Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi "Raqamli iqtisodiyot" fani tarmoq va soha fanlari blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, 2,
3-kurslarda o‘qitilishi maqsadga muvofiq. Mazkur fan kafedradagi "Iqtisodiyotda
axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar", "Boshqaruv va biznes jarayonlarida ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyalari", "Markazlashmagan ma’lumotlar reestri texnologiyasi va kriptoaktivlar", “Raqamli biznes modellar", "Intellektual axborot tizimlari", "Tizimli taxlil va loyihalashtirish”, “Axborot xavfsizligi", "Internet texnologiyalari" fanlari bilan o‘zaro bog‘liqlikda o‘rganiladi. Ushbu fanni o‘rganish uchun matematik va ilmiy-tabiiy fanlarning asoslarini bilish zarur.
Fanni ishlab chiqarishdagi o‘rni "Raqamli iqtisodiyot" fanidan talabalar jamiyat, davlat va shaxs hamda xo‘jalik faoliyati sub’ektlarining shiddat bilan rivojlanayotgan raqamli iqtisodiyot jarayonlaridagi faoliyatlarini ta’minlash hamda rivojlantirish istiqbolini belgilash, turli tarmoq va sohalarning ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish, iqtisodiy va analitik - taxliliy xizmatlar, davlat organlari va boshqa tashkilotlarda elektron hujjat aylanishi, jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish uchun elektron tijorat tizimlarini, shuningdek, tarmoqlar va sohalar bo‘yicha raqamli iqtisodiy faoliyatni raqamli iqtisodiyotning texnologiyalarini qo‘llash orqali rivojlantirish, biznes jarayonlarini raqamlashtirish, raqamli iqtisodiyot infratuzilmasini tashkil etish va axborot xavfsizligini ta’minlash jarayonlarini tashkil etishda “Raqamli iqtisodiyot" fanini o‘qitish alohida ahamiyatga ega hisoblanadi.
Fanni o‘qitishda pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish Talabalarning "Raqamli iqtisodiyot" fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanning o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma‘ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual stentlar, jadvallardan foydalaniladi.
Dasturda berilgan mavzular ma‘ruza, amaliy shaklda olib boriladi. Shuningdek, fanning dolzarb masalalari, mustaqil ish sifatida talabalarga o‘zlashtirish uchun beriladi. Fan zamonaviy pedagog texnologiyaning “Bumerang”, FSMU, klaster, insert, aqliy hujum va boshqa interfaol usullar va taqdimotlardan foydalaniladi.