V. Fan oʻqitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar) Fanni oʻzlashtirish natijasida talaba:
1.Eksperimental psixologiya fanining tarixi; eksperimental psixologiya fanining predmeti va vazifalari; amaliy psixologiyaning asosiy vazifalari va mohiyati; laboratoriya tadqiqotlarining xususiyatlari; amaliy psixologiya tadqiqotlarining talablari; eksperimental psixologiya va praktikum fani metodlari; kuzatish metodini turlari va ularga qo‘yiladigan talablar; suhbat metodini turlari va ularni qo‘llanishi mohiyati; anketa metodiga qo‘yiladigan asosiy talablar; test usulini o‘ziga xosligi; shaxsni eksperimental o‘rganish bosqichlari; laboratoriya jihozlarini mashg‘ulotda qo‘llash talablari; test metodi; proektiv metodlar; psixologik laboratoriyadagi amaliy tadqiqot vazifalari; laborotoriya tadqiqotlarida individual farqlarni aniqlash; yangi metodlar yaratilishi; aqlni o‘rganish metodlari haqida tasavvur va bilimga ega boʻlishi; 2. Amaliy psixologiyaning asosiy vazifalari va mohiyatini; laboratoriya tadqiqotlarining xususiyatlarini; amaliy psixologiya tadqiqotlarining talablarini; eksperimental psixologiya va praktikum fani metodlarini; psixologik laboratoriyadagi amaliy tadqiqot vazifalarini; laborotoriya tadqiqotlarini tashkil etish qoidalarini; yangi metodlar yaratish koʻnikmalariga ega boʻlishi; 3. Laboratoriya tadqiqotlarini tashkil etish; amaliy psixologiya tadqiqotlarni tashkil etish va o‘tkazish; eksperimental psixologiya va praktikum fani metodlari qo‘llash; laborotoriya tadqiqotlarini tashkil etish qoidalarini qo‘lash; yangi metodlar yaratish; laboratoriya tekshiruv natijalarini qayta ishlash tahlil qilish va rasmiylashtirish malakasiga ega boʻlishi kerak.
Bu borada zamonaviy pedagogik texnologiyalarning “Klaster”, “Matbuot konferensiyasi”, “Bumerang”, “Munozarali dars”, “Suqrotcha bahs”, “Aqliy xujum”, “Dumaloq stol” hamda mavzularga doir slaydlardan, o‘quv kinofilmlardan foydalanish, didaktik va rolli o‘yin usullarini qo‘llash nazarda tutiladi.