Hozirgi kunda ma’lumotlarni yo’qolishi tashkilotlar uchun asosiy xavfsizlik muammolaridan biri bo’lib, buning natijasida tashkilot katta zarar ko’rishi mumkin. Shuning uchun, tashkilotdan davomiy ravishda muhim bo’lgan ma’lumotlarni zaxira nusxalab borishi talab etiladi.
Ma’lumotlarni zaxira nusxalash – muhim bo’lgan axborotni nusxalash yoki saqlash jarayoni bo’lib, bu ma’lumot yo’qolgan vaqtda qayta tiklash imkoniyatini beradi. Ma’lumotlarni zaxira nusxalashdan asosiy maqsad quyidagilar:
zarar yetkazilgandan keyin tizimni normal ish holatiga qaytarish uchun;
tizimda saqlanuvchi muhim ma’lumotni yo’qolishidan so’ng uni qayta tiklash uchun.
Tashkilotlarda ma’lumot yo’qolishi moliyaviy tomondan va mijozlarga aloqador holda ta’sir qilishi bilan xarakterlansa, shaxsiy kompyuterda esa shaxsiy fayllarni, rasmlarni va boshqa qimmatli axborotni yo’qolishiga sababchi bo’ladi.
Ma’lumotlarni yo’qolishiga quyidagilar sababchi bo’lishi mumkin:
Inson xatosi: qasddan yoki tasodifiy ma’lumotni o’chirib yuborilishi, ma’lumotlarni saqlash vositasini to’g’ri joylashtirilmagani yoki ma’lumotlar bazasini xatolik bilan boshqarilganligi.
G’arazli hatti-harakatlar: tashkilotdagi muhim ma’lumotlarni modifikasiyalanishi yoki o’g’irlanishi.
Tabiiy sabablar: quvvat o’chishi, dasturiy ta’minot to’satdan o’zgarishi yoki qurilmani to’satdan zararlanishi.
Tabiyofatlar:zilzila, yong’in va hak.
Tashkilotda yoki shaxsiy kompyuterda ma’lumotlarni zaxira nusxalash quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
muhim bo’lgan ma’lumotlardan yo’qolgan va zararlangan taqdirda ham foydalanilish;
zaxira nusxalash tashkilotlarni o’z vazifasini yo’qotishidan himoyalash va ma’lumotlarini ixtiyoriy vaqtda tiklash;
ma’lumotlarni tiklash orqali tashkilotdagi yo’qolgan ma’lumotlarni qaytardik.