Tasdiqlayma n


Savol. Egasiz ashyo deganda nimani tushunasiz va uning taqdiri nima bo‘ladi? 30-Kazus



Yüklə 195 Kb.
səhifə11/17
tarix22.06.2022
ölçüsü195 Kb.
#62037
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
2 5235909809244476747

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Savol.
Savol. Egasiz ashyo deganda nimani tushunasiz va uning taqdiri nima bo‘ladi?
30-Kazus
Ikki durodgor Bokiev bilan uning dachasida 1 iyunga qadar yog‘och garaj qurib berishga kelishishdi. Bajariladigan ishlar haqi tomonlar tuzgan mehnat shartnomasi deb atalgan yozma hujjatda aks ettirildi. Unda shuningdek bajariladigan qurilishning o‘ziga xos xususiyatlariga oid hamma shartlari (garaj kattaligi, fundamental material, metall tom va boshqalar) kiritildi.
Savol. Pudrat shartnomasi deganda nimani tushunasiz va uning belgilarini yoritib bering?
31-Kazus
Pudratchi “Binokor” xususiy qurilishi koronasi tomonidan buyurtmachi A shaxsga tegishli ko‘p qavatli binoda qurilish- motaj ishlari bir yil mobaynida olib borildi va kelishilgan muddatda ob’ekt buyurtmachiga topshirildi. Oradan besh yil vaqt o‘tganidan keyin binoning ayrim qavatlarida elektr chiroqlari yonmasdan qoldi. Buyurtmachi pudrachiga murojaat qilganda kafolat muddati o‘tganligini vaj qilib ta’mirlash ishlarini bajarishdan bosh tortdi.
Savol. Vaziyatga baho bering? Kafolat muddati nima va u qanday aniqlanadi?


32-Kazus
Obidov teleateledagi tanish usta bilan o‘z televizoriga DMV bloki va DMVga mos antennani o‘rnatish to‘g‘risida shartnoma tuzishdi. Ustaning xizmatlari haq evaziga bajarilishiga va hamma kerakli narsalar Obidov tomonidan topib berilishiga kelishishdi. Televizor tuzatib berilgach, Obidovning iltimosiga ko‘ra usta televizorni tekshirib ko‘ra boshladi, televizor yaxshi ishladi. Lekin videomagnitofon ulanganda ekranda faqat oq-qora tasvir ko‘rinardi. Usta Obidovga televizorga PAE bloki quyilsa televizor tasviri rangli bo‘lishini aytdi, Obidov o‘zida bunday blok borligini aytib, uni televizorga o‘rnatib berishini iltimos qildi. Hamma ishlar bajarib bo‘lganidan keyin usta televizorni yoqqanida televizor kuyib ketdi. Keyinchalik aniqlanishicha masofali boshqarish bloki nosoz bo‘lib, uni ishlatganda qisqa tutashuv kelib chiqqan, usta esa obidov tomonidan berilgan blokni tegishli tartibda tekshirmasdan o‘rnatgan. Obidov ustaga kelishilgan haqni berishdan bosh tortdi va televizorni usta tomonidan tuzatilib berilishini talab qildi. Usta esa o‘z navbatida kelishilgan haqni to‘lashni talab qildi va televizorni o‘z hisobidan tuzatmasligini, televizorni buzilishiga Obidov aybdorligini, u nosoz blok berganligini aytdi.
Savol.Bu nizoda kim haq? Agarda nosoz blok usta tomonidan tayorlovchi zavod plombalari bilan qo‘yilgan bo‘lganda ushbu masala qanday hal qilinar edi.

33-kazus


Saidov Termiz-Toshkent poezdining platskartali vagoniga chipta sotib oldi. Vagonga chikib, Saidov o‘z joyi boshqa yo‘lovchi tomonidan egallanganligini va uning qo‘lida ham xuddi shu joy uchun chipta borligini aniqladi. Saidov kuzatuvchidan joyni bo‘shatib berishini yoki boshqa joy topib berishini talab qildi. Vagondagi barcha joylar band bo‘lganligi uchun kuzatuvchi Saidov qushni vagonga o‘tib kupeda joylashishini va chiptalar o‘rtasidagi farqni to‘lashni yoki umumiy vagonga o‘tishini aytdi. Saidov kupedagi joyni egalladi, lekin chiptalar o‘rtasidagi farqni to‘lashdan bosh tortdi.

Yüklə 195 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin