Tasdiqlayman ” Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri: Rajabov. T “ ” 2023 yil kiberxavfsizlik asoslari fanidan ii-kurs Kompyuter injiniringi uchun



Yüklə 7,7 Mb.
səhifə57/162
tarix28.08.2023
ölçüsü7,7 Mb.
#140791
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   162
Majmua Kiberxavfsizlik asoslari II-Kurs

Ma’lumotlarni qayta tiklash usullari

Ma’lumotni yo’qolishi ixtiyoriy tashkilot uchun jiddiy muammo hisoblanib, buni oldini olish uchun ma’lumotni qayta tiklash usullaridan foydalanish talab etiladi. Ushbu jarayon ma’lumot qanday yo’qolgani, ma’lumotni qayta tiklash dasturiy vositasi va ma’lumotni tiklash manziliga bog’liq bo’ladi.
Ma’lumotni saqlash vositalari, USB xotira, qattiq disk, DVD va boshqa saqlovchilardan ma’lumotlarni qayta tiklash mumkin. Qayta tiklash jarayonining muvaffaqqiyatli amalga oshirilishi saqlovchiga ma’lumotni qayta yozilmaganligi va foydalanuvchining malakasiga bog’liq bo’ladi. Ma’lumotni qayta tiklash jarayonida to’g’ri bilim va to’g’ri tanlangan vosita muhim hisoblanadi.
Ma’lumotni qayta tiklash har doim ham muvaffaqqiyatli bo’lmasligi mumkin. Agar saqlash tizimiga xatolik mavjud bo’lsa yoki ko’p zarar yetgan bo’lsa, ma’lumotni tiklashning imkoni bo’lmasligi mumkin. Ma’lumotni qayta tiklanish ehtimoli uni o’chirilganlik sababiga bog’liq bo’ladi. Ma’lumotni yo’qolishiga sabab bo’luvchi holatlar quyidagilar:
Faylni o’chirish: agar fayl o’chirilsa, ushbu soha qaytadan yozilgunga qadar saqlagichda mavjud bo’ladi. Bu holat OT disk sohasidan qayta foydalanganda yuzaga keladi. Ma’lumot saqlangan sohadagi kichik xotirada ma’lumotni yozilishi butun ma’lumotni tiklanmasligiga sababchi bo’lishi mumkin. Windows OTda NTFS fayl tizimida ma’lumotni o’chirish algoritmi mavjud va ma’lumotni tiklash ham ushbu algoritm asosida amalga oshiriladi.
Faylni zararlanishi: agar operasion tizim zararlansa, ma’lumotni diskning razdellar jadvali yordamida tiklash mumkin. Agar diskning razdellar jadvali ham zararlangan bo’lsa, u holda qayta tiklash vositalaridan foydalanish talab etiladi.
Qattiq diskni fizik zararlanishi: qattiq diskka fizik ta’sir bo’lishi unga faylni zararlanishiga qaraganda katta yo’qotishni olib kelishi mumkin. Bu esa ma’lumotni qayta tiklashning maxsus sathidan foydalanishni talab etadi. Zararlangan fizik diskdan ma’lumotni tiklash vaqtida, tiklash jarayonining muhiti turli ifloslanishlardan xoli bo’lishi zarur. Ya’ni, bu jarayon toza xonada amalga oshirili shart. Chang bo’lgan sohalardan ma’lumotni qayta tiklanishi qiyin bo’ladi. Ushbu holatda ma’lumotni tiklash juda ham qiyin bo’lib, zararlanish turiga bog’liq bo’ladi.
Ma’lumotlarni qayta tiklashda quyidagilarni esda saqlash zarur:

  • ma’lumot yo’q bo’lgan qattiq diskda qayta tiklangan ma’lumotni yozmaslik;

  • turli zaxira nusxalarni amalga oshirish kerak va ularni turli manzillarda saqlash zarur;

  • ma’lumotni qayta tiklash har doim ham 100% samara bermaydi;

  • tashqi qurilmani tizimga ulashga yehtiyot bo’lish zarur, bu holda disk zararlangan bo’lsa, tizim yoki fayllarni zararlanishiga olib kelishi mumkin.

Windows OTda ma’lumotni qayta tiklash vositalari. Amalda turli saqlagichlardan yo’qolgan ma’lumotlarni tiklashda qator dasturiy vositalardan foydalaniladi. Quyida ulardan ayrimlarining xususiyatlari keltirilgan.
Recovery My Files. Ushbu dasturiy vosita Korzinkadan, qattiq diskdan o’chirilgan fayllarni va zararli dasturiy vositalar yordamida o’chirilgan fayl va ma’lumotlarni tiklash imkoniyatiga ega. Bunda, ma’lumotni tiklanishi fayl
kontentiga bog’liq bo’ladi. Ushbu dasturiy vosita quyidagi ikki mexanizmdan foydalanadi:
Yo’qolgan fayl: ushbu mexanizm o’chirilgan fayllarni qidiradi va bunda notanish turlar inobatga olinmaydi.
Yo’qolgan diskni tiklash: ushbu mexanizm eski disklarda saqlangan ma’lumotlarni tiklashda yordam beradi.
EASEUS Data Recovery Wizard. Ushbu ma’lumotni qayta tiklash dasturiy vositasi iOS, Android, USB xotiralar va qattiq disklardan kutilmagan xatolik yuz bergan holatlarda yo’qolgan ma’lumotni tiklash uchun foydalaniladi.
Ushbu dasturiy vosita quyidagi xususiyatlarga ega:

  • o’chirilgan, formatlangan va foydalanishga yaroqsiz ma’lumotni qaytarish;

  • barcha o’chirilgan fayllar, rasmlar, hujjatlar, videolar va boshqa fayllarni qaytarish;

  • shaxsiy kompyuter, noutbuk, qattiy disq va boshqa qurilmalardan ma’lumotni tiklash;

  • o’chirilgan, yo’qotilgan va yashiringan razdellardan ma’lumotni tiklash;

  • mijozlarga texnik yordamchi vazifasini amalga oshiradi.

Bulardan tashqari, Windows OTda Advanced Disk Recovery, Handy Recovery, R-Studio, Data Recovery Pro, Recuva, Total Recall, Pandora Recovery kabi dasturiy vositalardan foydalanib ma’lumotlarni qayta tiklash mumkin.


    1. Yüklə 7,7 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   162




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin