberan, psoralen, puvalen, lamadin) ichilgandan keyin uzun to’lқinli ultrabinafsha nurlari bilan (PUVA-terapiya) o’tkaziladi.

QIZIL YaSSI TEMIRATKI

(LICHEN RUBER PLANUS)

Қizil yassi temiratki surunkali kasallik bo’lib, teri va ko’rinadigan shilliқ pardalarda monomorf papulez toshmalar toshib, kuchli қichishish bilan xarakterlanadi. Ayrim ҳollarda tugunchalar chegaralangan ҳolda oғiz shilliқ pardasi, lab қizil ҳoshiyasida va jinsiy a’zolarda joylashishi mumkin.

Kasallik turli yoshda uchrashi mumkin, shilliқ pardalar jaroҳatlanishi ko’proқ 40–60 yoshlardagi ayollarda uchraydi.

Klinikasi. Terida poligonal shaklli, ko’kimtir-қizғish rangli, o’lchamlari 0,2–1,0 sm diametrli, yassi, қattiқ қichishadigan tugunchalar toshadi. Tugunchalarga chetdan қaraganda, yuzasi mumsimon yaltiroқ bo’lib, markazida kindiksimon botiқ ko’rinib turadi. Ust қismida bir-biriga perpendikulyar joylashgan chiziқchalar ҳam aniқlanadi (Uikxem setkasi). Toshmalar қo’shilib, pilakchalar ҳosil bo’ladi. Ayrim ҳollarda tugunchalar teridan ancha ko’tarilib turadi.

Toshmalarning asosiy joylashadigan soҳasi: қo’l va oyoқ panjalarining yuza қismi, bilakning ichki yuzasi, bilak panja burmasi, tizzaning old yuzasi, oғiz shilliқ pardasi: lunj, til, milk, tanglay, lab қizil ҳoshiyasi va jinsiy a’zolar soҳasi ҳisoblanadi.

Oғiz shilliқ pardasida қizil yassi temiratki turli xil klinik ko’rinishga ega bo’ladi va uning 6 turi tafovut etiladi: tipik, ekssudativ giperemik, eroziv-yarali, bullyoz, giperkeratotik va atipik.

Tipik turining klinik ko’rinishi – o’lchami 2 mm mayda oқish-қo’nғir tusli, yaltiroқ tugunchalar ҳolida kuzatilib, tugunchalar bir-biri bilan қo’shilib to’r, chiziқ-chiziқ, bargsimon shakllarni ҳosil қiladi. Tilda tugunchalar 1 sm gacha pilakcha ko’rinishida bo’ladi va leykoplakiyani eslatadi. Yuzasidagi қo’nғir oқish parda shpatel yordamida қirilsa ko’chmaydi.

Lab қizil ҳoshiyasida қo’shilgan tugunchalar ayrim ҳollarda yulduzsimon shaklga ega bo’ladi. Ko’p ҳollarda қo’shilib yo’l-yo’l kepaklanuvchi pilakchalar ҳosil қiladi. Ko’proқ yuzani қoplasa bemorlar қuruқlash va issiқ, daғal ovқat қabul қilish vaқtida biroz oғriқ ҳis etadilar. Lunj shilliқ pardasida joylashgan tugunchalar tish ildizlari atrofi, til, milk oғiz tubini jaroҳatlaydi, ko’proқ қuyi lab jaroҳatlanadi.

Ekssudativ giperemik turi tipik tugunchalar toshishi bilan xarakterlanadi, toshmalar қizarib shishgan shilliқ pardalarda joylashadi. Bu turi oғriқ bilan kechib, oғriқ, asosan, issiқ, achchiқ, daғal ovқat қabul қilish vaқtida kuchayadi.

Oғir kechib, davolanishi қiyin kechuvchi eroziv-yarali turidir. Bu tur tipik va ekssudativ giperemik turining asorati ҳisoblanib, o’ta yalliғlangan o’choқlarning travmatizastiyasi natijasida vujudga keladi. Bu turida oғiz shilliқ pardasida, labda eroziya, kam ҳollarda yara ҳosil bo’ladi, ular atrofi giperemiyalangan asosda tipik tugunchalar joylashadi. Eroziyalar noto’ғri shaklga ega, fibrinoz parda bilan қoplangan, parda ko’chirilsa oson қonaydi. Ular ҳam mayda va oғriқ rivojlanmagan bo’ladi. Ayrim ҳollarda ko’plab, juda oғruvchi eroziyalar paydo bo’ladi. Bu xil eroziyalar uzoқ muddat, yillab bitmasligi mumkin. Davolash oқibatida eroziyalar bitib, davo to’xtatilgach қayta paydo bo’lishi kuzatiladi.

Eroziv-yarali қizil yassi temiratkining қandli diabet yoki xafaқon bilan birga uchrashini Grinshpal sindromi deb ataladi. Bunday ҳollarda қizil yassi temiratkining kechishi қandli diabet yoki xafaқonga boғliқ, қonda қand miқdori va қon bosimi normallashsa toshmalar regressi kuzatiladi.

Oғiz shilliқ pardasida juda kam uchrovchi atrofik turi eroziv-yarali turning davomi ҳisoblanadi.

Bullyoz turida tipik tugunchalar bilan bir қatorda igna uchidan to loviya kattaligigacha boruvchi pufakchalar kuzatiladi, pufakchalar tomi tarang va қalin bo’ladi. Oғiz shilliқ pardasidagi pufakchalar bir necha soatdan 2–3 kungacha saқlanadi. Ulardan ҳosil bo’lgan eroziyalar tezda bitadi va bu belgi bullyoz turini eroziv-yarali turdan farқ қildiradi.

Қizil yassi temiratkining atipik turi, asosan, yuқori lab shilliқ pardasi va u bilan tegib turadigan yuқori jaғ milklarida uchraydi. Yuқori labning markaziy қismida aniқ chegarali, giperemiya o’choқlari kuzatiladi, o’choқlar simmetrik. Bu o’choқlar atrofi shilliқ pardasidan yalliғlangan infiltrat va shish ҳisobiga ko’tarilib turadi, ular yuzasida biroz xiralashgan epiteliy oқish pardaga o’xshab ko’rinadi, u shpatel yordamida қirilsa ko’chmaydi. Ko’pincha o’choқlar yuzasida so’lak bezlari chiқaruv naychalarining uchi kengaygan ҳolatda bo’ladi (ikkilamchi glandulyar xeylit), yuқori lab shishi kuzatiladi. Ko’pchilik bemorlarda yuқori milklar so’rғichlari қalinlashgan, bir­oz shishgan, giperemiyalangan bo’lib, engil ta’sirotdan қonaydi, shpatel bilan engil ishқalansa eroziya kuzatiladi. So’rғichlar yuzasida nozik, oқish to’r ko’rinadi. Bemorlar oғriқ va achishishdan shikoyat etadilar, ayniқsa issiқ, o’tkir ovқat қabul қilish vaқtida oғriқ kuchayadi.

Yuқorida ko’rib chiқilgan қizil yassi temiratki turlari bir-biriga aylanishi mumkin. Қizil yassi temiratki oғiz shilliқ pardasida uzoқ yillar saқlanishi mumkin, bunga somatik ҳamda tish kasalliklari sabab bo’lishi mumkin.



Etio-patogenezi. Oғiz shilliқ pardasida қizil yassi temiratki paydo bo’lishi, uzoқ kechishi, davoga chidamliligi ma’lum darajada bemorda surunkali kasalliklarning borligiga, natijada organizm ҳimoya vazifasining susayishiga olib keladi. Bu borada birinchi nav­batda oshқozon-ichak tizimi kasalliklari, jigar, oshқozon osti bezi ҳolati aҳamiyatga ega. Ayrim kishilarda kasallik bevosita tomir (xafaқon) va endokrin (қandli diabet) patologiyalari bilan boғliқ. Ma’lum darajada oғiz shilliқ pardasining tish patologiyasi tufayli travmatizastiyaga uchrashi sabab bo’ladi. Turli xil metallardan tayyorlangan қoplama tishlar so’lak tarkibiga jiddiy ta’sir etadi, so’lak tarkibida metall zarrachalari kuzatilib, galvanik toklar ҳosil bo’ladi. Bu ҳolat sabab fermentlar ajralishi sekinlashadi, bu ҳam kasallik kelib chiқishida ma’lum aҳamiyatga ega.

Tashxis. Қizil yassi temiratkining tipik xillarda, ayniқsa terida toshma bo’lsa tashxis қiyinchilik tuғdirmaydi. Agar toshma faқat oғiz shilliқ pardasida joylashsa tashxis қo’yish biroz қiyinroқ bo’ladi.

Oғiz shilliқ pardasidagi қizil yassi temiratki klinik ko’ri­ni­shi leykoplakiya, қizil yugirik, zaxm tugunchalari ko’rinishiga o’xshab ketadi.

Leykoplakiyada қizil yassi temiratkidan farқli o’laroқ қo’nғir tusli, sidirғa pilakchali muғuzlanish kuzatilib, o’choқda rasmiga o’xshashlik yo’қ.

Қizil yugirikda o’choқ giperemiyalangan, infiltrastiyalangan, o’choқ yuzalarida mayda nuқta misoli giperkeratoz kuzatiladi, o’choқ markazida atrofiya bo’ladi va bu xil o’zgarishlar қizil yassi temiratkiga xos emas.

Zaxm tugunchalari odatda yirik, dumaloқ suyri shaklli, yuzalari қo’nғir oқish tusli parda bilan қoplangan, қirilsa ko’chadi va tuguncha yuzasidan rangsiz treponema aniқlanadi. Bu xil bemorlar қon zardobida RW musbat bo’ladi.

Eroziv-yarali қizil yassi temiratkini oddiy po’rsildoқ yarasi bilan қiyoslaganda po’rsildoқ yara eroziyalari atrofida tipik tugunchalar bo’lmaydi, ammo eroziya atrofidagi tiklanayotgan epiteliy oқish-perlamutr rangida bo’lib, қizil yassi temiratki tugunchalarning қo’shilganiga o’xshaydi. Bunday ҳollarda bosma-surtma taҳlili o’tkazish kerak. Po’rsildoқ yarada akantolitik ҳujayra aniқlanadi.

Leykoplakiyaning eroziv turida eroziya atrofidagi muғuzlanish o’choқlari rasmi yo’қ bo’ladi va sidirғa pilakcha ҳolida kuzatiladi, atrof shilliқ pardasidan ma’lum darajada ko’tarilib turadi.

Ko’p xilli ekssudativ eritmada shilliқ pardada rivojlangan gipe­remiya, shish kuzatiladi, ular yuzasida esa pufak va noto’ғri shaklli eroziya, fibroz parda bilan қoplangan bo’lib, kuchli oғriқ bezovta қiladi. Eroziya atrofida tugunchalar bo’lmaydi. Jaroҳat 4–6 ҳaftada bitadi.



Prognoz. Kasallik xushfe’l kechadi, ammo uzoқ davom etadi. Ayniқsa, eroziv-yarali turi oғir va uzoқ kechib, bemorlar ovқatlanishi, ҳatto gapirishi oғriқli va қiyin bo’ladi.

Davosi. Patogenetik davo tayin etish uchun bemorlar diққat bilan tekshirilishi shart.

Birinchi navbatda oshқozon ichak tizimi tekshiriladi, қonda қand miқdori aniқlanadi, қon bosimi aniқlanadi, bemorning asab-psixik statusi (ҳolati) tekshiriladi. Oғiz shilliқ pardasida joylashgan қizil yassi temiratki kuzatilsa ҳamma bemorlar oғiz bo’shliғi sanastiya қilinadi: ҳar xil metall қoplamalari olib tashlanadi va rastional protezlash aҳamiyati katta, u medikamentoz davo bilan birga olib boriladi. Bu bemorlarga issiқ, daғal ovқat қabul etish man etiladi, ekssudativ-giperemik va eroziv-yarali turida o’tkir va shirin ovқatlar man etiladi.

Kasallikning barcha turida sedativ terapiya, tipik ekssudativ giperemiya turida retinol-astetat, "A" vitamini konstentrati (10 tomchidan 3 maҳal kuniga, 2 oy davomida, 2 oy tanaffus bilan), uzoқ vaқt "V" guruҳi vitaminlari қabul etish, ayniқsa nikotin kislotasi tayin etiladi.

Eroziv-yarali va bullyoz turida prednizolon 20–25 mg kuniga (triamstinolon 16–20 mg, deksametazon 3–3,5 mg), xingamin 0,25 g dan 1–2 marta kuniga, 4–6 ҳafta davomida, nikotin kislota (0,05 g kuniga 3 maҳal ovқatdan so’ng) yoki teonikol 1 tab x 3 maҳal yoki m/o 1–1,5 oy davomida). Prednizolon miқdori 7–10 kunda 5 mg dan kamaytirib beriladi.

Chegaralangan eroziv-yarali turida o’choққa gidrokortizon suspenziyasi yoki prednizolon tayinlanadi. In’ekstiya 3 kunda 1 marta 1–1,5 ml. Ҳar bir eroziyaga bosқichda 8–12 in’ekstiya. Bunday bosқich davo ҳar 3–4 oyda қaytarilib turadi.

Uzoқ bitmovchi yakka eroziyalar bo’lsa, jarroҳlik usulida kesib tashlash yoki kriodesstrukstiya yaxshi natija beradi. Gormonal mal­ҳam­lardan surtish o’tkir yalliғlanishni kamaytirib, eroziyalarni bitkazadi.

Kasallikni davolamasa ҳam 4–6 ҳafta ichida yo’қolib ketadi. Ammo bemor vanna, dush қabul қilib yoki maҳalliy kuchli ta’sirlovchi malҳamlar ishlatsa, yangi toshmalar paydo bo’lib, kasallik uzoқ vaқtga cho’zilishi mumkin.

Tashxisi.

Ona pilakcha, keyinchalik қizcha pilakchalar paydo bo’lishi, ularning joylashishi aniқ tashxis қo’yishga asos.



Differenstial tashxisi.

1.Teridagi zamburuғ kasalliklar (mikroskopik usulda zamburuғ borligi aniқlanadi).

2.Rozeolez zaxm seroreakstiyalar orқali aniқlanadi.

3.Psoriaz (tugunchalar, kuchli kepaklanish, Auspitst uchligi).

4.Toksikodermiya o’tkir kechadi, oғriқ va achishish bo’ladi.

Davosi.

Maҳalliy kortikosteroid yoki indifferent malҳamlarni ishlatish mumkin.



IKKILAMChI SIFILIDLAR(SYPHILIS SECUNDARIA)

Klinik ko’rinishi. Zaxmning ikkilamchi davri odatda kasallik yuққandan so’ng 9–12 ҳafta o’tgach boshlanadi. Terida toshmalar toshishdan 6–10 kun oldin bemorlar ko’pincha darmonsizlik, ish faolligini pasayishi, bosh oғriғi, suyak, bo’ғim va mushaklarda oғriқ bo’li-shidan ҳamda tana ҳaroratining ko’tarilishidan shikoyat қiladilar. Bu ҳolat turli bemorlarda turlicha bo’lib, asosan, kasallik қo’zғa-tuvchisi rangsiz treponemani ko’p miқdorda, birdaniga limfadan қonga to’planib, tarқalgan davriga to’ғri keladi.

Ikkilamchi zaxm teri va shilliқ қavatlarda bir xil yoki turli xil toshmalarning toshishi bilan boshlanadi va bu bemor organizmining kasallikka bo’lgan umumiy javob reakstiyasidir.

Rozeola (roseola corporis) ikkilamchi zaxmning dastlabki belgisi bo’lib, to’қ pushti, keyinroқ och-pushti rangli, o’lchamlari 1 sm gacha, dumaloқ shakldagi, uncha aniқ chegaraga ega bo’lmagan, bir-biri bilan қo’shilmaydigan, tekis yuzali, sub’ektiv bezovta etmaydigan va o’tkir yalliғlanmagan, қon-tomirli doғ.

Rozeolalar ko’pincha tananing oldi-yon yuzalarida, қo’llarining bukiluvchi soҳalarida joylashadi. Ikkilamchi yangi zaxmda ularni soni ko’p, betartib, simmetrik joylashgan, o’lchamlari nisbatan mayda bo’ladi. Ikkilamchi restidiv zaxmda esa – rozeolalarning soni kam, yirik, guruҳ-guruҳ, asimmetrik joylashadilar (ilova XXII, XXIII).

Differenstial – Toxicodermia.

tashxisi – Pityriasis rosea Gibert.

– Cutis marmorata.

– Roseola typhosa.

– Pityriasis versicolor.

Papulyoz sifilidlar – o’tkir yalliғlanmagan, dumaloқ-oval shakl-da, zich elastik konsistenstiyali, mis қizғish yoki қo’nғir-pushti rangli, chegarasi aniқ va қo’shilmaydi, sub’ektiv bezovta etmaydi. Tugunchalar so’rilishi davrida markaziy қismlarida biroz kepaklanish kuzatilib, keyinchalik esa usti atrofida o’ziga xos kepaklanuvchi ҳalқa ҳosil bo’ladi (Biett ekachasi). Tugunchalar ko’pincha izsiz yo’қoladilar, ayrim ҳollarda esa pigmentastiya paydo bo’lishi mumkin. Tugunchalarning kattaligi (o’lchami), yuzasi va shakliga қarab bir necha klinik turlari tafovut etiladi: miliar, lixenoid, lentikulyar, nummulyar, namlanuvchi, eroziv, vegetastiyalanuvchi, serbar tugunchalar (keng kondilomalar) (ilova – XXIV).

Milliar papulalar suli donasidek kattalikda bo’lib, pushti-қizғish rangli, zich konsistenstiyali, ayrim ҳollarda follikulyar ko’rinishda bo’ladilar.

Lentikulyar papulalar ko’p uchrovchi tur ҳisoblanadi, dumaloқ, yarim shar shaklidagi, aniқ chegarali, o’lchamlari 0,3–0,5 sm ga ega bo’l-gan, rangi dastlab pushti, keyinchalik mis-қizғish rangda bo’ladi. Yuzasi dastlab tekis, keyinchalik mayda kepaklanadi. Tuguncha markaziga to’mtoқ zond bilan bosilsa kuchli oғriқ (Yaddason simptomi) kuzatiladi.

Nummulyar (tangasimon) papulalar kuchli rivojlangan infiltra-stiyali, turғun-қo’nғir rangli, o’lchamlari 1–3 sm gacha boruvchi, guruҳ-la-nishga moyil bo’ladilar. Ayrim ҳollarda lentikulyar va nummulyar tugunchalar kepaklanish bilan kechadilar (psoriazsimon sifilid).

Namlanuvchi – eroziyalashgan papulalar. Lentikulyar papulalarni ko’p terlovchi va doimiy ishқalanuvchi teri yuzalarida (jinsiy a’zolar, anal soҳa, chov-son, dumbalararo, қo’ltiқ osti, barmoқlararo burmalar, oғiz shilliқ pardalari, lab soҳalari) joylashib masterastiya-la-nishi natijasida yuzasidagi muғuz қavatning ko’chishi kuzatiladi va papula yuzasida dumaloқ-oval shakldagi eroziya, ya’ni namla-nuvchi o’choқ yuzaga keladi. Eroziya yuzasidan ko’p miқdorda rangsiz treponemalar topiladi.

Vegetastiyalanuvchi papulalar – serbar kondilomalar. Tabiiy bur-ma-lar soҳalaridagi eroziyalangan papulalar, doimiy ishқalanishlar ta’siridan vegetastiyalanishi mumkin: ularning yuzasi daғallashadi, seroz kleysimon parda bilan қoplanadi, ko’p miқdorda rangsiz treponemalar saқlaydi. Serbar kondilomalar, asosan, anogenital soҳa-lar-da uchraydi. Bu xil papulalar ikkilamchi қaytalama zaxmga xos bo’lib, kasallikning yagona belgisi bo’lishi mumkin.

Differenstial – Psoriasis vulgaris.

tashxisi – Parapsoriasis guttata.

– Lichen ruber planus.

– Mycosis pedum.

– Haemorrhoides.

Pustulez sifilidlar – ikkilamchi zaxmning nisbatan kam uchrovchi klinik ko’rinishi ҳisoblanadi. Odatda ular zaxmning oғir, yomon fe’lli kechishidan darak beradilar. Pustulez sifilidlarning қuyidagi klinik turlari tafovut etiladi: ҳusnbuzarsimon yoki mayda yiringchali, suvchechaksimon yoki yirik pustulez, impetigosimon, ektimasimon, rupioid. Yuza pustulez sifilidlar: ҳusnbuzarsimon, suvchechaksimon va impetigosimon turlari, asosan, ikkilamchi yangi zaxmda, chuқur pustulez sifilidlar (ektimasimon va rupioid) esa ikkilamchi қaytalama zaxmda kuzatiladi. Zaxm yiringchalarining tubini zich infiltratligi, atrofida yalliғlanish kamligi va chegaralan-gani, subektiv kam bezovta etishi va tarkibida treponema topilishi bilan oddiy yiringchalardan ajraladi.

Ҳusnbuzarsimon sifilid қachonki pustulez toshmalar yoғ bezlari va soch follikulalarining teri yuzasiga chiқuvchi қismlarida joylashsa, follikulyar pustulalar ҳosil bo’ladi, ular ҳusnbuzarsimon sifilidlar (acne syphilitica) deb nomlanadilar. Bunday yiringchalar o’tkir yalliғlanmagan, infiltrastiyalangan asosda joylashib, zich қizғish-қo’nғir ҳalқa bilan o’ralgan bo’ladi. Zaxm ҳusnbuzurlari o’rnida chandiқ қoladi.

Suvchechaksimon sifilid (varicella syphilitica) nofollikulyar pustula ҳolida kuzatilib, uning markazi botiқ bo’ladi. Pustula zich papulez infiltrat yuzasida joylashgan bo’lib, bu infiltrat yiringcha chekasidan chiқib turadi. Shu belgisi zaxm tashxisini қo’yishga yordam beradi. Ko’p uchrovchi soҳasi: yuz, қo’llarning bukiluvchi yuzalaridir. Toshmalarning bir-biri bilan қo’shilmasligi, boshқa xil sifilidlarning ҳam bo’lishi, bakterioskopik va serologik musbat javoblar suvchechak yoki қora chechak tashxisining yo’қligini isbot etadi.

Chuқur pustulez sifilidlar zaxm ektimasi (ecthyma syphili-ti-cum) va rupiya (rupia syphilitica) – chuқur nekrotik o’zgarish bilan farқlanadi, zich, o’yilgan chekkalarga ega, tubi infiltrastiyalangan va yiringli-nekrotik қaloқ bilan қoplangan. Ayniқsa rupiyada mas-siv, қat-қat қaloқlar intensiv ҳosil bo’ladi. Toshmalar chandiқ ҳosil қilib bitadilar.

Differenstial – Impetigo streptogenes.

tashxisi – Ecthyma vulgare.

– Acne vulgare.

Zaxmda soch to’қilishi (alopecia areolaris) ikkilamchi zaxmda uchrovchi belgilardan biri bo’lib, asosan, ikkilamchi қaytalama zaxmda uchraydi. Zaxmdagi soch to’қilishining uch klinik turi mavjud: mayda o’choқli, diffuz va aralash. Soch to’қilishlari – terida yalliғlanish belgilari bo’lmasdan, boshning soch қismi, қosh, kiprik, soқol-mo’ylab, қo’ltiқ osti, қov soҳalarida kuzatiladi. Mayda o’choқli soch to’kilishlari to’ғnoғich boshidan 1–3 sm diametrgacha borib, o’rtacha zichlikdagi soch o’choқlarida joylashib kuya tushgan matoni eslatadi. Ko’pincha mayda o’choқli soch to’kilishlari diffuz soch to’қilishlariga sabab bo’ladi. Boshning sochli қismida soch siyraklashadi, o’choқlarda teri yalliғlanmagan, toshmalarsiz bo’ladi. Sub’ektiv bezovta etmaydi. Қoshlarning o’choқli to’kilishi Dare simptomi deb ataladi. Kip-riklarning to’kilishi va қaytadan notekis, zinasimon o’sib chiқishi Pinkus simptomi deb ataladi.

Pigmentli sifilid yoki leykoderma ҳam, asosan, ikkilamchi қay-talama zaxmda kuzatilib, birlamchi bo’lib, soғ teri yuzasida, musta-қil ҳosil bo’ladi, yalliғlanish va yuzasida kepaklanish bo’lmaydi. Toshmalar, asosan, bo’yinning yon soҳalari, ko’krakning old yuzasi, қo’ltiқosti soҳasi, elka kamarlarida, peshonada uchraydi. Toshmalarning o’lchami va shakliga ko’ra, doғli, turli va marmar leykoderma tafovut etiladi.

Қiyosiy tashxisi – Pytiriasis versicolor.

– Leycoderma secundarium.

– Vitiligo (ilova – XXV, XXVI).


ANALITIK KISMI

« dumolok stola» metodi. Talabalarga savol bilan varaka tarkatiladi. Xar bir talaba uz javob variantini ezadi. Oxirida javoblar muxokama kilinadi.

«galereyaga tur» metodi. Talabalar parlarga bulinadi. Gruxlarga sovollar tarkatiladi. 10 minut vakt beriladi. Guruxlar varakalar bilan almashishada. Bir biriga baxo beradi.

Situastion masalalar:

1 14 eshli bemorda tirsaklar soxalarida papulez toshmalar, pilakchalar kuzatilyapti. Toshmalak okish pustloklr bilan kuplangan. Dif diagnoz, davolash.

2. kabulga 56 eshli bemor keldi. Shikoyatlari- bilaklar soxasida toshmalarga va kattik kichishga. Toshmalar kukimtish yassi toshmalar bilan kursatilgan. Kindiksimon butiklar bor, Uikxem simptomi kuzatilyapti. Tashxis diff diagnoz, davolash.

3. bemorda badan terisida papulez toshmalar kuzatilyapti, kushilib ketmagan. Periferik l/t kattalashgan, ogriksiz, sub’ektiv shikoyatlar yuk. RV nusbat. Tashxis, dif diagnoz, davolash.
Amaliy kism

AUSTPIЦ SIMPTOMINI ANIKLASh .

MAKSAD: tashxis kuyish

etaplar:


Etapa


Meropriyatie

bajarmadi (0 ballov)

Bajara oldi

1.

Kirish oyna buymachasi bilan kilinadi

0

10

2.

Kirish payita toshma okaradi va stearinga uxshab ketadi ( stearin dog fenomeni)

0

30

3.

Kirish davom etiladi, namlangan kizgish plenka kurinadi (terminalnoy eki psoriatichek plenka)

0

30

4.

Kirishni davom etganda kon shudrini kurinadi

0

30



Umumiy


0

100

Yüklə 195,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin