Tasdiqlayman” Fakultet dekani A. Qurbonov


SULTON JO‘RANING HAYOTI VA IJODI



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə19/56
tarix12.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#96804
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   56
2 5310107710040059096

SULTON JO‘RANING HAYOTI VA IJODI.
Reja:
1. Sulton Jo‘raning hayoti va ijodi.
2. Sulton Jo‘raning vatanparvarlik mavzusida yozilgan asarlari tahlili.
SULTON JO‘RA (1910-1943)
Iste’dodli shoir Sulton Jo‘ra adabiyotimizga 50-yillarda Amin Umariy, Usmon Nosir, Oydin, Zulfiya, Zafar Diyor, Quddus Muhammadiy kabi adiblar bilan birga kirib kelgan bo‘ginga mansubdir. U bor-yo’g’i o‘ttiz uch yil umr ko‘rdi, shundan o‘n uch yilinigina adabiyotga, she’riyatga baxshida etdi.
Sulton Jo‘ra 1910 yilda Buxoroning Shofrikon tumanidagi Qog’oltom qishlog’ida dehqon oilasida dunyoga keldi. Uch-to‘rt yoshligidayoq ota-onasidan judo bo‘lib, qarindosh-urug’lari tarbiyasida bo‘ladi. So‘ngra Sho‘ro maktablarida boshlang’ich ta’limni olgach, Buxoro Erlar bilim yurtiga o‘qishga kirib, uni 1930 yilda tugatadi. Maktablarda, bilim yurtlarida, qolaversa, Andijon davlat pedagogika oliy bilimgohlarida adabiyotdan dars beradi. Ijodi ham shu yillardan boshlangan bo‘lib, uning birinchi she’ri 1927 yilda «Mehnat qo‘ynida» nomi bilan «Yangi yo‘l» oynomasida chop etiladi. So‘ngra, uning «She’rlar» (1933), «Fidokor» (1939), «Moskva» (1941) kabi to‘plamlari, «Kulgi» (1936), «Shodligim» (1939), «Ochiq chehralar» (1939) kabi turkum she’rlari paydo bo’ladi. She’rlar va to‘plamlarning nomidan ko‘rinib turganidek, ularda shoir davr va zamon, zamondoshlari dardi, quvonchi, shodligidan hikoya qiladi. Sulton Jo‘ra qator liro-epik dostonlar, ertaklar muallifi sifatida ham kitobxonga tanish. Uning «Qaldirg‘och», «Jannat» kabi ertak-dostonlarida yosh kitobxonning romantik ruhini ifodalaydi. Undagi qaldirg’och ramziy obrazi orqali yoshlarning ona-Vatanga sadoqati umumlashtiriladi. Shoir «Zangori gilam» she’riy ertagida folklor motivlaridan keng foydalanish orqali o‘z kitobxonining ichki olamini, sir-asrorini ochib beradi. «Karim va Qunduz» poemasida bo‘lsa mehnat va uning gashti, rohati haqida so‘zlaydi. Shoirning «Bruno» dostoni uning ijodida muhim bosqichdir. Unda Jordano Brunoning o‘lmas obrazi gavdalantirilgan. Sulton Jo‘ra bolalar uchun bir talay asarlar yaratgan. «Harflar paradi», «Tinish belgilarining majlisi», «Yolg’onchi», «Cho‘ntak», «Oy nechta», «Sog’inchli salom» kabi asarlari bolalar adabiyotining eng yaxshi namunalaridir. Ikkinchi jahon urushi yillarida Sulton Jo’ra ijodi yangi bosqichga ko‘tarildi. Butun hayoti, ijodini ona Vatan mustaqilligiga baxshida etdi. U o‘zining «Pulemotchi ovozi», «To‘pchi Muhammad» «Nayzamiz» va «Chavandoz» kabi qator she’rlarida fashizmga la’nat o‘qiydi. Shoir bu yillarda urush mavzuida o‘zining «Iroda» dramasini ham yaratdi. Uning urush mavzuida yaratilgan asarlari orasida «Sog’inchli salom» she’ri alohida o’rin tutadi. Unda ota-ona, yor va birodar. yigit va qiz, qavm-qarindosh firog’iga sabab bo‘lgan urushga la’natlar yog’diradi. Shoir: Sog’indim chirog’im, nechora, biroq — Har bir ayriliqning ko‘rishmog’i bor, deya g’alabaga ishonch bildiradi. U ana shu jangu jadalda 1943 yilning 10 noyabrida qahramonlarcha halok bo‘ladi.

TINISH BELGILARINING MAJLISI



Besh-oltita tinish belgi kelib bugun,
O‘tkazmoqqa qaror qildi jiddiy yig‘in.
Rais bo‘ldi undov belgi — mirzaterak,
Dedi: — Har kim o‘z rolini aytmoq kerak.
Tushuntiring nedur sizning vazifangiz?
So‘z vaqtini ko‘proq beray oz desangiz.
O‘z joyida ishlatmasdan Turg‘un, G‘ani,
Balki sizni xafa qilgan? So‘zlang, qani.
Birinchi so‘z nuqtavoyga — U bosh, katta, —
Nuqta chiqdi bir dumalab misli koptok:
— Fikrlarning bekatiman — Nuqtadirman,
Har darak gap oxirida to‘xtaydirman.
Boshqa fikr boshlanajak mendan keyin,
Ba’zan quloq solmasalar men ne deyin?
Paravozlar suv olgandek bekatlardan,
Menga yetgach, olmoq kerak to‘liq bir dam.
O‘zimdan so‘ng qo‘ymoq zarur zo‘r bosh harf,
Biroq ba’zan unutadi bizni Zarif.
Har bir bosh harf yonimdagi bir soqchidir,
Qaysi bola buni qo‘ysa zap yaxshidir.
Gapim tamom, bundan bo‘lak menda ne bor?
O‘ylaymanki, so‘zim qolmas bee’tibor.
— Endi sizga gap navbati, o‘rtoq „So‘roq“, —
Ana, chiqdi so‘roq belgi, misli o‘roq.
U qoqilib ketmay qoldi arang qulab,
Yo bu belgi yoki zirak taqqan quloq.
— Sen singari rolim aytsam, nuqta, do‘stim,
Har so‘roq gap bitgan joyda mening postim.
Mendan so‘ng ham katta harf qo‘ymoq shartdir,
Bunga odat qilinmasa, yomon darddir.
Uqdingizmi? Yetadimi? Bormi savol?
Yoki o‘zim so‘rayinmi sizdan savol?
Undov novcha o‘zi oldi so‘z galini,
Mixday turib bayon qildi o‘z holini:
— Mazmunidan undov, sevinch, nafrat, g‘azab,
Yo hayajon ma’nosini anglatsa gap,
Shunday jumla adog‘ida bo‘lar joyim,
Mendan so‘ng ham bosh harflar kelar doim.
Eh... Naqadar soz bu kungi yigilishimiz!
Bu yaxshi ish, har choq shunday yigilishingiz!
— O‘rtoq rais, endi menga navbat bering, —
Deb so‘z oldi kichik to‘qmoq — bizning vergul.
O‘rnim tengdosh boiaklarning orasida,
Fikrlarning „razyezdi“ men: menda birpas
Olib o‘tar har o‘quvchi yarim nafas.
Undalma so‘z kelib qolsa gap boshida
Undan keyin men turaman yonboshida.
Gar undalma gapda kelsa qoq o‘rtada,
Uning ikki yonboshida men jo‘rttaga:
„Qani, endi, undalmaxon, qochib boq-chi“ —
Deb bo‘lurman, yubormayin unga soqchi.
Gar undalma gap so‘ngida kelsa, u choq,
Undan oldin qo‘yilurman, tushun, o‘rtoq!
Sirkdagi qiziqchidek qo‘shtimoqlar
Bir mahalda kulib chiqdi xushdimog‘lar:
— Korxonalar, xo‘jaliklar, gazeta, jurnal —
Hokazoga ot qo‘yilgan bo‘lsa darhol
Uni qurshab oladirmiz ikki yondan...
Ko‘chirma gap ketolmaydi bizdan qochib,
Uni doim olamiz keng quchoq ochib.
Mana rais „Vaqt tamom, to‘xtatingiz“, —
Deb qoldi-ku. Mayli, endi yo‘q gapimiz.
Eng oxirda shoshib-pishib, nari-beri
Jindakkina sayrab qoldi gugurt-tire:
— Dialogda mening eng ko‘p turar joyim.
Yana ma’no takrorlansa, men bor doim.
Goho bir so‘z sig‘may qolsa to‘lib xatga,
Ayamasdan bo‘g‘inidan qirqib hatto
Qolganini ko‘chirarman bo‘lak yo‘lga,
Biroq shartim — so‘z qolmasin o‘lda-jo‘lda.
— Ko‘p cho‘zdingiz, anglaysizmi, o‘rtoq, tire?
— Mayli bitdi, qaror bo‘lsa o‘qib bering.
Shunda rais dedi: — Endi majlis yopiq!
Har bir vakil jo‘nab ketdi yo‘lin topib.

OY NECHTA

I

Yulduz, Qunduz, singil va opa


Boshladilar katta tortishuv.
Yulduz dedi: — Oy bitta faqat
Qunduz dedi: — Yo‘q, ikkita-ku!
— Kech bo‘lsin-chi, ko‘ramiz, qani,
Kimning gapi rostga chiqarkan?
— Yulduz bo‘lsang oyni ko‘rgani
Undan ilgariroq chiqarsan?..

II

Ana keldi kutgan kecha ham,


Yonib chiqdi qizil shirmon oy.
Chopib ketdi Yulduz ko‘chaga,
Qunduz dedi: — Hovlidan boqay.
Ikkovi ham ko‘rarkan oyni,
Bir-biridan olishdi darak:
— Unda bormi?
— Ha, bittasi bor.
Qaysisining oyi kattaroq?
Ishonmadi biri-biriga
Va dedilar:
Oy nechta, oyi?
— Yoting endi.
Faqat bitta osmonning oyi!
Katta boigach, aylanaylarim,
Oyning o‘zin minib ko‘rarsiz.
— O‘shanda-chi, oyijon, bizga
Katta shoti olib berarsiz?

III


Men ham shunday bolaligimda
Oyni ikkita deb yurardim.
O‘sha paytim tushib esimga
Shu she’rni yozib yubordim.
Umumadabiyotning ajralmas qismi boʻlgan bolalar adabiyoti onalarning bolalariga aytgan allalaridan, bolalarning aql-zakovatini shakllantirishga xizmat qiladigan tez aytishlaru topishmoqlardan boshlab, ogʻzaki ijod namunalaridan oʻziga xos yozma adabiyot sifatida shoyonlik topdi. Oʻtgan asrning oʻttizinchi yillari esa bolalar adabiyotimizning tom maʼnodagi shakllanish davri boʻldi.
Zafar Diyorning ijodiy faoliyati.
2. SHoir ijodida Ona Vatan madhi.
3. Z.Diyor -- dostonnavis.
4. Z.Diyor -- hikoyanavis.
5. Xulosa.
Hozirgi zamon o’zbek bolalar adabiyotini Zafar Diyorsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Uning she’r, qo’shiq, doston, hikoya va pьesalari yosh kitobxonlarga katta zavq-shavq bag’ishlab kelmoqda. Zafar Diyor 1912 yilda Namangan viloyatining hozirgi Chust tumani, Samsoqtepa qishlog’ida tug’ildi. 1916 yilda ularning oilasi Toshkentga ko’chib keldi
1927 yilda Zafar to’liqsiz o’rta maktabni bitirib, Samarqanddagi pedagogika texnikumiga o’qishga kirdi. 20-yillar oxiri 30-yillar boshlarida uning yoshlar gazeta va jurnallarida ilk she’rlari chop etila boshlandi. Zafar Diyorning birinchi she’ri yosh shoirlarning “Qurilish kuylari” degan to’plamida bosilib chiqdi. Ko’p o’tmay, uning birinchi she’rlar to’plami ham “Qo’shiqlar” nomi bilan 1933 yilda nashr etildi.
Yosh shoir 1933 yili bilim yurtini muvafaqqiyatli bitirgach, o’qituvchi bo’lib ishlay boshladi.
1934 yilda Zafar Diyor Samarqanddan Toshkentga qaytadi va hozirgi “Tong yulduzi” gazetasida adabiy xodim bo’lib, keyinchalik ushbu gazetaning mas’ul kotibi bo’lib ishlaydi. Shu bilan birga hozirgi Toshkent Davlat pedagogika universitetining til va adabiyot fakulьtetiga kirib o’qishni davom ettiradi. O’zbek hamda qardosh xalqlar yozuvchilarining asarlarini qunt bilan o’rganadi. Zafar Diyor kichkintoylar uchun she’rlar yozar ekan, izlanish, o’qish, o’rganish zarurligini dildan his etadi. Zafar Diyor 1935 yilda dastlabki mashhur asarlaridan biri bo’lgan “Mashinist” dostonini yaratdi. Dostondagi Ashur obrazi baxtiyor yoshlarning fazilatlarini umumlashtirishga bag’ishlangan. Shoirning 30 yillar ijodi vatanparvarlik, baynalmilallik va mehnatsevarlik tuyg’ularini aks ettiruvchi asarlarining ko’pligi bilan xarakterlanadi. Shoir ijodidagi muhim mavzulardan biri inson va tabiat munosabati mavzuidir. Shu jihatdan uning “Tantana” she’rlar to’plamidagi (1938) ko’plab she’rlari xarakterlidir. “Binafsha”, “Navbahor”, “Qushlar haqida qo’shiq”, “Kapalak” singari she’rlari ham shular jumlasidandir.
Zafar Diyorning “Binafsha” she’rini yoddan bilmagan o’quvchi bo’lmasa kerak.


Binafshaxon, binafsha
Kulishlaring chiroyli:
Bog‘imizda ochilib
Turishlaring chiroyli.
Hamma chiqar dalaga
Binafshalar tergali,
Men ham terdim bir dasta
Opamizga bergali.
— Mana, opa, binafsha,
Qarang, qanday chiroyli.
— Yuring, — dedi opamiz, —
Binafshalar teraylik.
Binafshalar ochildi
Chakkangga taq, chakkangga:
Atir hidi sochildi,
Chakkangga taq, chakkangga.
Lazzat olib hididan
Bolarilar uchadi.
Ipakqanot kapalak
Barglarini quchadi.
Seni maqtab kuylaydi,
Bog‘ aylanib qushchalar.
Darak berib bahordan,
Quvontirding shunchalar.
Binafshaxon, binafsha
Kulishlaring chiroyli.
Ko‘ksimizda hid sochib
Turishlaring chiroyli!
SHoirning “Mamlakat”,”Kazbek”, “Tilsiz o’rtoq”, “Madriddan kelgan mehmon” kabi she’r va dostonlari shoir ijodining har tomonlama yuksalishidan dalolat beruvchi liro-epik asarlardir.
Zafar Diyorning ko’pgina asarlari mehnat mavzuiga bag’ishlangan. Uning “Kichkina bog’bon” dostonida bolalar va yoshlar dov-daraxtlarni ekish, parvarish qilishga chaqirilib, mehnat zavqi va ahamiyati kuylanadi. Bu g’oya Shotursun obrazi orqali ifodalanadi.
Zafar Diyorning uchinchi she’rlar tuplami 1939 yilda “She’rlar” nomi bilan e’lon qilinadi. Uning bu to’plami mavzu jihatdan bolalarbopligi, qiziqarli mazmun va obrazli ifodalari bilan ajralib turadi.
Zafar Diyorning “Qo’shiqlar” (1933), “Tantana” (1936), “She’rlar” (1939), ”Muborak”(1940), “She’r va hikoyalar” (1940) to’plamlari va “Mashinist” (1935) poemasi, “Baxtli yoshlik” dramasi, “Jo’natish”, ”Nojo’yaliklar” hikoyalari nashrdan chiqdi.
Zafar Diyor bugungi o’zbek bolalar dramaturgiyasiga ham barakali hissa qo’shdi. U bolalar hayoti haqida “Baxtli yoshlik”, “Yosh vatanparvarlar”, “Omonat”, “Uch og’ayni” kabi qator dramalar yozdi. O’zbek bolalar adabiyotining rivojlanishiga she’r va qo’shiq, doston va ertaklari bilan juda katta hissa qo’shgan Zafar Diyorning asarlarini bolalar hamon sevib o’qiydilar va yuksak qadrlaydilar.
3-ilova

4-ilova

5-ilova
Dramalari:


Zafar Diyor ana shu davr bolalar adabiyotining oʻziga xos sahifalarini yaratgan ijodkor edi. U bor-yoʻgʻi oʻttiz toʻrt yil umr koʻrgan, yigirma yilga yetar-yetmas ijod qilgan boʻlsa-da, shu qisqa davr mobaynida isteʼdodli shoir, nosir, dramaturg sifatida bolalar adabiyotimizda oʻz oʻrniga ega boʻldi.


Zafar Diyorning ijodiy yoʻli oʻtgan asrning oʻttizinchi-qirqinchi yillariga toʻgʻri keladi. Bu davr adabiyoti haqida fikr yuritganda, avvalo, badiiy adabiyot toʻlaligicha shoʻro siyosati manfaatlariga boʻysundirilganini qayd etish joiz. Ijodkorlar xohish-istaklaridan qatʼiy nazar, xalq xoʻjaligining barcha sohalaridagi yutuqlar, ilm-fan, madaniyat va maʼrifat sohalaridagi ijobiy natijalarni shoʻrolar tuzumining afzalliklari sifatida madh etishga majbur edilar. Zafar Diyor ijodi ham bundan mustasno emas. Biroq, har bir ijodkor asarlari orasida tom maʼnodagi badiiyati, samimiyati, badiiy adabiyotning estetik-maʼrifiy mohiyati birinchi oʻringa qoʻyilganligi bilan ajralib turadigan asarlar boʻladiki, ular davrlar boʻhronidan oʻtib, kitobxonlarni insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga, umrboqiy qadriyatlarni kuylashga xizmat qilaveradi. Zafar Diyor ijodida ham shunday asarlar oz emas. Ularda ota-bobolarimizning yaratuvchilik mehnatini madh etish, yosh avlodni otalar ishiga sadoqat ruhida tarbiyalash manfaatlari yetakchi mavqe kasb etadi. Jumladan, “Poʻlat qanotlar”, “Lola”, “Parvoznoma”, “Qahramonning oʻlimi” sheʼrlari qahramonlik haqidagi eng yaxshi, gʻoyaviy-badiiy puxta sheʼrlardan hisoblansa, “Kitob, mening doʻstimsan!”, “Birinchi qadam”, “Lager qoʻshigʻi”, “Bogʻchamiz”, “Sentyabr qoʻshigʻi” sheʼrlari yosh avlodni ilm-maʼrifat nuridan bahramand boʻlish sari yetaklashga xizmat qiladi.
“Bogʻchamiz”, “Birinchi sentyabr”, “Sentyabr qoʻshigʻi”, “Birinchi qadam” sheʼrlari bogʻchadan ilk bora maktab sari yoʻl olayotgan bolalar tilidan yozilgan. Ularda maktab va oʻquv qurollariga muhabbat, savod oʻrganish quvonchi va bir yosh ulgʻayish masʼuliyati oʻz aksini topgan. “Lager qoʻshigʻi” va “Kanikul kunlari” sheʼrlarida esa yozgi taʼtilda oromgohlar quchogʻida oʻynab-kulib dam olgan, yangi kuch-gʻayratga toʻlib, qadrdon maktabi sari oshiqayotgan oʻquvchilarning quvonchlari aks etgan.
Oʻsha sheʼrlardan biriga siz ham nazar soling:

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin