2.1.2.3. Savdo ehtiyojlari
uchun foydalaniladigan binolar, inshootlar
va xonalarni ijaraga olish,
saqlash va tuzatish xarajatlari.
2.1.2.4. Nizomning
1.4-bandiga
muvofiq asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi.
Oldingi
tahrirga qarang.
2.1.2.5. Inventarlar va xo‘jalik buyumlari qiymatini hisobdan chiqarish xarajatlari hamda ularni
belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holatda saqlash (ta’mirlash, yuvish,
tuzatish,
dezinfeksiya qilish va h. k.) bilan bog‘liq boshqa xarajatlar.
(2.1.2.5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 27-dekabrdagi PQ-244-sonli
qarori
tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 52-son, 386-modda)
2.1.2.6. Gaz, yoqilg‘i, elektr energiyasi xarajatlari.
2.1.2.7. Tovarlarni saqlash, ularga ishlov berish va ularni sortlarga ajratish xarajatlari.
2.1.2.8. Savdo reklamasi xarajatlari.
Oldingi
tahrirga qarang.
2.1.2.9. Tashish, saqlash va sotish chog‘ida tovarlarning yo‘qotilishi.
(2.1.2.9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 15-oktabrdagi 444-sonli
qarori
tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 19-son, 183-modda )
2.1.2.10. O‘rash-joylash materiallari xarajatlari.
Oldingi
tahrirga qarang.
2.1.2.11. Mol-mulkni majburiy va ixtiyoriy sug‘urta qilish xarajatlari.
(2.1.2.11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 15-oktabrdagi 444-sonli
qarori
tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 19-son, 183-modda )
2.1.2.12. Mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi xarajatlari.
2.1.2.13. Ventilyatorlar, mashinalar va ularning harakatlanuvchi qismlarini o‘rnatish va saqlash,
tuynuklar, o‘yiqlar va boshqalarning atrofini o‘rash bo‘yicha joriy (nomukammal tusdagi) xarajatlar.
Oldingi
tahrirga qarang.
(2.1.2.14; 2.1.2.15; 2.1.2.16-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 27-dekabrdagi PQ-244-
sonli
qarori
bilan chiqarib tashlangan — O‘R QHT, 2005-y., 52-son, 386-modda)
2.1.2.17. Umumiy ovqatlanish va savdo xodimlari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganligi uchun tibbiyot
muassasalariga haq to‘lash.
2.1.2.18. Kassa xo‘jaligini va tushum inkassatsiyasini yuritish chiqimlari.
2.1.2.19. Umumiy ovqatlanish korxonalarida qog‘oz salfetkalar, qog‘oz dasturxonlar, qog‘oz
stakanlar va taryelkalar, bir marta foydalaniladigan anjomlar qiymati.
Dostları ilə paylaş: