Tasdiqlayma n


Savol: shartnoma tuzishda xat oferta bo‘la oladimi? Fuqarolik kodeksiga ko‘ra shartnoma tuzish tartibini tushuntiring? 21-kazus



Yüklə 195 Kb.
səhifə8/17
tarix22.06.2022
ölçüsü195 Kb.
#62037
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
2 5235909809244476747

Savol: shartnoma tuzishda xat oferta bo‘la oladimi? Fuqarolik kodeksiga ko‘ra shartnoma tuzish tartibini tushuntiring?


21-kazus
Andijon shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro Bekzod sinfdoshi Sardordan to‘y tadbirlarini o‘tkazib olish uchun bir oy muddatda qaytaraman deb 5 mln so‘m qarz oldi va bu munosabatni biror – bir tarzda rasmiylashtirmadi. Oradan ikki oy ham o‘tdiki qarz o‘z egasiga qaytarilmadi va natijada nizo yuzaga keldi.
Savol. Vaziyatga baho bering? Aslida qarz shartnomasi FKga muvofiq qanday rasmiylashtirilishi kerak. Sardor qarz berayotganida Bekzoddan tilxat olgan taqdirida buni isbotlash vositasi sifatida baholash mumkinmi?
22-kazus
Yu.Jamoliddinov «Chag‘oniyon» AJning 1997 yil 4-sonli buyrug‘i bilan haydovchi sifatida ishga qabul qilingan va shu yil 10 sentyabrdagi 10-sonli buyruq bilan unga LAZ-695 rusumli avtobus biriktirilgan. 2002 yil 31 dekabrda YU.Jamoliddinov bilan ijara shartnomasi tuzilgan bo‘lib, shartnomaning 4.2.1-bandida ijarachi haydovchining aybi bilan yo‘l transport hodisasi sodir etilganda, shuningdek, avtobus olib qochilganda, avtobusga, chet tashkilotlar mulkiga, xususiy shaxslarga etkazilgan zarar uchun ijarachi to‘la moddiy javobgar bo‘lishi ko‘rsatilgan. YU.Jamoliddinov bilan AJ o‘rtasida ijara shartnomasi tuzilgan bo‘lsa-da, u mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlab yurgan.
Savol:ijara shartnomasi va mehnat shartnomasining huquqiy tabiatini yoritib bering?
23-Kazus
Ahmad o‘z stipendiyasiga qo‘shnisidan magnitafon sotib oldi. Uning yoshi 16 da. U ota-onasining qaramog‘ida yashaydi. Oldi-sotdi shartnomasini ota-onasining roziligisiz amalga oshirdi. Bitim tuzilganidan keyin ikki kun o‘tib Ahmadning ota-onasi magnitafonni qaytarib olishni, pulni qaytarishni sotuvchida talab qildi. Sotuvchi ularning bu talablarini rad etdi va pulni qaytarmadi. Ahmadning ota-onasi shartnomani bekor qilishlari mumkinmi?
Savol. 16 yoshga to‘lmagan voyaga etmaganlarning muomala layoqatini tushuntirib bering?
24-Kazus

Qandolatchilik kombinati iqtisodiy sudga zavod bilan kombinat o‘rtasida tuzilgan un etkazib berish to‘g‘risidagi shartnomaga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida da’vo arizasi bilan murojaat qildi. Sotib oluvchi da’vo arizasida shartnomada nazarda tutilgan o‘ziga etkazib berishi kerak bo‘lgan unning miqdori kam chiqqanda yoki sifati lozim darajada bo‘lmaganda, kombinat tomonidan chaqirilgan zavod vakili kelmagan har bir holat uchun sanksiya belgilanishini taklif qildi, iqtisodiy sud sud da’vogarning talabini qanoatlantirdi va unning miqdori tejalishiga asos bo‘ladi degan maqsadda shartnomaga zavod vakilining har bir kelmagan holati uchun jarima belgilash to‘g‘risidagi shartni kiritdi.



Yüklə 195 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin