Tasdiqlayman “ Yoshlar ishlari agentligi Yangiyer shahar bo’lim boshlig’i: Sh. Rustamov



Yüklə 16,47 Kb.
tarix14.04.2023
ölçüsü16,47 Kb.
#98057
yoshlar va qonun Yangiyer


Tasdiqlayman “
Yoshlar ishlari agentligi
Yangiyer shahar bo’lim boshlig’i:
__________ Sh. Rustamov
Yoshlar va qonun” Respublika ko’rik-tanlovining Yangiyer shahar bosqichini o’tkazilganligi to’g’risidagi
Bayonnoma

25.11.2022 yil Yangiyer shahar
Yig‘ilish raisi bo’lim boshlig’i Sh. Rustamov
Qatnashdi :
shahar IIB bo’limi hodimi: A.Bekmurodov
Yangiyer shahar Jinoyat ishlari bo‘yicha sudi hodimi M. Sariboyeva
Yoshlar ishlari agentligi Yangiyer shahar bo’limi bosh mutaxassisi: S. Niyazova
Ko’rik-tanlov ishtirokchilari : 100 nafar
Kun tartibidagi masala:

  1. “Yoshlar va qonun” ko’rik-tanlovining Yangiyer shahar bosqichini o’tkazish to’g’risida

Jamiyatda yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirib borish, qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlash, shuningdek yoshlarni O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonun hujjatlariga hurmat ruhida tarbiyalash, milliy huquq tizimiga hurmat munosabatini shakllantirish, yoshlarning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir etuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetini shakllantirish, qonun buzulishi xolatlariga murosasizlik xissini uyg’otish maqsadida shahardagi 14-30 yoshlar o’rtasida “Yoshlar va qonun” Respublika ko’rik-tanlovining tuman bosqichi o’tkazildi.


Tanlovni Yoshlar ishlari agentligi Yangiyer shahar bo‘limi bosh mutaxassisi S.Niyazova kirish so’zi bilan ochib berib, bugungi tanlovda mahalla, sektor bosqichlarida g’oliblikni qo’lga kiritgan jamoalar yig’ilganligini va ular bugun tanlovning shahar bosqichida o’zaro bahs olib borishlarini aytib, tanlov ishtirokchilariga bugungi tanlovni baholab boruvchi hakamlar hay’ati bilan tanishtirib o’tib, tanlov ishtirokchilariga yana bir bor tanlov shartlari bilan tanishtirib o’tdi.


Tanlovning Yangiyer shahar bosqichida 14-18 yosh toifasida 11 nafar jamoalar ishtirok etdi.
Jamoalar Nizomda ko’rsatilgan shartlar bo’yicha bellashdilar. 1-shart bo’yicha jamoalar belgilangan muommolarga yechim topishga va uni sahna ko’rinishi orqali bajarishga harakat qilishdi. 2-shartda savollarni tuman Adliya bo’limi boshlig’i tomonidan tayyorlangan savollarga javob berishga harakat qilishdi. 3-shart 14-18 yosh toifasidagi ishtirokchilar “Konstitutsiya bilimdoni” sharti bo’yicha 18-30 yosh toifasidagi yoshar “Mening qonunchilik tashabbusim” sharti bo’yicha bellashuv olib bordi. 4-shart “Sud majlislari modeli” shartida ikkala toifadagi yoshlar sud majlisini sahna ko’rinishi orqali namoyish qilishdi.
Jamoalarning har bir shartda ishtiroki, savollarga berilgan javoblarni hisobga olib va sud majlisida yoshlarnining olib chiqqan muommolari va ularni sahna ko’rinishi orqali namoyish qilishdagi iste’dodlarini hisobga olib hakamlar hay’ati baholab borildi va g’oliblar aniqlandi.

1-o’rin Z.M.Bobur mahallasining “Turon” jamoasi


2-o’rin “Binokor” mahallasining “Advokatlar” jamoasi
3-o’rin “Davlatobod” mahallasining “Yurist’ jamoasi egalladi

O’tkazilgan tanlov natijalarga ko’ra, hakamlar hay’ati tomonidan baholangan ballar bo’yicha yig’ilish


Qaror qiladi:

  1. “Yoshlar va qonun” Respublika ko’rik-tanlovining Yangiyer shahar bosqichi 3-umumta’lim maktabida o’tkazilganligi ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.

  2. 1-o’rinni egallagan 14-18 yosh toifasidagi Z.M.Bobir mahallasining “Turon” jamoasi, 18-30 yosh toifasida “Davlatobod” mahallasining “Qalqon” jamoasi g’olib deb topilsin va jamoaning tanlovning viloyat bosqichida ishtiroki ta’minlansin.

  3. Ushbu qarornng ijrosini ta’minlash Yoshlar ishlari agentligi Yangiyer shahar bo’limi bosh mutaxassisi S.Niyazova hamda “Davlatobod” mahallasining yoshlar yetakchisi I. Abduxoliqov, Z.M.Bobur mahallasi yoshla yetakchisi D.Oqyigitov zimmasiga yuklatilsin.



Bayonnoma tuzuvchi: S.Nazirqulov




Yüklə 16,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin