Xonani va o’quvchilarni darsga tayyorliklarini kuzatish
Yo’qlamani aniqlash
Navbatchi axboroti.
Siyosiy daqiqa.
Darsning maqsad va vazifalarini qo’yish.
Tayanch bilimlarning faollashtirish.
Uyga vazifalarini tekshirish va o’tilgan mavzuni mustahkamlash. 50. Mulohazalar Sardorning tahminiy kun tartibini belgilaydi:
p: Sardor erta turdi;
q: Sardor nonushtaga qaymoq yedi;
r: Sardor tushlikka sho‘rva ichdi;
s: Sardor kechki ovqatga palov yedi;
u: Sardor sport bilan shug‘ullandi;
v: Sardor kitob o‘qidi.
Quyidagilarni tabiiy tilda ifodalang (ayting):
a) q; b) s; c) q ∧ u; d) r ∧ s; e)r ∨ s.
Dars materiallarini tushuntirish (materiallarni tushuntirish dars prezentatsiyasi va videorolik, amaliy harakatlar, tayyor ishlar ko’rgazmasini namoyish qilish bilan birgalikda olib boriladi).
Nazariy qism: Ma’nosigaqarab tabiiy tildagi sodda mulohazalarni harflar bilan erkin belgilab
inkor, kon’yunksiya va diz’yunksiya kabi mantiqiy bog‘lovchilar yordamida murakkabroq mulohazalarni rost−yolg‘onligiga e’tibor bermasdan simvolik (ramziy) ko‘rinishlarini tuzaylik.
2−misol. p ∨ ¬pmulohaza tavtologiya ekanligini isbotlang
Rostlik jadvalini tuzamiz:
p ∨ ¬pmulohaza doimo rost qiymatlarni (uchinchi ustunga qarang)qabul qilgani
bois u tavtologiya bo‘ladi.
Ikkita mulohazalarning rostlik jadvallaridagi mos ustunlar bir hil bo‘lsa, bu
mulohazalar mantiqiy teng kuchlideyiladi.
3−misol. ¬(p∧q)va ¬p∨¬qmulohazalar mantiqiy teng kuchli ekanligini
isbotlang.
¬(p∧q)va ¬p ∨ ¬qmulohazalar uchun rostlik jadvallarni tuzamiz:
¬(p∧q)va ¬p ∨ ¬qmulohazalar ning rostlik jadvallaridagi mos ustunlar bir xil,
demak bu mulohazalar mantiqiy teng kuchli. Bu munosabatni ¬(p∧q)= ¬p ∨ ¬q kabi yozamiz.