Elektron darsliklarning quyidagi belgilariga ko’ra o’zaro farqlash mumkin:
I. Foydalanish maqsadlariga ko’ra: jamoa bo’lib va individual foydalaniladigan
elektron darsliklar.
• Jamoa bo’lib foydalaniladigan elektron darsliklar kompyuterning katta tizim resurslarini
talab qilmaydigan bo’lishi maqsadga muvofiq bo’lib, ular server kompyuterga
joylashtiriladi va ulardan kompyuter tarmoqlari (Internet yoki Intranet) orqali foydalanish
mumkin.
• Individual foydalaniladigan elektron darsliklar o’quv materiallarini o’qituvchining
ishtirokisiz o’rganishga mo’ljallangan bo’ladi.
• Elektron darsliklarning bu ikki turidan auditoriya mashg’ulotlarida ham foydalanish
mumkin.
II. O’quv materiallarini taqdim etishi bo’yicha: tartibli va ixtiyoriy. Tartibli elektron
darsliklar ma‘lum bir bo’lim o’quv materiallarini o’zlashtirmasdan keyingi bo’limga
o’tishga imkoniyat bermaydi.
III. O’quv materiallari va axborotlarni yangilash bo„yicha: uzluksiz va davriy
yangilanuvchi. Uzluksiz ravishda yangilanadigan elektron darsliklar odatda elektron
o’quv bazalar (portallar, veb-saytlar va boshqalar)ga va elektron kutubxonalarga
joylashtiriladi. Davriy yangilanadigan elektron darsliklar asosan elektron axborot
eltuvchilar (disketa, CD-disk va boshqa) kabilar bilan taqdim etiladi.
Savollar:
1. Elektron darsliklar qanday qismlardan iborat?
2. Elektron darslik moduli deb nimaga aytiladi?
3. Axborotning elektron eltuvchisi deb nimaga aytiladi?
TOPSHIRIQLAR.
1. Ma‘ruza matnini o‘qib o‘rganib kelish;
2. O’quv materiallari va axborotlarni yangilash bo’yicha foydalanish sohasini aniqlang;
3. Elektron darsliklarning tuzilish belgilariga ko’ra o’zaro farqlash aniqlang;
9-Amaliy mashg’ulot.
Mavzu: Flash dasturida interfaol manbalar yaratish