Tasdiqlayma n


Savol. Sug‘urta nima va uning qanday shakllar mavjud? 41-Kazus



Yüklə 195 Kb.
səhifə14/17
tarix22.06.2022
ölçüsü195 Kb.
#62037
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
2 5235909809244476747

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Savol.
Savol. Sug‘urta nima va uning qanday shakllar mavjud?


41-Kazus
Tramvay bekatida tramvay kutib turgan yo‘lovchi V shaxs bekatdagi reklama doskasida yozilgan bir e’longa ko‘zi tushdi. Uning mazmuni quyidagicha edi: 2020 yil 8 noyabr yakshanba kuni “Olmazor” metro bekatida “Gordon” laqabli angliya parodasiga oid malla tusdagi it yo‘qolib qoldi. Uni topib olgan kishidan quyidagi adres bo‘yicha ................telefon qilishini yoki xabar berishini so‘raymiz.
Savol. Mazkur e’lon mukofotni oshkora va’da qilish hisoblanadimi? Yuridik majburiyatlar keltirib chiqarishi uchun mukofotni oshkora va’da qilishga qanday talablar qo‘yilgan?


42-Kazus
Karim ko‘chani kesib o‘tayotgan vaqtda avtomashina uni turtib yubordi. Yo‘l transport hodisasi natijasida jabrlanuvchi Karim uzoq vaqt mehnat qobiliyatini yo‘qotdi. Jabrlanuvchi etkazilgan zararni undirish haqida avtomshinanin egasi harbiy qismga nisbatan da’vo quzg‘atdi. Ishni ko‘rayotgan sudya jabrlanuvchi yo‘ldan kesib o‘tish qoidalarini buzmaganligini aniqladi. Javobgarning talablariga da’vogar e’tiroz bildirgan holda, sodir bo‘lgan hodisada shofyorning aybi yo‘qligini, unda yurak xuruj qilganligi sababli mashinani birdan tormozlash ikoniyatidan mahrum bo‘lganligini bildirdi. U o‘z vajlarini tibbiy muassasa tomonidan berilgan tibbiy ma’lumotnoma bilan tasdiqladi.
Savol. Zarar etkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar deganda nimani tushunasiz?
43-Kazus
Axmedov qarz shartnomasi bo‘yicha Vohidovga 130 ming so‘mni qaytarishi kerak. Ammo Sarvarov undan sotib olgan poyabzallari uchun Axmedovga shuncha pul to‘lashi kerak bo‘lganligi sababli, Axmedov Sarvarov bilan 130 ming so‘mga rozi bo‘ldi. Sarvarov Vohidovga pul to‘laydi, bu haqda Axmedov Vohidovga xabar bergan. Vohidov Sarvarovdan pul olishni rad etdi va Axmedovdan qarzni to‘lashni talab qildi.
Vohidovning harakatlarito‘g‘rimi?


44-Kazus
Bank va Aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida 2018 yil 14 noyabrda
100-sonli kredit shartnomasi tuzilgan. Ushbu shartnomaga asosan Bank tomonidan aksiyadorlik jamiyatiga xom-ashyo sotib olish va aylanma mablag‘larni to‘ldirish maqsadida yillik 15 foiz to‘lash sharti bilan 12 oy muddatga 60 mln so‘m kredit berilgan.Kredit majburiyatlarini ta’minlash maqsadida tomonlar o‘rtasida 2018 yil 14 noyabrda garov (ipoteka) shartnomasi tuzilgan. Ushbu shartnomaga ko‘ra kredit mablag‘larini qaytarilishining ta’minoti sifatida aksiyadorlik jamiyatiga tegishli bo‘lgan Andijon shahri, Gagarin ko‘chasi, 36-uy manzilida joylashgan 14 ta xonadan iborat bo‘lgan va tomonlarning kelishuviga asosan 80 mln so‘mga baholangan bino va inshootlar garovga qo‘yilgan. 
Bank tomonidan kredit shartnomasi bo‘yicha majburyatlar lozim darajada bajarilgan. Aksiyadorlik jamiyati tomonidan esa kredit mablag‘larini qaytarish bo‘yicha majburiyatlar bajarilmagan. Natijada aksiyadorlik jamiyatining bank oldida 65 mln so‘mlik qarzdorligi vujudga kelgan.
Shu sababli Bank aksiyadorlik jamiyatiga nisbatan iqtisodiy sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, kredit shartnomasini muddatidan oldin bekor qilishni, aksiyadorlik jamiyatidan 65 mln so‘m kredit qarzdorlikni garovdagi mol-mulkka qaratish yo‘li bilan undirishni so‘ragan.
Iqtisodiy sudning hal qiluv qarori bilan bankning da’vo talablari to‘liq qanoatlantirilgan. Hal qiluv qarorini ijro etish jarayonida tomonlar kelishuv bitimi tuzib, uni tasdiqlash uchun sudga murojaat qilishgan.Sud ajrimi asosida kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etgan.



Yüklə 195 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin