O‘quv yili davomida mazkur Kodeksga to‘la rioya qilgan, Universitetda
yuksak ma’naviy-axloqiy muhitning yanada qaror topishi va mustahkamlanishiga o‘z hissasini qo‘shgan xodim va talabalar rahbariyat, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va boshqa tarkibiy bo‘linma rahbarlari tavsiyasiga binoan belgilangan tartibda moddiy yoki ma’naviy rag‘batlantirilishlari mumkin.
Xodimlar tomonidan mazkur kodeksga rioya etilishi attestatsiyalar o‘tkazishda, yuqori va boshqa lavozimlarga tayinlash (kareraviy o‘sish) uchun kadrlar zaxirasini shakllantirishda hisobga olinadi.
30-modda. Kodeks qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
Universitet xodim, talaba va doktoranti tomonidan mazkur Kodeks qoidalarining buzilishi uni belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga asos bo‘lib xizmat qiladi.
31-modda. Kodeks va ichki tartib-qoidalarning o‘zaro munosabati
Xodim, talaba va doktorantlar mazkur Kodeks qoidalarini buzganida, ularga nisbatan Universitet Ichki tartib qoidalarining VII bobida (Mehnat va o‘qish intizomini buzganlik uchun javobgarlik) qayd etilgan choralar qo‘llaniladi.
Mazkur Kodeks normalarining xodim, talaba va doktorantlar
tomonidan buzilishiga oid masalalar Odob-axloq komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, Odob-axloq komissiyasi Universitet rektorining ko‘rsatmasi bo‘yicha;
xizmat tekshiruvi natijalariga ko‘ra; o‘z tashabbusi bilan;
Universitet xodim, talaba va doktorantlaridan, shuningdek, Universitetga aloqa kanallari orqali kelib tushgan axborot asosida ham ushbu turdagi masalalarni ko‘rib chiqadi.
Odob-axloq komissiyasi kamida 5 kishidan iborat tarkibda tuziladi. Odob-axloq komissiyasining maqsadi, vazifalari, funksiyalari, huquqlari va uning faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq boshqa masalalar Universitet rektori tomonidan tasdiqlangan Odob-axloq komissiyasi to‘g‘risidagi nizomda belgilanadi.