Pastki jag‘ning yon kurak tishlari Pastki jag‘ning yon kurak tishlari markaziyga nisbatan biroz kattaroqbo‘ladi. Toj qismining dahliz yuzasida ko‘ndalang valiglar kuzatiladi. Yangi yorib chjqqan tishlarning kesuv qirrasida kichik bo‘lgan uchta do‘mboqcha mavjud bo‘ladi. Kesuv qirraning ikkita -medial va lateral burchaldari farqlanadi, shulardan mediali o‘tkir bo‘ladi. Bo‘yin sohasida til tomoni yuzasida emal valigi mavjud. Ildizi bitta, to‘g‘ri tushgan, ikki tomondan siqilgan. Ko‘ndalang kesimda kanal cho‘zilgan bo‘lib, oval shaklga ega. Ildiz cho‘qqisi lateral tomonga qiyshaygan bo‘lib, ildiz kanali qiyin o‘tadi.
O‘rtacha uzunligi 22 mm (20-24 mm). 57% tishning l ildizi, l kanali bo‘ladi, 30% -2 ildiz, 2 kanal, 13% 2ta qo‘shilib ketadjgan kanallar mavjud. Tish bo‘shlig‘i til tomonidan ochiladi.