Yaxshi xavfsizlik siyosati quyidagi xususiyatlarga ega bo’lishi shart:
Qisqa va aniq: xavfsizlik siyosati infratuzilmada joriy qilish uchun qisqa va aniq bo’lishi shart. Murakkab xavfsizlik siyosati tushunish uchun qiyin bo’lib, xodimlar tomonidan kutilgani kabi amalga oshirilmaydi.
Foydalanuvchan bo’lishi: siyosat tashkilotning turli sektorlari bo’ylab oson foydalanishli yozilishi va loyihalanishi shart. Yaxshi yozilgan siyosatlar boshqarishga va amalga oshirishga oson bo’ladi.
Iqtisodiy asoslangan bo’lishi: tashkilotlar tejamkor va o’z xavfsizligini kuchaytiruvchi siyosatni amalga oshirishi shart.
Tushunarli bo’lishi: siyosatlar tushunishga va amalga qilishga oson bo’lishi kerak.
Amaliy bo’lishi: siyosatlar reallikka asoslangan amaliy bo’lishi kerak. Real bo’lmagan siyosatni amalga oshirilishi faqat tashkilotga muammo olib keladi.
Barqaror bo’lishi: tashkilot o’zining siyosatini amalga oshirishda barqarorlikga ega bo’lishi kerak.
Mulojaviy bardoshli bo’lishi: siyosat muolajalarini amalga oshirganda ular ish beruvchi va ishlovchiga mos bo’lishi kerak.
Kiber va yuridik qonunlarga, standartlarga, qoidalarga va instruksiyalarga mos bo’lishi: amalga oshiriluvchi ixtiyoriy siyosat kiber qonunlar asosida ishlab chiqilgan qoidalar va instruksiyalarga mos bo’lishi zarur.
Xavfsizlik siyosatining kontenti
Xavfsizlik siyosatini amalga oshirishning 4 ta qismi mavjud:
xavfsizlik talablari;
siyosat tavsifi;
amalning xavfsizlik prinsipi;
elementlar joylashuvining arxitekturasi.
Xavfsizliktalablari.Ushbu bayon xavfsizlik siyosatini amalga oshirishda tizim uchun talablarni xarakterlaydi. Xavfsizlik talablarining quyidagi 4 turi mavjud:
Intizomxavfsizliktalablari.Bu xavfsizlikni ta’minlashda turli obyektlarga nisbatan qanday harakatlar bajarilishini kerakligini ko’rsatuvchi xavfsizlik
siyosatini o’z ichiga oladi. Masalan, kompyuter xavfsizligi, amallar xavfsizligi, tarmoq xavfsizligi, shaxs xavfsizligi, fizik xavfsizlik va hak.
Qo’riqlash xavfsizligi talablari. U zarur bo’lganda ko’rsatiluvchi himoya choralaridan tashkil topgan xavfsizlik siyosatini o’z ichiga oladi. Masalan, foydalanishni nazoratlash, zararli dasturlarga qarshi kurashish, audit, foydalanuvchanlik, konfidensiallik, butunlik, kriptografiya, identifikasiya va autentifikasiya uchun himoya choralari.
Muolajaviy xavfsizlik talablari. U foydalanish siyosatlari, qaydlash, amallar davomiyligi va hujjatlashtirishdan iborat xavfsizlik siyosatlaridan iborat.
Kafolat xavfsizligi talablari. U turli standartlar, sertifikatlar va akkreditasiyaga muvofiq foydalaniluvchi xavfsizlik siyosatlarini o’z ichiga oladi.
Siyosat tavsifi. Mazkur qismda asosiy e’tibor xavfsizlik tartibiga, qo’riqlash, muolajalar, amallarning bog’liqligi va hujjatlashtirishga qaratiladi. Siyosat tavsifining har bir qismida tizim arxitekturasi elementlari xavfsizlikni qanday ta’minlashi bayon etiladi.
Amallarningxavfsizlikprinsipi.Ushbu prinsip xavfsizlik siyosatining rollarini, javobgarliklarini va funksiyalarini aniqlaydi. U missiya, aloqa, shifrlash, foydalanuvchi va texnik xizmat ko’rsatish instruksiyalari, bo’sh ishchi vaqtini boshqarish, xususiy va jamoat mulki, shartli foydalanishli dasturiy vosita qoidalari va virusdan himoyalanish siyosatiga e’tiborni qaratadi.
Elementlar joylashuvining arxitekturasi. Ushbu siyosat tashkil etuvchisi dasturdagi har bir tizim uchun kompyuter tizimlari arxitekturasini joylashuvini ta’minlaydi.
Xavfsizlik siyosati quyidagi bo’limlardan iborat:
xavfsizlik siyosatining umumiy tavsifi - siyosat ko’rib chiqishi kerak bo’lgan asosiy ma’lumotlarni taqdim etadi;
maqsad– siyosati nima uchun tuzilganligini batafsil tushuntirishni o’z ichiga oladi;
harakatsohasikimni va nimani qamrab olish haqidaga axborotdan iborat;
qoidalarvajavobgarliklarxodimlar va boshqaruv uchun aniqlanadi;
maqsadli auditoriya bu - siyosat ishlab chiqilayotgan foydalanuvchilar va mijozlardir;
siyosatlarbu – xavfsizlik siyosatining har bir aspekti uchun bayoni;
sanksiyalarvabuzilishlarmijozlar va foydalanuvchilar rioya qilishi kerak bo’lgan ruxsat berish/ rad etish jarayonini belgilaydi;
kontakt ma’lumotlari siyosat sanksiyalari va/ yoki buzilishlari yuz berganda kim bilan bog’linish kerakligi haqidagi axborot;
versiyaraqami siyosatdagi barcha o’zgarishlar va yangilanishlar to’g’ri kuzatilishini ta’minlaydi;
glossarisiyosatda foydalanilgan turli atama va qisqartmalarni ma’nosini o’z ichiga oladi.