Тасдиқлайман тдси стоматология факультети


│33 тиш тожи тузилишининг анатомик хусусиятлари



Yüklə 1,75 Mb.
səhifə38/60
tarix01.01.2022
ölçüsü1,75 Mb.
#50663
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   60
2 5197475791885044195

43│33 тиш тожи тузилишининг анатомик хусусиятлари.

  • 45 44│34 35 тиш тожи тузилишининг анатомик хусусиятлари.

    Javob: Pastki jag‘ning birinchi premolari
    Pastki jag‘ning birinchi premolari yuqori jag‘ premolarlariga nisbatan kichikroq bo‘lib, yumaloq shakldagi toj qismida ikkita do‘mboq kuzatiladi, shulardan lunj tomondagisi til tomondagisiga nisbatan kattaroq bo‘ladi. Do‘mboqlar egat bilan ajralib turadi. Egat chetlarida kichik haj mdagi chuqurlar kuzatiladi. Chaynov yuzadagi do‘mboqlar hajmlari har xil bo‘lgani uchun Chaynov yuza til yuzaga bevosita o‘tib ketadi. Tish ildizi bitta, cho‘qqi orqa tomonga qiyshaygah, kam hollarda ildiz cho‘qqi sohasida kanal ikkiga ayrilgan bo‘ladi. Tish bo‘shlig‘i tishning tashqi tuzilishini eslatadi, hech qanday chegarasiz ildiz kanaliga davom etadi.
    O‘rtacha uzunligi 22 mm (20-24 mm), 73,5%-l ildiz, l-kanali bor; 6,5% ikkita qo‘shiladigan kanali bo‘lishi mumkin; 19,5%-2 ildiz va 2 kanal ham uchraydi. Tish bo’shlig’i bo’yin qismidan pastroqda kengayadi va ildiz uchiga borib torayadi. Tish bo’shlig’i chaynov yuzasi orqali ochiladi.

    Pastki jag‘ning ikkinchi premolari
    Pastki jag‘ning ikkinchi premolari birinchi premolaridan kattaroq bo‘lib, ikkita do‘mbog‘i yaxshi rivojlangan. Chaynov yuzada do‘mboqlar orasida chuqur egat va chetlarida emal valiglari mavj ud. Ayrim payt egatdan qo‘shimcha egatcha o‘tib, til do‘mbog‘ini ikkiga bo‘ladi va natijada uchta do‘mboqli tish kuzatiladi. Lunj yuzasi bo‘rtib chiqqan, kontakt yuzalari esa katta va yumaloqlashgan bo‘ lib, sekin-asta til yuzasiga davom etadi. Ildizi konussimon shaklda, birinchi premolar ildizidan biroz kattaroq. O‘rtacha uzunligi 22 mm (20-24 mm). 86,5%1 ildiz, l kanal bor, lekin 13,5° 0-2 ildiz, 2 kanal bo‘lishi mumkin. Ildiz kanali yaxshi o’tuvchi va ildiz distal tomonga biroz bukilgan. Tish bo’shlig’i chaynov yuzasi orqali ochiladi.



    1. Yüklə 1,75 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   60




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin