Tasdiqlash haqida



Yüklə 168,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/17
tarix06.10.2023
ölçüsü168,59 Kb.
#152765
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
54-сон 05.02.1999. Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

Oldingi
 tahrirga qarang.
2.3.14. Amaldagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladigan va xo‘jalik yurituvchi subyekt
xarajatlariga kiritiladigan budjetga majburiy to‘lovlar, soliqlar, yig‘imlar, davlat maqsadli
jamg‘armalariga ajratmalar, shuningdek hukumat qarorlariga binoan xalqaro tashkilotlarga a’zolik
badallarini to‘lash.
(2.3.14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
2.3.15. Zararlar, jarimalar, penyalar:
2.3.15.1. Bekor qilingan ishlab chiqarish buyurtmalari bo‘yicha yo‘qotishlar.
Oldingi
 tahrirga qarang.
2.3.15.2. Moddiy boyliklarning bevosita ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo‘lmagan
yo‘qotishlar hamda kamomadlar.
(2.3.15.2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 15-oktabrdagi 444-sonli 
qarori
tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 19-son, 183-modda )
2.3.15.3. Ishlab chiqarish zaxiralarini va tayyor mahsulotni eng past baholash usuli yoki
sotishning sof qiymati bo‘yicha qayta baholash yoki bahosini pasaytirish natijasidagi zararlar.
2.3.15.4. Idishlarga doir ishlar bo‘yicha zararlar.
2.3.15.5. Sud xarajatlari.
2.3.15.6. To‘lanishi shubhali qarzlar bo‘yicha zaxiraga ajratmalar.
2.3.15.7. Qonunchilikka muvofiq da’vo bildirish muddati o‘tgan va undirish noreal bo‘lgan
boshqa qarzlar bo‘yicha debitorlik qarzlarni hisobdan chiqarishdan ko‘rilgan zararlar, shuningdek
qonunchilikka muvofiq yuridik va jismoniy shaxslar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha to‘lanishi shubhali
qarzlarni hisobdan chiqarishdan ko‘rilgan zararlar.
2.3.15.8. Hisobot yilida aniqlangan o‘tgan yillar operatsiyalari bo‘yicha ko‘rilgan zararlar.


2.3.15.9. Tabiiy ofatlar (ishlab chiqarish zaxiralari, tayyor mahsulotlar va boshqa moddiy
boyliklarning nobud bo‘lishi va buzilishi, ishlab chiqarishning to‘xtashi va boshqalar tufayli
yo‘qotishlar) tufayli ko‘rilgan qoplanmaydigan yo‘qotishlar va zararlar, shu jumladan tabiiy ofatlar
oqibatlarining oldini olish yoki oqibatlarini bartaraf etish bilan bog‘liq xarajatlar.
2.3.15.10. Aybdorlari aniqlanmagan o‘g‘irliklardan yoki aybdor tomon hisobidan zarur summani
undirish mumkin bo‘lmagan hollarda ko‘rilgan zararlar.
Oldingi
 tahrirga qarang.
2.3.15.11. Xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy vositalari va boshqa mol-mulki (aktivlari)ning
chiqib ketishi (balansdan chiqarish)dan ko‘rilgan zararlar.
(2.3.15.11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 15-oktabrdagi 444-sonli 
qarori
tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 19-son, 183-modda )
2.3.15.12. Xo‘jalik shartnomalari shartlarining, shu jumladan mahsulotni yetkazib beruvchilar va
debitorlar aybi bilan buzilganligi uchun belgilangan yoki e’tirof etilgan jarimalar, penyalar, vaqtida
to‘lanmagan to‘lovlar va boshqa xil sanksiyalar, shuningdek yetkazilgan zararlarni to‘lash bo‘yicha
xarajatlar.
2.3.15.13. Soliq qonuni va boshqa qonunlarni buzganlik uchun jarima va penyalar.
2.3.15.14. To‘langan boshqa jarimalar.
Oldingi
 tahrirga qarang.
2.3.16. Xodimlarga beriladigan yoki yordamchi xo‘jaliklar tomonidan xo‘jalik yurituvchi
subyektning umumiy ovqatlanish korxonasi uchun ishlab chiqariladigan mahsulot (ishlar,
xizmatlar) bo‘yicha narx tafovutlari.
2.3.17. Gudvill (firma narxi)ning nomoddiy aktivi summasini hisobdan chiqarish bilan bog‘liq
xarajatlar, ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan mol-mulk bo‘yicha, belgilangan
tartibda.
2.3.18. Yangi texnologiyalar yaratish va qo‘llanilayotgan texnologiyalarni takomillashtirish,
shuningdek ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlari olib borish, xomashyo va materiallarning
yangi turlarini yaratish, ishlab chiqarishni qayta jihozlash bilan bog‘liq mahsulotlar sifatini oshirish
xarajatlari.
2.3.19. Ishlab chiqarish tusidagi ixtirochilik, ratsionalizatorlik, tajriba-eksperiment ishlari olib
borish, ixtirochilik va ratsionalizatorlik takliflari bo‘yicha modellar va namunalarni tayyorlash va
sinash, ko‘rgazmalar va ko‘riklar, tanlovlarni, sertifikatlashni hamda ixtirochilik va ratsionalizatorlik
bo‘yicha boshqa tadbirlarni tashkil etish, mualliflar haqini to‘lash xarajatlari va boshqa xarajatlar.
2.3.20. Ijaraga berilgan asosiy vositalarni ta’minlash xarajatlari;

Yüklə 168,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin