Tasdiqlayman” Fakultet dekani A. Qurbonov


Ikkinchi jahon urushidan keyin o‘tgan davr



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə7/56
tarix12.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#96804
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   56
2 5310107710040059096

Ikkinchi jahon urushidan keyin o‘tgan davr ichida o‘nlab dostonlar, ertak, dostonlar maydonga keldi. Oybekning «Zafar va Zahro», «Bobom», Q.Muhammadiyning «Dunyoda eng kuchli nima?», «Solijon», Shukur Sa'dullaning «Laqma it», «Ikki donishmand», Po‘lat M o‘minning «O‘rinbosarlar», «Eh, rosa shirin ekan», «Xolning jiyron velosipedi», «Oltin nay», «Jalil eshitgan ertak», Qudrat Hikmatning «Toshbaqalar hujumi», «Bobo dehqon hangomasi», «Chovkar», «Chirchiq farzandi», Ramz Bobojonning «Cho‘pon o‘g'li», Safar Barnoyevning «Biz dehqon bolasimiz», «Oltin shahar haqida afsona», «Oltin oshiqlar», Miraziz A' zamning «Aqlli bolalar», «Bedananing buvisi», Tursunboy Adashboyevning «Dovonlar», «Harflaming saiguzashti», Toshpo‘lat Hamidning «Asronqulning qo‘chqori», Eigash Raimovning «Bir dona yaproq», Rauf Tolibning «Sehigar do‘stim bor», «Maqtanchoq», Azim Usmonning «G'aroyib Ajdarho», Kavsar Turdiyevaning «Toshkesaklar mamlakatida» kabilar shular jumlasiga kiradi. Shoir Po‘lat Mo‘min «Ko‘ngil istar yaxshilik» asarida bolalar o‘rtasidagi do‘stlik, birodarlik, o‘qituvchi va jonajon maktabga muhabbat, birlik, baynalmilallik masalalarini ilgari suradi. Bolalar hayotida sodir bo‘ladigan yutuq va kamchiliklar badiiy bo‘yoqlarda, qiziqarli epizodlarda chizib beriladi. Bir so‘z bilan aytganda, maktab o‘quvchilarining jozibali hayoti zavqshavq bilan tasvirlanadi.
Hoziigi zamon o‘zbek bolalar adabiyotida she’riyat rivojlangani kabi nasrda ham salmoqli asarlar yuzaga keldi. Yozuvchilaming yangidan-yangi avlodlari kamol topdi. Ayniqsa, hikoyachilik o‘sdi. Bolalarning yoshi, qiziqishi, dunyoqarashiga to‘la javob bera oladigan hikoyalar bunyod etildi. Hakim Nazir, Yoqubjon Shukurov, Shukur Sa’dulla, Nosir Fozilov, Xudoyberdi To‘xtaboyev, Tuig‘unboy G'oipov, Rahmat Azizxo‘jayev, Latif Mahmudov, Farhod Musajon, Sobir Yunusov, Oqiljon Xusanov, Mahmud Murodov, Nodir Nazarov, Eigash Raimov, Safar Bamoyev, Abdusaid Ko‘chimov, Rauf Tolib, Anvar Obidjon va boshqalaming kichik maktab yoshidagi bolalaiga mo‘ljallangan o‘nlab hikoyalar to‘plamlari bosilib chikdi.
Juda ko‘p hikoyalarda kichkintoylarning hayotlari o‘z ifodasini
topmoqda. Shodmonbek Otaboyevning «Itolg'i» hikoyasi qush, qurtqumursqalarni sevish, ardoqlashga qaratilgan. Itolg'i chumchuq va chug‘urchuqlami tutib olib yeydigan qush. Shukurali aka itolgini jiyani Shavkatga sovg'a qiladi. Shavkat uzum qo‘riqlashda undan foydalanmoqchi edi. Ammo qush ularnikida o‘zini erkin sezmaydi. Buning sababini surishtirganda Shavkatning otasi bu maxluq ozod va erkinlikni qo‘msayotganligini tushuntiradi. Shavkat qushlami yaxshi ko‘radigan, rahmdil bola. U itolgini qafasda uch kun zo‘rg‘a ushlab turadi. Qafasda qush emas, o‘zi o‘tiigandek boiadi va itolgini qafasdan butunlay chiqarib yuboradi. Qush bolaga rahmat, degandek paivoz qilib ketadi.
Bolalar qissachiligida ham ko‘plab yaxshi asarlar yaratildi, adiblaming yangi-yangi avlodlari kamol topdi. Oybek, G‘afur G‘ulom, Abdulla Qahhordan tortib bugungi kunga qadar hisoblaydigan boisak, ulaming soni nihoyatda o‘sdi. Bunga misol qilib Hakim Nazir, Shukur Sa’dulla, Xudoyberdi To‘xtaboyev, Hojiakbar Shayxov, Anvar Obidjon, Latif
Mahmudov, Nosir Fozilov, Farhod Musajon, Habib Poiatov, Muqimjon Niyozov, Rustam Rahmonov, Iboxon, Shukur Xolmirzayev, Oqiljon Xusanov, Marva Jaloliddinova, Asad Dilmurod, Abdusaid Ko‘chimov, Ergash Raimov, Mamatqul Hazratqulov va boshqalami ko‘rsatish mumkin.
Bu davr bolalar qissachiligida saiguzasht, ilmiy fantastika janriari ham rivoj topdi. Xudoyberdi To‘xtaboyev («Sariq devni minib», «Qasoskoming oltin boshi», «Shirin qovunlar mamlakatida»), Xojiakbar Shayxov («Samo mahvaridagi namoyish», «Shorn kamari», «Ajdodlar xotirasi»), Mahkam Mahmudov («Yevropaning o‘g‘irlanishi»), Anvar Obidjon («0099 nomerli yolg‘onchi», «Dahshatli meshpolvon»), Olloyor («Fazogir chumoli»), Oqiljon Xusanov
(«Tog'da o‘sgan bola») va boshqalar bu jarnda samarali ijod qilmoqdalar.
Bolalar tarbiyasida dramatuigiya janrida yaratilgan asarlar ham katta rol o‘ynaydi. Hakim Nazir, Adham Rahmat, Po‘lat Mo‘min, Mamarasul Boboyev, Usmon Yusupov, Turg'unboy G'oyibov, Narimon Orifjonov, Latif Mahmudov, Farhod Musajon, Ravshan Yoriyevlarning pesalari o‘zining
bolalarbopligi bilan kichkintoylar quvonchiga quvonch qo‘shib kelmoqda So‘nggi yillar bolalar dramatuigiyasida Ravshan Yoriyevning «Oq buloq» (bir pardali) pesasi alohida ajralib turadi. Asar qahramonlari Qudrat, Jasur. Gulshan, O‘rmonchi bobo, Go‘zal qiz, Olmaxon, Qora dev, Qari shayton, Maymoq shayton, Kichik shayton va boshqalar.
Hozirgi zamon o‘zbek bolalar badiiy adabiyoti bilan birga bolalar adabiyotshunosligi va adabiy tanqid janri ham pog'onama-pog'ona o‘sdi, rivojlandi. Bir qator darslik, qo‘llanma, majmua, monografiya, kitoblar yozildi. O‘nlab nomzodlik va doktorlik dissertasiyalari himoya qilindi. Bu sohaning takomilida A. Suyumov, O‘. Rashid, S. Mamajonov, M. Qo‘shjonov, H. Abdusamadov, M. Yunusov, B. Imomov, P. Shermuhamedov, O. Safarov, X. Egamov, S. Alimov, M. Murodov, M.Soliyev, S. Irisxo‘jayeva, S. Matjonov, M. Sattorov kabi ko‘pgina adabiyotshunoslaming xizmatlarini alohida ta’kidlab o‘tish lozim.
Shu zaylda hozirgi zamon o‘zbek bolalar adabiyoti rivojlanishda davom etmoqda. U yangi yozuvchilar, yangi asarlar bilan tobora boyib bormoqda. Bir so‘z bilan aytganda, bu adabiyot mustaqil O‘zbekistonimizning tobora gullab-yashnashi uchun xizmat qilmoqda.

Aqliy hujum uchun savollar.


1. Yosh avlod tarbiyasida bolalar adabiyotining ahamiyati qanday?
2. Bolalar kitobxonligi nima va u necha turga bo‘linadi?
3. Bolalar adabiyotining kattalar adabiyotidan farqi nimada?



Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin