«Labirint» usuli. O‘qituvchi murakkab vaziyatni bayon qiladi va jamoa bo‘lib undan chiqish yo‘li topiladi. Keyin kichik guruhlarda boshqa muammoli vaziyatlar o‘rganiladi va taqdimot o‘tkaziladi.
FSMU usuli. Talabadan o‘z fikrini quyidagi tartibda ifodalash talab qilinadi: F - fikrini bayon qilish; S – fikriga sabab ko‘rsatish; M – sababni asoslovchi misol keltirish; U - fikrini umumlashtirish.
«Muloqot» usuli. Kichik guruhlarda alohida mavzular o‘rganiladi va turli materiallar (video, foto, sxema, ilmiy dalillar) tayyorlanadi. Keyin kichik guruhlar o‘rtasida muloqot bo‘lib o‘tadi. O‘qituvchi kichik guruhlarning fikrlarini maqsadli yo‘naltirib boradi va oxirida o‘z munosabatini bildiradi.
Talabalarning mustaqil talimi har bir modul boyicha o‘qituvchi rahbarligida (OpRTMI) va mustaqil tarzda (TMI) quyidagi shakllar orqali amalga oshiriladi.
Talabaning mustaqil ishlari (TMI)
Ushbu mustaqil ish shakllariga o‘qituvchi tomonidan hech qanday ko‘rsatma berilmaydi va baholanmaydi, balki talabaning opzi qiziqishlaridan kelib chiqib ularni amalga oshiradi. Fanni opqitishda quyidagi TMI shakllari qopllaniladi.
Research. Talabalar internetdan va boshqa manbalardan mustaqil ravishda ma’lumot izlashadi va tarqatma materiallarni o‘rganishadi. Har bir ma’ruza bo‘yicha kamida 2 soat shug‘ullanish maqsadga muvofiq.
2.
Forum. Talabalar fan mashg’ulotlari bo‘yicha topshiriqlarni bajarish mobaynida masofaviy ta’lim platformasida o‘zaro muloqot qilishadi. Bu jarayon uchun vaqt sarfi masofaviy ta’lim platformasida qayd qilib boriladi.
3.
FAQ (ko‘p beriladigan savollar forumi). Talaba o‘z muammosi bo‘yicha maslahat olish uchun masofaviy ta’lim platformasida maslahat tizimiga (glossariyga) yoki o‘qituvchiga murojaat qiladi. Bu jarayon uchun vaqt sarfi masofaviy ta’lim platformasida qayd qilib boriladi.
4.
Test. Talaba har bir modul yakunida o‘z bilimlarini mustahkamlash uchun masofaviy ta’lim platformasiga amaliy ishini joylaydi. Bu jarayon uchun vaqt sarfi masofaviy ta’lim platformasida qayd qilib boriladi.