18-Ma’ruza mashg’uloti.
Mavzu: Simsiz tarmoq xavfsizligi. Reja: 1. Simsiz tarmoq turlari
2. Simsiz tarmoqlarda mavjud kamchiliklar Simsiz tarmoqlar odamlarga simli ulanishsiz o’zaro bog’lanishlariga imkon beradi. Bu siljish erkinligi uy, shahar qismlaridagi yoki dunyoning olis burchaklaridagi ilovalardan foydalanish imkonini ta’minlaydi. Simsiz tarmoqlar odamlarga o’zlariga qulay va istagan joylarida elektron pochtani olishlariga yoki Web-saxifalarni ko’zdan kechirishlariga imkon beradi.
Simsiz tarmoqlarning turli xillari mavjud bo’lib, ularning eng muhim xususiyati bog’lanishning kompyuter qurilmalari orasida amalga oshirilishidir.
Kompyuter qurilmalariga shaxsiy raqamli yordamchilar (Personal digital assistance, PDA), noutbuklar, shaxsiy kompyuterlar, serverlar va printerlar misol bo’ladi. Odatda uyali telefonlarni kompyuter qurilmalari qatoriga kiritishmaydi. Ammo, eng yangi telefonlar va xatto naushniklar ma’lum xisoblash imkoniyatlariga va tarmoq adapterlariga ega. Yaqin orada elektron qurilmalarning aksariyatida simsiz tarmoqlarga ulanish imkoniyati paydo bo’ladi.
Bog’lanish ta’minlanadigan fizik xudud o’lchamlariga bog’liq xolda simsiz tarmoqlarning quyidagi kategoriyalari farqlanadi (8-jadval):
simsiz shaxsiy tarmoq (Wireless personal-area network, PAN);
simsiz lokal tarmoq (Wireless local-area network, LAN);
simsiz regional tarmoq (Wireless metropolitan-area network, MAN);
simsiz global tarmoq (Wireless Wide-area network, WAN).