Aqliy hujum uchun savollar.
1. Hamzaning hayoti va faoliyati haqida ma’lumot bering?
2. Hamzaning yaratgan darsliklari haqida gapiring?
3. Adibning ikkinchi sinf uchun «Qiroat kitobi» darsligi qachon yozilgan?
4. A.Avloniy qachon va qaerda tug’ilgan?
5. YOzuvchi o‘qituvchilik faoliyatini nechanchi yildan boshladi?
6. A.Avloniyning yozgan she’rlari haqida gapiring?
Adabiyotlar.
1. I.Ahmedov, A.Suyumov, M.Jumaboev «Bolalar adabiyoti». Xrestomatiya. Ped. bilim yurtlari uchun. «Ukituvchi» nashriyoti, 1993 y, 3-nashri.
2. M.Jumaboev. Bolalar adabiyoti. Respublika oliy o‘quv yurtlarining maktabgacha tarbiya fakultetlari uchun darslik. «O‘qituvchi» nashriyoti, 1994 y.
3. A.Suyunov, M.Jumaboev «Bolalar adabiyoti». Qo‘llanma. Ped. bilim yurtlari uchun. «O‘qituvchi» nashriyoti, 1995 y.
4. M.Jumaboev «O‘zbek va jahon bolalar adabiyoti». Xrestomatiya. Ped. kollejlari uchun qo‘llanma. «O‘qituvchi» nashriyoti, 1996 y.
5. M.Jumaboev va boshqalar. O‘ylashni o‘rganamiz. T., 1994 y.
6. M.Jumaboev. Kichkintoylarning katta adabiyoti. T., 1994 y.
7. M.Jumaboev. O‘zbek bolalar adabiyoti. T., 2002 y.
4-MAVZU.20-30 YILLAR O‘ZBEK BOLALAR ADABIYOTI.
G‘AYRATIY, SULTON JO‘RA VA ZAFAR DIYOR IJODI
Reja: 1. 20-30 yillar o‘zbek bolalar adabiyotining o‘ziga xos xususiyatlari. 2. G‘ayratiyning hayoti va ijodiy faoliyati. 3. Sulton Jo‘ra va Zafar Diyor ijodining yetakchi mavzulari. 4. Ijodiy uslub hamda uning xalq og‘zaki ijodi bilan bog‘liqligi.
O‘tgan asrning 20-yilarida Fitrat, Cho‘lpon, Elbek, Botu, G‘afur G‘ulom, G‘ayratiy, Shokir Sulaymon, Oybek kabi ijodkorlar bolalar uchun yozgan asarlarida ularni yaxshi o‘qishga, ilm-fan nurlaridan bahramand bo‘lib, davrning haqiqiy o‘g‘il qizlari bo‘lishga undadilar.
Bolalar adabiyoti yildan yilga rivojlanib bordi, 30 yillarga kelib (Zafar Diyor, Adham Rahmat, Ilyos Muslim, Shukur Sa’dulla , Sulton Jo‘ra , mahmuda Oqilova , Quddus Muhammadiy), nasr( Majid Fayziy, Dorjiya Oppoqova, Hakim nazir), dramaturgiya (Zafar Diyor, Dorjiya Oppoqova ) sohalarida bolalar ijodkorlari yetishib chiqdi.
XX asrning 20—30-yillarida Hamid Olimjon, G’afur G’ulom, G’ayratiy, Shokir Sulaymon, Ilyos Muslim, G‘ulom Zafariy, Ayniy, Elbek, Zafar Diyor, Sulton Jo‘ra, Kudrat Hikmat, Quddus Muhammadiy, Shukur Sadulla, Hakim Nazir, Po‘lat Mo‘min va boshqa ijodkorlarning asarlari o‘zbek Bolalar adabiyotining rivojlanishida, maxsus adabiyot sifatida shakllanishida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: |