Tasdiqlayman ” Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri: Rajabov. T “ ” 2023 yil kiberxavfsizlik asoslari fanidan ii-kurs Kompyuter injiniringi uchun



Yüklə 7,7 Mb.
səhifə53/162
tarix28.08.2023
ölçüsü7,7 Mb.
#140791
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   162
Majmua Kiberxavfsizlik asoslari II-Kurs

Zaxira nusxalash strategiyasi

Ma’lumotlarni zaxira nusxalashning ideal strategiyasi to’g’ri ma’lumotni tanlashdan boshlab, kafolatli ma’lumotni tiklash jarayonigacha bo’lgan bosqichlarni o’z ichiga oladi. Zaxira nusxalash turli tashkilotlar uchun farq qilsada, barcha holatlarda ma’lumotlarni zaxira nusxalashdan oldin quyidagi hususiyatlarga e’tibor qaratish muhim hisoblanadi:

  • Ma’lumotlarni zaxira nusxalash strategiyasi ixtiyoriy tashqi qurilmalardan ma’lumotlarni tiklash imkoniyatina ega bo’lishi shart. Ushbu qurilmalar sifatida serverlar, host mashinalar, noutbuklar va boshqalar bo’lishi mumkin.

  • Agar tabiiy ofatlar natijasida ma’lumot yo’qolsa, zaxira nusxalash strategiyasi faqat chekli sondagi insidentlarga qarshi himoya bilan cheklanmasligi zarur. Strategiya o’zida shuningdek, tabiiy ofatlar yuz bergan taqdirda ham ma’lumotlarni tiklash usullarini mujassamlashtirishi shart.

  • Strategiya dastlabki bosqichlarda ma’lumotni qayta tiklash uchun muhim qadamlardan iborat bo’lishi kerak.

  • Zaxira nusxalashni qimmat bo’lmasligi tashkilot uchun moliyaviy foyda olib keladi.

  • Zaxira nusxalashdagi inson tomonidan bo’lishi mumkin bo’lgan xatoliklarni oldini olish uchun ma’lumotlarni zaxira nusxalash avtomatik ravishda amalga oshirilishi kerak.

Faoliyatga tegishli muhim ma’lumotni aniqlash. Har bir tashkilotda juda ko’plab turdagi ma’lumotlar mavjud bo’lib, bular orasidan tashkilot uchun muhim bo’lganlarini zaxira nusxalash uchun ularni dastlab tanlash zarur. Ma’lumotni muhimligi uning tashkilotdagi xizmatining muhimligiga asoslanib, muhim ma’lumotlar sifatida daromad, savdo rejalari, ma’lumotlar bazasi, hujjatlarni,
elektron jadvallarni va pochta xabarlarni o’z ichiga olgan fayllarni olish mumkin. Ushbu ma’lumotlarni yo’qotilishi tashkilotga jiddiy ta’sir qilishi mumkin.
Eng muhim ma’lumotlarda nima borligini aniqlash:

  • tashkilotda muhim funksiya va ma’lumotlarni aniqlash uchun biznesga ta’sirini tahlil qilish zarur;

  • hujjatlarni tekshirish va muhim biznes funksiyalarni tiklash maqsadida amalga oshirish;

  • biznes faoliyatga ma’lumotlarni ta’sirini tahlil qiluvchi jamoani tashkil etish;

  • qayta tiklash uchun zarur bo’lgan strategiyani yoki rejani amalga oshirish uchun yetarli sondagi xodimlarni tayinlash.

Zaxira nusxalash vositalarini tanlash. Tashkilotlarda zaxira nusxalarni saqlovchilarni tanlash umumiy muammolardan biri hisoblanib, mos bo’lmagan zaxira saqlovchi vositani tanlanishi ma’lumotlarni chiqib ketishiga olib kelishi mumkin. Zaxira nusxalar saqlanuvchi vositalarni tanlash saqlanuvchi zaxira ma’lumotning turiga bog’liq bo’ladi.
Zaxira nusxalarni saqlovchi vositalarni tanlash quyidagi omillarga asoslanadi:

  • Narx: har bir tashkilot o’zining byudjetiga mos bo’lgan zaxira nusxalash vositasiga ega bo’lishi shart. Saqlanuvchi ma’lumot hajmidan katta hajmga ega vositalarga ega bo’lish ortiqcha sarf xarajatni keltirib chiqaradi.

  • Ishonchlilik: tashkilotlar o’z ma’lumotlari buzilishsiz ishlaydigan ma’lumotlarni zaxira saqlash vositalarida saqlanishiga ega bo’lishlari kerak. Tashkilotlar bu o’rinda yuqori ishonchlilik, buzilmaydigan ma’lumotlarni saqlash vositasini tanlashi shart bo’ladi.

  • Tezlik: tashkilotlar zaxira nusxalash jarayonida inson aralashuvini imkoni boricha kam talab etadigan saqlash vositalarini tanlashi kerak. Agar mashina ishlamaydigan vaqtda zaxira nusxalash jarayoni tugallanmasa, bu holda tezlik muammosi kuzatiladi.

  • Foydalanuvchanlik: ma’lumot yo’qolgandan yoki zararlangandan so’ng zaxira nusxalash vositasidan foydalanish vaqtida muammolar bo’lishi

mumkin. Shuning uchun, tashkilotlar zaxira nusxalash vositalarini har doim foydalanishga yaroqli bo’lishiga e’tibor qaratishi kerak.

  • Qulaylik: tashkilot foydalanish uchun oson bo’lgan zaxira nusxalash vositasini tanlashi shart. Bu esa o’z navbatida zaxira nusxalash jarayonida moslashuvchanlikni ta’minlashda muhim hisoblanadi.

Zaxira nusxalarni saqlovchi vositalar. Hozirda ma’lumotlarni zaxira nusxalarini saqlashda quyidagi vositalardan foydalanilmoqda:
Optik disklar (DVD, Blu-ray). DVD disklar o’zida 8.55 GBaytgacha ma’lumotni saqlash imkoniyatiga ega bo’lib, faqat o’qish imkoniyati mavjud. Hozirda ushbu ma’lumot saqlovchilar amalda keng qo’llanilmayotganining asosiy sababi ularga qaraganda katta hajmga ega saqlash vositalarining mavjudligi bilan xarakterlanadi. Ushbu ma’lumot saqlovchilarning afzalligi ularning kam narxligi va foydalanishdagi qulayligi bilan asoslansa, katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlay olmasligi uning kamchiligi hisoblanadi.
Ko’chma qattiq disklar/ USB xotiralar. Ko’chma qattiq disklar DVD, Blu-ray disklarga qaraganda zaxira ma’lumotlarini saqlash uchun yaxshi vosita hisoblanadi. Ushbu saqlovchilarning xotira hajmi katta bo’lib, kichikroq zaxira nusxalash talab etilgan vaqtlarda foydalanilishi mumkin. Flesh disklar turli o’lchamli bo’lib, katta hajmdagi ma’lumotlarni ham saqlash imkoniyatiga ega hisoblanadi. Qattiq disklardan foydalanishning yana bir tanlovi bu – RAID (Redundant Array of Independent Disks) hisoblanadi. U ikki yoki undan ortiq qattiq disklardan iborat bo’ladi. Ikkinchi disk birinchi diskdagi ma’lumotlardan nusxani saqlash uchun foydalaniladi. Asosiy diskdagi ixtiyoriy o’zgarish qolgan disklarga ham akslantiriladi. Ushbu ma’lumot saqlovchilarning afzalligi ularning yuqori saqlash imkoniyati va yuqori tezligi hisoblansa, narxining qimmatligi va katta hajmdagi ma’lumotlar uchun kam tavsiya etilishi uning kamchiligi hisoblanadi.
Lentali disklar. Lentali disklar ma’lumotlarni zaxira saqlash uchun eng mos saqlovchilar bo’lib, tashkilot sathida ma’lumotni zaxira nasxalashni amalga oshiradi. Ushbu saqlovchilar ma’lumot va programmalarni saqlash uchun foydalaniladi. Ushbu zaxira saqlash usuli saqlash va olib yurish uchun qulay bo’lib, foydalanuvchi
ishtirokini talab etmaydi va to’liq avtomatlashgan tartibda amalga oshiriladi. Uning asosiy kamchiligi esa oddiy foydalanuvchilar uchun qimmatligi va oddiy kompyuterlar ulardan foydalanish uchun qo’shimcha apparat va dasturiy vositani talab qilishi hisoblanadi.


      1. Yüklə 7,7 Mb.

        Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   162




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin