Paket filterlari. Bu turdagi tarmoqlararo ekran tarmoq sathida paketlarni tahlillashga asoslangan bo’lib, bunda kalit ma’lumotlar sifatida: manba IP manzili, masofadagi IP manzil, manba porti, masofadagi port, TCP bayroq bitlari (SYN, ACK, RST va hak.) parametrlari asosida amalga oshiriladi. Bu turdagi tarmoqlararo ekran asosan yuqoridagi parametrlar asosida kiruvchi va chiquvchi trafikni tahlillaydi.
Bu turdagi tarmoqlararo ekran samarali bo’lib, faqat tarmoq sathida ishlaydi va sarlavha ma’lumotlarni tahlillashda yuqori tezlikka ega. Shu bilan birga, mazkur tarmoqlararo ekran qator kamchiliklarga ega:
holatning turg’unligi mavjud emas, ya’ni har bir paket turlicha ko’rinishda bo’lishi mumkin;
bu turdagi tarmoqlararo ekran TCP aloqani tekshirmaydi;
ilova sathi ma’lumotlarini, zararli dasturlarni va boshqalarni tekshirmaydi.
Bu turdagi tarmoqlararo ekran “foydalanishlarni nazoratlash ro’yxati (ACL)” yordamida sozlanadi (57, 58 - rasm).
Ilova sathi
Transport sathi
Tarmoq sathi
Kanal sathi
Fizik sathi
57-rasm.Paketfilteri
Harakat
Manba IP
Masofadigi IP
Manba port
Masofadagi port
Protokol
Bayroq
Ruxsat
Ichki
Tashqi
Ixtiyoriy
80
HTTP
Ixtiyoriy
Ruxsat
Tashqi
Ichki
80
>1023
HTTP
ACK
Taqiq
Barcha
Barcha
Barcha
Barcha
Barcha
Barcha
58-rasm.Foydalanishlarninazoratlashro’yxatigamisol Yuqoridagi qoidaga asosan faqat Web uchun kirish va chiqish mavjud bo’lib, qolgan hollarda harakatlar cheklangan. Bu sozlanmadan buzg’unchi qanday qilib
foydalanishi mumkin? Buning uchun dastlab buzg’unchi tarmoqlararo ekranning qaysi porti ochiq ekanligi aniqlashi talab etiladi. Boshqa so’z bilan aytganda, portlarni skanerlashni amalga oshirishi kerak.
Ochiq port aniqlangandan so’ng, u port orqali zararli ma’lumotni yuborishi mumkin bo’ladi. Buni oldini olish uchun odatda, tarmoqlararo ekran mavjud TCP bog’lanishlarni xotirasida saqlashi kerak va natijada qabul qilingan bog’lanish oldingi bog’lanish bilan bir xil ekanligini aniqlaydi.
Ekspert paketi filtrlari. Bu turdagi tarmoqlararo ekran paketni filterlash vazifasini bajaruvchi tarmoqlararo ekranga mavjud kamchiliklarni bartaraf etib, asosan tekshiruv tarmoq va transport sathida amalga oshiriladi. Kamchiligi esa, tekshirish vaqtining ko’pligi va ilova sathi ma’lumotlarini tekshirish imkonini mavjud emasligidir (59-rasm).
Ilova sathi
Transport sathi
Tarmoq sathi
Kanal sathi
Fizik sathi
59-rasm.Ekspertpaketifiltri Ilova proksilari. Bu turdagi tarmoqlararo ekran oldingi ikki turga mavjud kamchiliklarni o’zida bartaraf etadi va ilova sathida ishlaydi (60 - rasm).
Ilova sathi
Transport sathi
Tarmoq sathi
Kanal sathi
Fizik sathi
60-rasm.Ilovaproksilari Bu toifadagi tarmoqlararo ekranda paketlar tarmoq, transport va ilova sathlarida tekshiriladi. Xususan, ilova sathi uchun paket “buzulib” qaytadan “quriladi”.
Shaxsiy tarmoqlararo ekran. Bu dasturiy vositalar yuqoridagi uch turdan biriga tegishli bo’lib, odatda bir hostni himoyalash uchun foydalaniladi. Bu dasturiy vositalar sodda interfeysga ega bo’lib, oson sozlanadi.