Tasdiqlash haqida



Yüklə 168,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/17
tarix06.10.2023
ölçüsü168,59 Kb.
#152765
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
54-сон 05.02.1999. Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

(1.2.7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 40-sonli 
qarori
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 9-son, 100-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
1.3. Ishlab chiqarishga tegishli bo‘lgan ijtimoiy sug‘urtaga xarajatlar
Ijtimoiy sug‘urtaga xarajatlarga quyidagilar kiradi:
(1.3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938-sonli 
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
1.3.1. Qonunchilik bilan belgilangan stavkalar bo‘yicha mehnatga haq to‘lash tarzidagi
daromadlarga ijtimoiy soliq.
(1.3.1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
1.3.2. Nodavlat pensiya jamg‘armalariga ajratmalar va ixtiyoriy sug‘urtaga sug‘urta mukofotlari
(badallari)ga.
(1.3.2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 40-sonli 
qarori
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 9-son, 100-modda)
1.4. Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan nomoddiy aktivlar
amortizatsiyasi
Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan nomoddiy aktivlar
amortizatsiyasi bo‘yicha xarajatlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
Oldingi
 tahrirga qarang.
1.4.1. Asosiy ishlab chiqarish vositalarining, shu jumladan moliyaviy ijara (lizing) bo‘yicha
olingan, buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq hisoblangan amortizatsiya
ajratmalari summasi.
(1.4.1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
1.4.2. Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan nomoddiy aktivlar (Gudvill (firmaning
narxi)dan tashqari), buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq hisoblangan
amortizatsiya ajratmalari summasi. Foydali foydalanish muddatini aniqlash imkoni bo‘lmagan
nomoddiy aktivlar (Gudvill (firmaning narxi)dan tashqari) bo‘yicha eskirish normasi besh yil
hisobiga belgilanadi, biroq xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyati muddatidan ortiq emas.
(1.4.2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
1.5. Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar
Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlarni hisobga olishning navbatdagi kompleks
moddalari 
1.1

1.2

1.3

1.4
-bandlarda keltirilgan xarajatlar elementlari bo‘yicha ajratiladi.
1.5.1. Ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko‘rsatish xarajatlari.
1.5.1.1. Ishlab chiqarishni xomashyo, materiallar, yonilg‘i, energiya, instrument, moslamalar va
boshqa mehnat vositalari va buyumlari bilan ta’minlash xarajatlari.
1.5.1.2. Asosiy ishlab chiqarish fondlarini ish holatida saqlash xarajatlari (texnik ko‘rik va qarov,
o‘rtacha, joriy va mukammal tuzatish xarajatlari). Asosiy ishlab chiqarish vositalarini barcha turda
(joriy, o‘rtacha, mukammal) tuzatishlarni xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘z kuchi bilan o‘tkazish
ishlab chiqarish xarajatlarining tegishli elementlari (moddiy xarajatlar, mehnat haqi to‘lash
xarajatlari va boshqalar) bo‘yicha mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga kiritiladi
Oldingi
 tahrirga qarang.



Yüklə 168,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin