Tasdiqlayman ” Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri: Rajabov. T “ ” 2023 yil kiberxavfsizlik asoslari fanidan ii-kurs Kompyuter injiniringi uchun



Yüklə 7,7 Mb.
səhifə54/162
tarix28.08.2023
ölçüsü7,7 Mb.
#140791
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   162
Majmua Kiberxavfsizlik asoslari II-Kurs

RAID texnologiyasi

Ko’plab tashkilotlar muhim ma’lumotlarini RAID texnologiyasiga asosan zaxira nusxalashni amalga oshiradilar. RAID texnologiyasida ma’lumotlar bir qancha disklarning turli sohalarida saqlagani bois, IO (kirish/ chiqish) amallarini bajarishni osonlashtiradi. RAID texnologiyasi ko’plab qattiq disklarni bitta mantiqiy disk sifatida o’rnatish orqali ishlaydi. Ushbu texnologiya disklar massivi bo’ylab bir xil ma’lumotni muvozanatlashgan shaklda saqlash imkoniyati beradi. Ushbu texnologiya odatda serverlarda ma’lumotni saqlashga mo’ljallangan. Shaxsiy kompyuterlar serverlarga qaraganda ixcham bo’lgani bois ularda ushbu texnologiyadan foydalanish zaruriyati mavjud emas.
RAID texnologiyasida amallarni samarali bajarish uchun 6 ta sath mavjud: RAID 0, RAID 1, RAID 3, RAID 5, RAID 10 va RAID 50. RAIDning har bir sathi
quyidagi xususiyatlarga ega:

  • Xatoga bardoshlilik: bu xususiyat agar disk ishlashdan to’xtasa, boshqa disklar normal ishlashini davom ettiradi.

  • Unumdorlik: RAID ko’plab disklar bo’ylab o’qish va yozishda yuqori unumdorlik darajasini qayd qiladi.

  • Kompetensiya: bu saqlanayotgan ma’lumot hajmi orqali aniqlanadi. Disklarni ma’lumotlarni saqlash imkoniyati mos RAID sathini tanlashga asoslanadi. Saqlash hajmi individual RAID disklar o’lchamini bir xil bo’lishini talab etmaydi.

Barcha RAID sathlari quyidagi saqlash usullariga asoslanadi:

  • Chizish: ma’lumotlar chizish ma’lumotni ko’plab bloklarga bo’ladi. Mazkur bloklar keyinchalik RAID tizimi orqali yoziladi. Chizish ma’lumotni saqlashni yaxshilaydi.

  • Akslantirish: ma’lumotlarni akslantirish ma’lumotlarni nusxalashni va RAID bo’ylab ushbu ma’lumotni uzluksiz saqlashni amalga oshiradi. Ushbu ta’sir xatoga bardoshli va yuqori amalga oshirish darajasiga ega hisoblanadi.

  • Nazorat qiymati: nazorat qiymati ma’lumotlar bloki butunligini tekshirish funksiyasini amalga oshirishda chizish funksiyasidan foydalanadi. Diskni buzulishi vaqtida, nazorat qiymati xatolikni tuzatish funksiyasi yordamida ushbu funksiyani qaytadan hisoblaydi.

RAID texnologiyasining afzalligi va kamchiligi. RAID texnologiyasi taqdim etilishidan oldin, tashkilotlarda ma’lumotlar yagona qattiq diskda saqlangan. RAID texnologiyasi amalga oshirilgan sathiga bog’liq holda o’ziga xos afzallik va kamchiliklarga ega.
RAID tizimlarining afzalligi:
Unumdorlik va ishonchlilik: RAID texnologiyasi disklarda ma’lumotni o’qish va yozish unudorligini oshiradi. Ushbu texnologiya IO jarayonini taqsimlash orqali unumdorlikni yaxshilaydi va shuning uchun jarayonlar tezligi yagona diskda ma’lumotni saqlashga qaraganda yuqori. RAID kontroller RAID tizimida yagona diskda ortiqcha yuklanishni hosil qilmaslik uchun bir qancha disklar bo’ylab ma’lumotni taqsimlashni amalga oshiradi. Hattoki, disk buzulishga uchrasa ham ma’lumotni ishonchligini RAID tizimi saqlab qoladi va tizimni o’chirmasdan buzilgan komponentlarni almashtirish imkoniyati tug’iladi. Ushbu xususiyat “Qaynoq almashtirish” (Hot-Swapping) deb ataladi. Almashtirish jarayoni qolgan disklar vazifasiga va tarmoqqa ta’sir qilmaydi.
Xatolikni nazoratlash: xatolikni nazoratlash jarayonida buzilgan tizimda saqlangan ma’lumotni qolgan diskdagi ma’lumotlar bilan taqqoslash amalga oshiriladi. Ushbu tekshirish jarayoni barcha disklarda amalga oshiriladi. Xatolikni nazoratlash dastlabki ma’lumotni akslantirishdan so’ng amalga oshiriladi. Xatolikni nazoratlashni davomiy amalga oshirilishi tizimni buzilishi ehtimolini aniqlash va ma’lumotni yo’qolishidan himoyalash imkoniyatini beradi.
Ma’lumot ortiqchaligi (ma’lumotni nusxalash): diskning buzilishi istalgan vaqtda yuzaga kelishi mumkin va shuning uchun ma’lumotni nusxalash tashkilot
uchun muhim hisoblanadi. RAID tizimi qurilma buzilishi mumkin bo’lgan holda ishonchli ma’lumot ortiqchaligini ta’minlaydi.

Yüklə 7,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   162




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin