Tasdiqlayman” Fakultet dekani A. Qurbonov


Asarning g`oyaviy – badiiy mundarijasi



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə11/56
tarix12.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#96804
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   56
2 5310107710040059096

Asarning g`oyaviy – badiiy mundarijasi. «Hayratul abror» Navoiy «Xamsa»sining 1-dostoni. Professor N.Mallayevning fikricha bu doston 7976 misradan iborat. Dostonning tuzilishi ham o‘ziga xos. Dostonning tarkibini 64 bob tashkil etadi. Dostonning 21-bobi muqaddima, 20-bobi maqolatlar, 20-bobi turli mazmundagi hikoyatlar, masallar, 3-bobi - xotimadan iborat.
«Hayratul abror», «Xamsa»dagi boshqa dostonlardan farqli tarzda asosan Navoiyning falsafiy-ta`limiy qarashlarini ifodalaydi. Doston masnaviy yo‘lida yozilgan bo‘lib, lirik ifoda bilan epik tasvir uyg’unlashib ketadi. Dostonning asosini 20 maqolat tashkil etadi. Asarning 3 kompozisiya zanjiri mavjud.
Dostonning umumiy kompozisiyasi. Maqolatlar kompozisiyasi. Hikoyat va masallar kompozisiyasi. Dostonda qo‘yilgan masalalarni shartli ravishda 3 yo‘nalishda o‘rganish mumkin; Falsafiy masalalar. Ijtimoiy - siyosiy masalalar. Axloqiy - ta`limiy masalalar.
Ayni paytda «Hayratul abror»dagi obrazlarni ham 3 ga ajratish mumkin: Dostonning bosh qahramoni. Maqolatlardagi tavsifiy obrazlar-portret va xarakterlar. Hikoyat va masallardagi obrazlar. Dostondagi hikoyalar tahlili. Dostonning har bir bobi ma`lum bir masalaga bag’ishlanadi. Masalan: 12-bobda Nizomiy va Dehlaviy, 13-bobda - A.Jomiy ta`rifi keltirilgan. Uchinchi maqolat «Salotin bobida» bo‘lib, ilova tarzida shoh G’oziy hikoyati keltriladi. To‘rtinchi maqolat «Xirqapo‘shlar» haqida bo‘lib, Abdulla Ansoriy haqidagi hikoyat, beshinchi maqolat «Karam vasfida» bo‘lib Hotam Toyi hikoyati, oltinchi maqolat «Adab» haqida bo‘lib, No‘shiravon hayosi haqidagi, yettinchi maqolat «Qanoat» haqida bo‘lib, ikki rafiq, sakkizinchi maqolat «Vafo» haqida bo‘lib, ikki vafoli Yor, o‘ninchi maqolat «Rostlik ta`rifida» bo‘lib, Durrojning yolg’onchiligi haqidagi hikoyat keltiriladi va Navoiy Jomiyni ustozi sifatida, bir buyuk so‘fiy sifatida hurmat qiladi. Uning ijodiga yuksak baho beradi.
Navoiy «Hayratul - abror»da yashagan davrining ijtimoiy-siyosiy masalalariga keng o‘rin beradi. Shoir turli tabaqa kishilariga munosabat bildiradi. Asardagi ko‘pgina hikoyatlar orqali o‘z mulohazalarini bayon etadi. Navoiy asarlarida podsholarga alohida e`tibor beradi. Odil shohlar, zolim, adolatsiz podsholar haqida gapiradi.Asarning uchinchi bobi «Salotin bobida...» deb nomlanadi.
Uchinchi maqolatga ilova qilingan «Shoh G’oziy» hikoyatini olaylik. Ma`lumki bu maqolatda adolatsiz shohlar, zo‘ravon amaldorlar hamda ularning el-yurtga qarshi qaratilgan faoliyatlari ayovsiz fosh etiladi. Butun maqolat zamirida adolat va xalqparvarlik ulug’lanadi. Hamda odil, insofli hukmdor masalasi tashviq qilinadi. Maqolatga ilova etilgan «Shoh G’oziy» hikoyatida esa xuddi shunday odil shoh obrazi chiziladi. Hikoyat garchi tarixiy shaxs Sulton Husayin Boyqaro nomi bilan bog’liq bo‘lsa-da aslida, xalq ertaklarini eslatadi. Shaharni sayr qilib yurgan H.Boyqaroning etagini bir kampir tutib, qozi yoniga olib keldi. Urush yillarida yagona o‘g’lini o‘ldirganini aytadi. Qozi - adolat timsoli. Ikki guvoh oldida hukm chiqarishini aytadi. O‘g’li xuni evaziga yo bosh, yo zar-oltin olishni hukm qiladi. Kampir xalq orasida «Zoli zar» - «Tilla kampir» laqabi bilan shuhrat qozonadi.
«Hayratul-abror»ning 19 maqolatiga ilova etilgan hikoyatda ham hukmdor obrazi ko‘tarilgan. Hikoyat avvalida Bahromning shohlik burch-vazifalarini unutib, aysh-ishratga berilishi, undan «ibrat» olgan amaldorlarning esa mulkni vayron etishi haqida so‘z boradi. Hikoyatda tasvirlanishicha, Bahrom ovda adashib bir kapaga kelib qoladi. Kapa egasi yeyish, ichish, kiyishiga narsasi qolmagan qashshoq kishi. Kapa sohibi shohni tanimay amaldorlar zulmini nafrat bilan gapiradi. Adib aforizmlari ta`lim – tarbiyaviy ahamiyati. Navoiy «Hayratul-abror»da badiiy til unsurlaridan keng foydalanadi. Dostonda hikmatli so‘zlar, xalq maqollari, xalq ijodining boshqa turlari ko‘p uchraydi.
Tor ini sichqonga solib erdi g’am,
Tuyruqiga bog’ladi g’irbol ham.
Doston masnaviy yo‘lida yozilgan.



Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin