Web texnologiya tushunchasi Pedagogik dasturiy vositalarning gipermatn hujjatlarini ishlab
chiqishda Microsoft Front-Page (HTML-Hyper Text Markup Language), Alliare
Home Site (HTML), Microsoft Power Point, Microsoft Word kabi dasturiy
vositalardan foydalaniladi. Mavzuning asosiy tushunchalariga oid o‘quv materiallarini yaratishda rastrli yoki vektorli rasmlar bilan ishlovchi dasturlardan foydalanish zarur
bo‘ladi. Ular qatoriga Corel Draw, Corel Xara, Corel Photo Paint, Adobe Photo
Shop, Adobe Illustrator kabilarni kiritish mumkin.
Dinamik illustrasiyali o‘quv materiallari yaratishda Disreet 3D Studio
MAX, Alais Wave Front, Maya, Light Wave, SoftImage 3d, Adobe Image Ready,
Gif Animator, Macromedia Flash, Adobe Premier kabi maxsus dasturlardan
foydalaniladi.
Ovozli jarayonlarni taqdim etish va ovozni tahrir qilish SonicFoundry
SoundForge, Wave Lab, Sound Recorder va boshqa dasturlar yordamida amalga
oshiriladi. Ma’lumotlar bazalarini yaratishda Microsoft Excel, Microsoft Access kabi dasturlar qo‘llaniladi. Quyida pedagogik dasturiy vositalar yaratishda qo‘llaniladigan dasturiy vositalar tizimining bog‘lanishi aks ettirilgan. Rasmdan ko‘rinib turibdiki,
matnli protsessorlar va maxsus dasturlar yordamida pedagogik dasturiy
vositalarni yaratishda, foydalanuvchi undan qisman foydalana olmaslik bilan
bog‘liq muammolar tug‘ilishi mumkin. Foydalanuvchi pedagogik dasturiy
vositalar yaratilgan dasturiy ta’minotga ega bo‘lishi shart.
Pedagogik dasturiy vositalarni Internet tarmog‘iga joylashtirishda
HTML gipermatn hujjatlaridan foydalaniladi, chunki u Internet
tizimining gipermatnli tili hisoblanadi hamda unda yaratilgan hujjatlarni
o‘qish dasturi Microsoft Windows ning operatsion tizimi tarkibiga kiradi.
Shuni ta’kidlash joizki, bunda pedagogik dasturiy vositalarning
imkoniyatlari va mukammalligi faqat dasturchining qobiliyat darajasi bilan
chegaralanadi. Multimedia dasturiy mahsulotlarini yaratish uchun juda katta
tayyorgarlik zarur. Bo‘lg‘usi mutaxassis nafaqat ko‘plab dasturlash tillarini,
balki o‘rgatuvchi va nazorat qiluvchi dasturlar yaratishning metodik
tamoyillari bo‘yicha bilimlarni egallashi lozim.