«tasdiqlayman» № O’quv ishlari prorektori prof. A. Soleev


Xotiradagi individual farqlar



Yüklə 3,2 Mb.
səhifə39/111
tarix17.10.2023
ölçüsü3,2 Mb.
#156458
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   111
Xotiradagi individual farqlar
2.Xotira jarayonlaridagi individual farqlar esda qoldirishning tezligida, aniqligida, mustahkamligida va qayta esga tushirishga tayyorligida ifodalanadi. Bu farqlar malum darajada nerv faoliyati tiplarining xususiyatlari bilan, qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarining kuchi va harakatchanligi bilan bog’liqdir. Individual farqlar yana shunday hollarda namoyon bo’ladiki, ba'zi odamlar obrazli materiallarni, rang, tasvir, narsa, tovushlarni samarali va mustahkam esda olib qoladilar.
Boshqa bir odamlar so’zlarni yaxshi eslab qoladilar. Uchinchi bir toifa odamlarda esa malum bir materialni esda olib qolishda yaqqol ustunlik sezilmaydi. Shunga muvofiq psixologiyada xotiraning quyidagi tiplari farqlanadi: ko’rgazmali obrazli xotira, so’z mantiqiy xotira va oraliq tipdagi xotira. Masalan, ko’rgazmali obrazli xotira tipi ko’proq rassomlarda, so’z mantiqiy tipi nazariyotchi olimlarda uchraydi. Bundan tashqari xotirlash va esda qoldirish jarayonlarida analizatorlarning qatnashishiga qarab, xotira quyidagi tiplarga ajraladi:
a) ko’rish; b) eshitish; v) harakat; g) aralash xotira.
Bir xil kishilar ko’rish orqali, ikkinchi xillari eshitish orqali, uchinchi xillari harakat yordamida, to’rtinchi xillari esda qoldirishning birga qo’shilgan usulida yaxshi esda qoldiradilar.
Xotiraning aralash tiplari eng ko’p tarqalgan.
Xotiraning individual farqlari kishi faoliyatining xususiyatiga bog’liqdir. Esda olib qolish va unutish tezligiga ko’ra xotiraning quyidagi tiplari mavjud:
1) tez esda qoldirib, sekin unutish;
2) tez esda qoldirib, tez unutish;
3) sekin esda qoldirib, sekin unutish;
4) sekin esda qoldirib, tez unutish.
Mavzu yuzasida nazorat savollari:

1. Psixik faoliyatda xotiraning roli va ahamiyati qanday?


2. Xotira jarayonlariga tavsif bering.
3. Materialni esda koldirish qanday omillarga bog`liq?
4. esda saqlash va unutish bir-biriga qanday aloqada bo`ladi?
5. Xotiradagi individual farqlar qanday aniqlanadi?



Yüklə 3,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin