Tasdiqlash haqida



Yüklə 168,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/17
tarix06.10.2023
ölçüsü168,59 Kb.
#152765
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
54-сон 05.02.1999. Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

(2.2.16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli 
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
2.2.17. Ma’muriy maqsadlar uchun foydalaniladigan inventarlar va xo‘jalik anjomlari qiymatini
hisobdan chiqarish bo‘yicha xarajatlar hamda ularni belgilangan maqsadda foydalanish uchun
yaroqli holatda saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlar.
(2.2-bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 18-dekabrdagi PQ-532-sonli
 qarori 
asosida
2.2.17-band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2006-y., 51-52-son, 507-modda)
2.3. Boshqa operatsiya xarajatlari
Boshqa operatsiya xarajatlariga quyidagilar kiradi:
Oldingi
 tahrirga qarang.
2.3.1. Kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash xarajatlari, yangi tashkil etilayotgan xo‘jalik
yurituvchi subyektda ishlash uchun kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash bundan mustasno.
(2.3.1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 15-oktabrdagi 444-sonli 
qarori
tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 19-son, 183-modda )


2.3.2. Loyiha va qurilish-montaj ishlarida chala ishlarni bartaraf etish xarajatlarini qoplash,
shuningdek obyekt qoshidagi omborgacha transportda tashish chog‘idagi shikastlanishlar va
buzilishlar, korroziyaga qarshi himoya nuqsonlari tufayli kelib chiqqan taftish xarajatlari (asbob-
uskunalarni qismlarga ajratish) va shunga o‘xshash boshqa xarajatlar yetkazib berish va ishlarni
bajarish shartlarini buzgan yuridik shaxslar hisobiga mazkur xarajatlar chala ishlar, shikastlanish
yoki zarar ko‘rish uchun javobgar bo‘lgan yetkazib beruvchi yoki boshqa xo‘jalik yurituvchi
subyektlar hisobiga undirilishi mumkin bo‘lmagan darajada amalga oshiriladi.
2.3.3. Maslahat va axborot xizmatlariga haq to‘lash.
Oldingi
 tahrirga qarang.
2.3.4. Auditorlik xizmatlariga haq to‘lash, o‘tkaziladigan auditorlik xizmatlariga haq to‘lash.
(2.3.4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 15-oktabrdagi 444-sonli 
qarori
tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 19-son, 183-modda )
2.3.5. O‘zining xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarishlari va xo‘jaliklarni saqlashdan ko‘rilgan
zararlar.
2.3.6. Salomatlikni muhofaza qilish va xodimlarning ishlab chiqarish jarayonida bevosita
qatnashuvi bilan bog‘liq bo‘lmagan dam olishlarni tashkil etish tadbirlari.
2.3.7. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq
bo‘lmagan ishlar (xizmatlar)ni (shahar va shaharchalarni obodonlashtirish ishlari, qishloq xo‘jaligiga
yordam berish va boshqa xil ishlarni) bajarish xarajatlari.
2.3.8. Kompensatsiya va rag‘batlantirish tusidagi to‘lovlar.
2.3.8.1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga ko‘ra kompensatsiya to‘lovlari.
Oldingi
 tahrirga qarang.
2.3.8.2. Bir marta beriladigan mukofotlar, yil davomidagi ish yakunlari bo‘yicha
rag‘batlantirishlar, uzoq muddat ishlaganlik uchun rag‘batlantirish va to‘lovlar, shu jumladan xo‘jalik
yurituvchi subyektning o‘z qaroriga ko‘ra natura bilan to‘lovlar, shuningdek yagona ijtimoiy to‘lov
summasi, ular bo‘yicha hisoblangan haq.
(2.3.8.2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 27-dekabrdagi PQ-244-sonli 
qarori
tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 52-son, 386-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
2.3.8.3. Qonunchilikka yoki xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘zining qaroriga muvofiq majburiy
progul vaqti yoki past haq to‘lanadigan ishni bajarganlik uchun haq to‘lash.

Yüklə 168,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin