Nazorat savollari
Kiberjinoyatchilik tushunchasiga izoh bering?
Kiberjinoyatni amalga oshirishdan ko’zlangan maqsadlarni ayting?
Kiberjinoyatchilikning asosiy turlarini ayting va ularga misollar keltiring?
Kiberetika tushunchasiga izoh bering va ularga misollar keltiring?
Kompterdan foydalanish davomida qanday etika qoidalarga e’tibor berish talab qilinadi?
6-Amaliy mashg’ulot.
Mavzu: Moodle tizimining interfaol imkoniyatlarni hosil qilish.Flash texnologiyasida boshqaruvchi ob‘ektlar yaratish.
Darsning maqsadi: Moodle tizimining interfaol imkoniyatlarni hosil qilish
va ko’nikmalarini shakllantirish.
Moodle – Web muhitida o‘qitish va on-line rejimdagi darslarni tashkil
qiluvchi kuchli pedagogik dasturiy majmua hisoblanadi. Tizimda mavjud
o‘qitish modullari: Forums, Materials, Messenger, Chat, Exercises, Group work ,
Student tracking va ancha ko‘p bo‘lgan boshqa modullari mavjud. Boshqa LMS lar
singari IMS, SCORM va boshqa standartlarni qo‘llab quvvatlaydi.Tahlillar
shuni ko‘rsatadiki, boshqa LMS tizimlarga qaraganda eng ko‘p qo‘shimcha plagin
va modullari mavjud bo‘lgan dasturiy majmua aynan, Moodle dasturiy
majmuasi hisoblanadi. Ushbu majmuaning asosiy vazifasi o‘qituvchi hamda ta’lim oluvchi o‘rtasidagi turli xil elektron resurslar almashinish, majmuaga vazifa va
masalalarni joylashtirish orqali ta’lim berish samarasini oshirish
hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda dunyoning ko‘p davlatlarining o‘quv muassasalarida
masofaviy ta’lim jarayonini aynan Moodle dasturiy majmuasidan
foydalangan holda tashkillashtirilmoqda. O‘zbekistondagi ko‘plab ta’lim muassaslarida aynan virtual ta’lim muhiti sifatida aynan Moodle dasturiy majmuasi foydalanib kelinmoqda.
Ochiq kodli Moodle dasturiy majmuasi o‘quv jarayonini boshqaruvchi Web
ga yo‘naltirilgan maxsus tizim bo‘lib, internet tarmog‘ida foydalanishga
mo‘ljallanilgan. Tizimni yaratishda ochiq kodli dasturiy ta’minotlardan
foydalanilgan. Uni ishlatish uchun ma’lumotlar omborini boshqarish dasturi
(MySQL yoki PostgreSQL), PHP protsessori, Web xizmati dastur (Apache yoki
IIS) lari sozlangan server zarur. Opersion tizim sifatida ixtiyoriy keng
tarqalgan tizimlardan biridan foydalanish mumkin (Windows, Linux, Mac OS
X, Novwll Netware). O‘quv moduli yozilayotgan vaqtda tizimning barqaror
versiyasi moodle Tizimning rasmiy internet manzili: http://www.moodle.org
LMS/LCMS tizimlari elektron ta’limni (masofaviy ta’lim jarayonini)
tashkil etishning asosiy funksiyalarini o‘z ichiga oladi. Bunday funksiyalarga
o‘quvchilarning(o‘qituvchilarning, kurs yaratuvchi pedagoglarni va boshqa
roldagilarni) ro‘yihatga olishi, foydalanuvchilarni o‘quv kurslardan
chetlashtirish, o‘quvchilarning mustaqil ta’lim olish muhitini yaratish, o‘quvchi
va o‘qituvchilarning o‘zaro individual yoki/va guruh bo‘lib hamkorlikda
ishlashini (Web2 elementlarini ishlatish orqali) tashkil etish, guruhlar
yaratish va ularni boshqarish, oraliq, joriy va yakuniy nazoratlarni
tashkillashtirish va elektron nazorat turlarini yaratish (elektron nazorat
turlariga yopiq turdagi test, ochiq turdagi nazorat, moslikni topishga oid,
ketma-ketlikni to‘g‘ri joylashtirish, bo‘sh qoldirilgan joyni to‘ldirish va
boshqa turlari kiradi), har-xil turdagi ijtimoiy so‘rovlar tashkillashtirish,
o‘quvchilarning bilim darajasini monitoring qilish, sertifikatlar
(diplomlar) berish imkoniyati, elektron axborot resurslarini (elektron
kutubxonalar) tashkillashtirish, elektron o‘quv resurslarini eksport/import
qilish imkoniyatlari, tizim foydalanuvchilarining (o‘quvchilar,
o‘qituvchilar(tyutorlar), kurs yaratuvchi pedagoglarning) tizimga qachon, qancha
vaqt davomida o‘quv kontentlar bilan tanishganligi, qaysi IP adres orqali
kirganligini (bu esa qaysi davlatdan tizimga kirganligini aniqlashga yordam
beradi), brauzer va qaysi operatsion tizim orqali kirganligi, tizimda mavjud
fodalanuvchilarning aktivligini maxsus grafiklar orqali monitoring qilish
imkoniyati, o‘qituvchi(tyutor) (yoki elektron kurs yaratuvchi pedagoglar)
tomonidan elektron o‘quv resurslarni yaratishi, Authoring toolslarda SCORM,
TinCan yoki boshqa standartlar asosida yaratilgan elektron o‘quv resurslarini
yuklashi, o‘quvchilarning boshqa o‘quvchilar/o‘qituvchilar bilan (Chat, Forum,
videokonferensiya, umumiy elektron doskalar yoki tizimning ichki/tashqi
xabarlar almashish moduli orqali) muloqatini tashkillashtirish, o‘quv
jarayonida bo‘ladigan yangiliklarni barcha foydalanuvchilarga ommaviy xabar
yuborib turuvchi modullarning mavjudligi, iqtisodiy va marketingga oid
operatsiyalarni boshqarish va boshqa imkoniyatlarni sanab o‘tish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |