Tasdiqlayma n


Savol. Bu nizoda kim haq? Qarz shartnomasi, kredit shartnomasi va omonat shartnomasini tavsiflang. 38-Kazus



Yüklə 195 Kb.
səhifə13/17
tarix22.06.2022
ölçüsü195 Kb.
#62037
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
2 5235909809244476747

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Savol.
Savol. Bu nizoda kim haq? Qarz shartnomasi, kredit shartnomasi va omonat shartnomasini tavsiflang.
38-Kazus
Fuqaro Anvar mulk huquqi asosida o‘ziga tegishli bo‘lgan bug‘doy o‘radigan kombaynni Baxtiyorga ishonchli boshqarishga berdi. Bir hafta o‘tganidan keyin mulkdor Anvar kombaynga ishlash vaqtida zarar etkazilganligidan xabar topdi. SHartnomada agar kombaynni ekspluatatsiya qilish vaqtida unga zarar etkazilsa bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida javobgarlik belgilangan bu oyiga taxminan 200 AQSH dollarini tashkil qiladi. SHu sababli Baxtiyor 600 AQSH dollari to‘lashga tayyor. Kombaynni ta’mirlash esa 1200 AQSH dollarini tashkil qiladi. Anvar shartnomani muddatida oldin bekor qilishni va kombaynni ta’mirlashga ketadigan barcha xarajatlarni to‘lashni talab qildi.
Savol. Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasining mohiyatini yoritib bering?
39-Kazus
Nigoraga qarindoshlari yangi yil kuni 5 mln so‘m pul va palto hadya qildi. Pul va paltoni saqlashni Nigora kursdosh dugonasiga topshirdi va o‘zi olti oylik komandirovkaga ketdi. Komandirovkadan qaytgandan so‘ng u omonatni olgani borganda dugonasi uning talablarini rad etdi. Nigora fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon sudiga murojaat qildi. Biroq sud da’vo azrizasini ko‘rib chiqish vaqtida dugonasi Nigoraga pulni va paltoni qaytardi. Biroq Nigora palto umuman boshqa rangda ekanligini va uni qolgan ikkita dugonasi ham tasdiqlashini ma’lum qildi va o‘zining paltosini berishni talab qildi. Biroq sud Nigoraning talablarini qanoatlantirmadi.
Savol. Omonat saqlash shartnomasi deganda nimani tushunasiz va u qanday tartibda rasmiylashtiriladi?
40-Kazus
A shaxs tomonidan B shaxsning uy-joyiga zarar etkazildi. B shaxsning ehtiyotsizligi natijasida A shaxs uy-joyining 150 kv.m. tom qismiga qattiq zarar etdi. Natijada A shaxs ko‘rgan zarar 20 mln so‘m miqdorida hisoblandi. Mulkiy sug‘urta shartnomasi asosida uy-joy sug‘urtalanganligi bois sug‘urta agentligi tomonidan zarar qoplab berildi. O‘z navbatida sug‘urta agentligi etkazilgan zazarni to‘lashni B shaxsdan da’vo qildi.

Yüklə 195 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin