Tasdiqlayman” Fakultet dekani A. Qurbonov


MILLIY UYG’ONISH DAVRI O‘ZBEK BOLALAR ADABIYOTI, HAMZA HAKIMZODA NIYOZIY HAYOTI VA IJODI



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə15/56
tarix12.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#96804
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   56
2 5310107710040059096

MILLIY UYG’ONISH DAVRI O‘ZBEK BOLALAR ADABIYOTI, HAMZA HAKIMZODA NIYOZIY HAYOTI VA IJODI
HAMZA HAKIMZODA NIYOZIYNING PEDAGOGIK QARASHLARI.
1. Hamzaning hayoti va ijodi haqida.
2. Shoirning tarbiyaviy mavzuda yaratgan she’rlari.
3. Hamzaning darsliklari haqida.

H amza Hakimzoda Niyoziy (1889.6.3, Qo‘qon — 1929.18.8, Farg‘ona viloyati Shohimardon qishlog‘i) — shoir, yozuvchi, pedagog, teatr arbobi. O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1926). Solkashon mahallasidagi eski maktab va madrasada (1896—1906), keyin qisqa muddat Namangan madrasasida (1908) tahsil ko‘rgan. 1909 yilda Kogonda matbaada ishlagan. So‘ngra Toshkentga kelib, usuli jadid maktablarining o‘quv dasturi bilan tanishgan va shunday maktablarni dastlab Qashqardarvoza mahallasida (1910), keyin Qo‘qon shahrining Hojibek guzarida (1911) va Marg‘ilonda (1914) ochgan. Hamza keyingi hayoti va faoliyati davomida qisqa muddat Qo‘qondagi rus-tuzem maktabida o‘qituvchi, «Sho‘roi islom» tashkilotining ozuqa sho‘‘basida mirza, «Kengash» va «Hurriyat» jurnallarida muharrir (1917), Farg‘ona viloyati madaniy-maorif bo‘limida xodim (1918), Turkiston fronti siyosiy boshqarmasi ixtiyoridagi O‘lka musulmon siyosiy truppasida rejissyor (1919), «Dor ush-shafaqa» maktabida mudir (1920), Buxoro viloyati maorif va harbiy targ‘ibot-tashviqot sho‘‘basi qoshidagi teatr truppasida rahbar (1921), Xorazm viloyatidagi kasaba soyuzlarining madaniy-ma’rifiy muassasalarida mudir (1921—24), Farg‘ona maorif qo‘mitasi qaramog‘idagi ong-bilim sho‘‘basida mudir o‘rinbosari (1924) singari turli lavozimlarda xizmat qilgan. 1926 yildan erkin ijod bilan shug‘ullangan. Ammo rahbar idoralarning topshirig‘i bilan 1928 yil avgustdan Shohimardonda targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borgan va so‘nggi safari chog‘ida halok bo‘lgan.

Hamzaning adabiy ijodi 1905—06 yillarda boshlangan. Hamza 1908 yil qo‘shni o‘lkalarda nashr etilgan ilg‘or gazetalar va ulardagi taraqqiyparvarlik g‘oyalari bilan tanishgan. Ma’rifatli kishilar ta’sirida «milliy she’rlar» yoza boshlagan. Hamza shu yili «eski podsholar turmushidan» olingan «Haqiqat kimda?» degan «roman» ham yozgan (bu asar o‘sha vaqtdayoq yo‘qolgan). Hamza 1905 yildan mumtoz shoirlarga ergashgan holda g‘azallar yoza boshlagan. 1914 yilda tartib berilgan qo‘lyozma devoniga shoirning 1905—14 yillarda «Nihoniy» taxallusi bilan yozgan 214 ta she’ri kiritilgan.

1908—10 yillarda Hamza adabiy va ijtimoiy faoliyatini jadidchilik harakati bilan uzviy bog‘lagan. Hamza yangi usuldagi maktablar ochish va bu maktablar uchun yangi tipdagi o‘quv qo‘llanmalari yaratish yo‘li bilan xalqni ma’rifatlashtirish maqsadida Qo‘qon va Marg‘ilonda ochgan maktab o‘quvchilari uchun «Yengil adabiyot», «O‘qish kitobi» (1914) va «Qiroat kitobi» (1915) o‘quv qo‘llanmalarini tayyorlagan.

Hamza katta yoshdagi kishilar uchun «Milliy ashulalar uchun milliy she’rlar majmuasi» umumiy nomi ostida «gul» to‘plamlarini e’lon qilgan (1915—19). Hamza mazkur majmualari (8 bo‘limdan iborat) bilan o‘zbek she’riyatiga yangi mazmun va yangi g‘oyalar olib kirgan va, ayniqsa, jadid adabiyoti taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan.

Hamza ijodining mazkur 2-davrida nasr va dramaturgiya sohasida ham jiddiy izlanishlar olib borgan. Uning «Yangi saodat» (1914, nashri — 1915) asari ayrim olimlar tomonidan o‘zbek adabiyotidagi roman janrining ilk namunasi sifatida talqin qilinib kelingan. Lekin bu asar aslida ma’rifatparvarlik g‘oyalari bilan sug‘orilgan qissa bo‘lib, unda kambag‘al yigit (Olimjon)ning ilm tufayli oilaviy baxt-saodatga erishganligi mahorat bilan tasvir etilgan.


Hamza 1914-16 yillarda «O‘ch» (1914), «Zaharli hayot yoxud Ishq qurbonlari» (1915), «Ilm hidoyati», «Mulla Normuhammad domlaning kufr xatosi», «Ochlik qurbonlari» (1916), «Muxtoriyat yoki avtonomiya» (1917) singari kichik sahna asarlarini yozgan.

Hamza sovet mafkurasi hukmronlik qilgan davrda «o‘zbek sovet adabiyoti»ning, teatrining asoschisi sifatida ko‘kka ko‘tarilgan. Hamza nomi bilan bog‘lanib kelingan O‘lka sayyor drama truppasi aslida Skobil (Farg‘ona) sayyor truppasi deb atalib, unga G‘afur Musaxonov rahbar bo‘lgan. Hamza shu truppada dramaturg, rejissyor va suflyor bo‘lib xizmat qilgan. Shu vaqtda u «Kim to‘g‘ri?», «Tuhmatchilar jazosi», «Boy ila xizmatchi», «Ishchilar hayotidan» (1918), «Loshmon fojiasi» (1916—18, 3 bo‘limli), «Farg‘ona fojiasi» (1918—20, 4 bo‘limli), «Qizil qon ichida yosh go‘daklar», «Mahbus to‘raning holi» (1919) singari pesalarni yozgan (bu asarlarning aksari bizgacha yetib kelmagan).


Agar Hamza «Zaharli hayot» dramasida shu davrdagi tomoshabin didini inobatga olib, hatto fojiali holatlar tasvirida ham melodrama va sentimentalizmdan keng foydalangan bo‘lsa, «Tuhmatchilar jazosi», ayniqsa, «Boy ila xizmatchi» singari pesalarida realizm tomon yaqinlashgan. Ammo Hamza ko‘p o‘tmay, targ‘ibot va tashviqot yo‘nalishidagi «Pastki sho‘rolar saylovi munosabati ila yozilg‘on Cho‘pcharlar», «Pastki sho‘rolar tuzmasida saylovg‘a kirolmagan bir eshon o‘pkasiga javoban», «Burungi saylovlar» (1926) singari pesa va instsenirovkalarni yozishga katta e’tibor bergan. Hatto Sovet davlatining jahon inqilobi to‘g‘risidagi soxta g‘oyasiga ishonib, «Jahon sarmoyasining eng oxirgi kunlari» (1927) pesasini yozgan. Hamza shu davrda jadidchilik g‘oyalari va jadid adabiyoti mezonlaridan uzoqlashgani sayin avval erishgan badiiyat marralarini ham boy bera boshlagan. Biroq 1926 yili Hamza o‘zbek dramaturgiyasida muayyan iz qoldirgan 2 asar: «Maysaraning ishi» komediyasi va «Paranji sirlaridan bir lavha yoki Yallachilar ishi» dramasini yaratgan.

Sinfiylik va partiyaviylik adabiy asarning qimmatini belgilovchi asosiy mezon hisoblangan davrlarda Hamzaning «Boy ila xizmatchi» pesasi butunlay qayta yozib chiqilgan. Sotsialistik realizm metodi talablari asosida «qayta tiklangan» bu asar uzoq yillar davomida Hamza dramaturgiyasining yuksak namunasi sifatida taqdim etilib kelingan.


Hamza haqida doston (Oybek asari, 1948), roman (K.Yashin asari, 1989), teatr spektakli (K.Yashin va A. Umariy asari, 1941), kinofilm (stsenariy mualliflari K.Yashin va S.Muhamedov, rejissyor Z.Sobitov, 1960), 16 seriyali badiiy film (stsenariy mualliflari K.Yashin, B.Privalov va Sh.Abbosov, rejissyor Sh.Abbosov, 1975—84) va hujjatli film (stsenariy muallifi L.Qayumov, rejissyor N.Otaullaeva, 1960) lar yaratilgan. Toshkent va Qo‘qon shaharlari hamda Farg‘ona vodiysidagi teatr, maktab, ko‘cha va shirkat xo‘jaliklariga, Toshkent shahridagi metro stantsiyasiga shoir nomi berilgan.
ILM ISTA
Kim bilurdi odam-u olam nadur, hayvon nechik?
Bo‘lmasa erdi agar insonda bu osori ilm.
Qaysi bir mavjuda boqsang bilmoqqa kayfiyatin,
Lozim o‘lgay topmoqa avval o‘qib axbor ilm...
Olamning xurshidi1 kundir, odamning xurshidi ilm,
Olamning zulmoti tundir, odamning nodori ilm2.
Har murod-u maqsadingga yetmoq istarsan murod,
Ko‘z ochib bedor bo‘l, darkor ilm, darkor ilm!
Ul haqiqat oyiniga sayqal istarsan Nihon,
Ilm ista, ilm ista, istag‘il zinhor ilm!
KITOB
Har ko‘ngilning orzusi shul erur obi hayot,
Qadrini bilgan kishiga, shubhasiz, jondir kitob...
Har murodning boshidur, har muddaoning gavhari,
Har marazlarning shifosi, ya’ni luqmondir3 kitob...
Ko‘zning nuri, dil huzuri, dillarning darmonidur.
Har qorong‘u dilga go‘yo mohitobondir4 kitob.
Har balodan asrag‘uvchi eng muhim qimmat yarog‘,
Tiri vahshat, xanjari zillatga qalqondir kitob.
Har kishi yoshlikda qilsa ozgina g‘ayrat agar,
Tez zamonda oshno bo‘lmog‘i osondir kitob.

TO‘G‘RI SO‘Z BOLA


Kelmog‘ida maktabidan bir o‘g‘il,
To‘xta debon ikki kishi to‘sdi yo‘l
Dedi biri: „Tanga berurman sanga,
So‘zla bir og‘izgina yolg‘on manga“.
Berdi o‘g‘il fikr ila shirin javob,
„So‘zlang aka, qomatingizga qarab.
Bu so‘zingiz aslida yolg‘on erur,
Tangaga yolg‘onni kim olgan erur.
Sizda ko‘p erkan o‘zi yolg‘on, aks,
Siz oni avval sotib aylang ado.
Qolsa kamib, yetmay agar sizdanam,
O‘rtog‘ingizda ko‘p erur bizdanam“.
Ofarin aytdilar oning so‘ziga,
Tangani xolis berubon o‘ziga.
Hissa: kimi to‘g‘ri so‘zi har qachon,
Tekuzadur doimiy bo‘yla hison..

TOSHBAQA BILAN CHAYON



Toshbaqa birla bo‘lib o‘rtoq Chayon,
Ahd etishib, do‘st bo‘lishib jonajon.
Bir kuni qilmoqchi bo‘lishdi safar,
Bog‘lashubon chiqdi ikkovi kamar.
Yo‘lda Chayon Toshbaqaga lof urib,
Dediki: „Boqsam agar o‘ylab turib.
Mencha senga suyguli yo‘q mehribon,
Sen tan-u go‘yo, anga men misli jon“.
Bu orada yo‘l tushib anhorga,
Qoldi Chayon hayrat-u dushvorga,
Toshbaqa bosib dedi: „Ey oshno,
Nega ko‘rundi yuzingda bu jafo?“
Dedi Chayon: „Suzmoqqa yo‘q odatim,
Qolmoqqa ajab yana yo‘q toqatim“.
Toshbaqa dedi: „Yema g‘am, min meni!
To ko‘tarib suvdin o‘tarman seni“.
Toshbaqani mindi Chayon yotqizib,
Toshbaqa ketdi suv ichiga suzib.
Yo‘lda Chayon Toshbaqadek do‘stiga,
Urdi bir-ikki nishini po‘stiga.
Toshbaqa bildi, dedi: „Fe’ling yomon,
Ne harakatlar qilasan bu zamon?“
Dedi Chayon: „Zahar soluv odatim,
Odatimning tarkiga yo‘q toqatim,
Garchi turubsan menga xizmat etib,
Men solaman zahrimni fursat topib“.
Toshbaqa dedi: „Bu na fosid xayol,
Qayt bu ishingdan, bale nishingni ol
Do‘st debon dushmanning qilma ishin!
O‘yla sen ham oqibating kelmishin!“.
Dedi Chayon: „Bo‘lmasa o‘z xohishim,
Boshqa nasihatga mening yo‘q ishim“.
Toshbaqa ham bildiki, bo‘lmas boqib,
Sho‘ng‘idi bir, ketdi Chayon ham oqib.
Hissa: kimi g‘ayrni ulfat etar,
O‘z-o‘zicha boshiga kulfat yetar.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin