Tasdiqlayma n



Yüklə 195 Kb.
səhifə1/17
tarix22.06.2022
ölçüsü195 Kb.
#62037
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
2 5235909809244476747


T A S D I Q L A Y M A N”
Farg‘ona viloyati Adliya boshqarmasi
boshlig‘i o‘rinbosari-yuridik texnikum
direktori _____________ M.Toshmatova
______”____________ 2022 y

FUQAROLIK HUQUQI FANIDAN YАKUNIY DAVLAT ATTESTATSIYАSI UCHUN TUZILGAN SAVOLLAR VA KAZUSLAR

  1. Qaysi talablarga da’vo muddati joriy qilinmaydi?

  2. Ashyoviy huquqlarni sanab bering.

  3. O‘zganing er uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish (servitut) huquqi nima?

  4. Egasiz ashyo va topilmaning bir biridan farqi nimada?

  5. Majburiyatni bajarish joyi qanday aniqlanadi?

  6. Qanday hollarda qarzni depozitga qo‘yish yo‘li bilan majburiyatni bajariladi?

  7. Majburiyatning bajarilishi ta’minlanishi usullar qanday? Ular haqida batafsil to‘xtaling.

  8. Shartnoma tuzish erkinligi deganda nimani tushunasiz?

  9. Ommaviy shartnoma tushunchasini yoritib bering.

  10. Dastlabki shartnoma nima?

  11. Oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha sotuvchi qanday huquq va majburiyatlarga mavjud?

  12. Fuqarolik qonun hujjatlari bilan qanday munosabatlar tartibga solinadi?

  13. Fuqarolik huquq va burchlari qanday asoslariga ko‘ra vujudga keladi?

  14. Fuqarolik huquqlarini himoya qilish usullari nimalardan iborat?

  15. YUridik shaxs tushunchasiga ta’rif bering. Uning qanday turlari mavjud?

  16. Vafot etgan deb e’lon qilingan fuqaro qaytib kelishining oqibatlari qanday?

  17. Emansipatsiya nima, u qanday tartibdaamalga oshiriladi?

  18. Yuridik shaxsning javobgarligi qanday?

  19. Qanday bitimlar shartli bitimlar hisoblanadi?

  20. Qanday hollarda bitimning oddiy yozma shakliga amal qilish shart?

  21. Bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik oqibatlari qanday?

  22. Notarial tasdiqlangan ishonchnomalarga tenglashtirilgan ishonchnomalar qaysilar?

  23. Ishonchnomaning amal qilishi qanday hollarda bekor bo‘ladi?

  24. Vaqt davri bilan belgilangan muddatning tamom bo‘lishi qanday?

  25. Da’vo muddatining o‘tishi qanday hollarda to‘xtatiladi?

  26. Oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha tovarning tasodifan nobud bo‘lishi yoki tasodifan shikastlanishi xavfi qanday hal etiladi?

  27. Kontraktatsiya shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi qanday?

  28. Kontraktatsiya shartnomalari bajarilishi monitoringini olib borish tartibi qanday

  29. Energiya ta’minoti shartnomasini o‘zgartirish va bekor qilish tartibi qanday

  30. Korxonani sotish shartnomasi qanday tartibda rasmiylashtiriladi?

  31. Bino, inshoot yoki boshqa ko‘chmas mulk sotilganida ular joylashgan er uchastkasiga bo‘lgan huquq kimga tegishli bo‘ladi

  32. Ayirboshlash shartnomasida qiymati o‘rtasidagi farq bo‘l-gan holatlarda uning bahosi qanday halqilinadi?

  33. Pudrat shartnomasi bo‘yicha ish natijasining lozim darajada sifatli emasligini aniqlash muddatlari qanday?

  34. Pudrat shartnomasining alohida turlari qaysilar ? Ularning o‘ziga xos tomonlarini yoritib bering.

  35. Haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasini buzganlik uchun ijrochining javobgarligi qanday?

  36. Yuk tashish shartnomasi va transport ekspeditsiyasi shartnomasining o‘xshash va farqli jihatlari qanday?

  37. Yuk yoki bagaj yo‘qolganligi, kam chiqqanligi va ularga shikast etkazilganligi (buzilganligi) uchun tashuvchining javobgarligi qanday tartibga solingan?

  38. Charter (fraxtlash) shartnomasi nima, transport vositasini ekipaji bilan ijaraga olishdan qanday farqi mavjud?

  39. Qarz va kredit shartnomalarining farqli jihatlarini yoriting?

  40. Kredit olishning tartibi amaliyotda qanday. Masalan iste’mol krediti qanday olinadi.

  41. Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash shartnomasi tushunchasi qanday?

  42. Omonat saqlash shartnomasining bank omonati shartnomasidan qanday farqi bor?

  43. Mulk ijarasi shartnomasining muddati haqida qanday normalar mavjud?

  44. Ijaraga oluvchiga ijaraga olingan mol-mulk qanday tartibda topshiriladi?

  45. Uy-joy ijara shartnomasini bekor qilish tartibi qanday?

  46. Qurilishpudratishartnomasinituzishtartibi qanday?

  47. Pudrat shartnomasi taraflarninghuquqvamajburiyatlari qanday?

  48. Pudratchi qaysi hollarda buyurtmachini ogohlantirib qo‘yishi shart?

  49. Agar omonatga yuk topshirgan shaxs uni qaytarib olmasa qanday oqibatlar kelib chiqadi?

  50. Qanday hollarda ashyo yo‘qolganligi, kam chiqqanligi yoki shikastlanganligi uchun omonat saqlovchi javobgarlikdan ozod bo‘ladi?

  51. Ashyolarni egasizlantirib saqlash deganda nimani tushunasiz? Misollar orqali tushuntiring?

  52. Ashyoni mehmonxonada saqlash tartibi qanday?

  53. Sug‘urta nima va uning qanday shakllari mavjud?

  54. Ixtiyoriy va majburiy sug‘urta deganda nimani tushunasiz?

  55. Shaxsiy sug‘urta shartnomasiga ta’rif bering?

  56. Sug‘urta shartnomasining shakli va taraflariga huquqiy baho bering?

  57. Sug‘urta shartnomasining muhim shartlari nimalardan iborat?

  58. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlari va sudning qonunga xilof harakatlari tufayli etkazilgan zarar uchun javobgarlik qanday belgilangan?

  59. O‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan voyaga etmaganlar tomonidan etkazilgan zarar kim tomonidan qoplanadi?

  60. Muomalaga layoqatsiz deb topilgan va muomala layoqati cheklangan fuqaro tomonidan etkazilgan zarar uchun javobgarlik qanday belgilanadi?

  61. Intellektual mulk ob’ektlariga nisbatan mutlaq huquqlar deganda nimani tushunasiz?

  62. Mutlaq huquq va mulk huquqi o‘rtasida qanday farq kuzatiladi?

  63. Mualliflik prezumpsiyasi nima?

  64. Intellektual mulk ob’ektlariga nimalar kiradi?

  65. Efir yoki kabel orqali ko‘rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotning huquqlari nimalardan iborat?

  66. Meros huquqining sub’ektlari kimlar bo‘ladi?

  67. Merosdan chetlashtirish deganda nimani tushunasiz va u qanday amalga oshiriladi?

  68. Merosdan chetlashtirish asoslarini aniqlab bering?

  69. Merosdan majburiy hissa oluvchilar deganda nimani tushunasiz?

  70. Meros mulki tarkibiga kirmaydigan ob’ektlar deganda nimani tushunasiz?




Yüklə 195 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin