Tasdiqlayman” Fakultet dekani A. Qurbonov



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə3/56
tarix12.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#96804
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
2 5310107710040059096

Ma’ruza matni
1-MAVZU. 1-mavzu. Kirish. «Bolalar adabiyoti» fan sifatida. O’zbek bolalar adabiyoti.
1. O’zbek bolalar adabiyotining shakllanish bosqichlari , fan sifatida paydo bo’lish davri, ilk namunalari. 2. Bolalar adabiyotining xalq og’zaki ijodi va mumtoz adabiyot bilan bog’liqligi. 3. Bolalar adabiyotining bugungi rivojlanish jarayonlari va yo’nalishlari


KIRISH. “BOLALAR ADABIYOTI” FAN SIFATIDA. O‘ZBEK BOLALAR ADABIYOTINING VUJUDGA KELISHI VA TARAQQIYOT BOSQICHLARI.
R E J A:
1. Bolalar adabiyotining tarbiyaviy mohiyati va shakllanish tarixi.
2. O‘zbek bolalar adabiyoti fan va san’at turi sifatida.
3. Badiiyat qonuniyatlariga amal qilishi, tarbiyaviy mohiyati.
4. So‘z san’ati sifatidagi bolalar adabiyotining shakllanish tarixi.


T a ya n ch t u sh u n ch a l a r :
1. Bolalar kitobxonligi.
2. Bolalar folklori va kitobxonligi. Qo‘shiqlar, maqollar, topishmoqlar, tez aytishlar

Bolalar adabiyoti — bolalar va o‘smirlar uchun yaratilgan badiiy, ilmiy, ilmiy-ommabop va publitsistik asarlar majmui. Bularning asosiy qismini badiiy asarlar tashkil etadi. Jahon xalqlari, shu jumladan o‘zbek xalqi Bolalar adabiyoti tez aytish, topishmoq, o‘yin qo‘shiklari, rivoyat, afsona, ertak, makal, masal va doston singari aksariyat qismi bolalarga mo‘ljallab yaratilgan og’zaki ijod namunalaridan boshlanadi. Bolalar adabiyotini bevosita bolalarga mo‘ljallab yaratilgan va aslida bolalarga mo‘ljallanmagan bo‘lsada, keyinchalik Bolalar adabiyotigao‘tib qolgan asarlarga ajratish mumkin.


Bolalar adabiyotining o‘ziga xos xususiyati — o‘zgaruvchan hodisa bo‘lib, u kitobxon yoshi, tarixiy davr va ijtimoiy muhit bilan bevosita bog’liq. Kitobxon yoshini hisobga olish Bolalar adabiyotining eng asosiy xususiyatlaridandir. Masalan, maktabgacha yoshdagi bolalarda bu ko‘rgazmalilik, ezgulik va yovuzlik kuchlarining oddiy ko‘rinishdagi ziddiyatlariga asoslangan bo‘lsa, o‘smirlar uchun yaratilgan adabiyotda murakkab hayotdagi murakkab kishilarning ruhiyati ochila boshlaydi.
Bolalar adabiyotining yana bir xususiyati uning harakatga boyligidir. Bundan Bolalar adabiyotida syujetga bo‘lgan talab ham kelib chiqadi. U voqealarning tezkor, qiziqarli, fantaziyaga, yumorga boy ravishda yechilishini talab qiladi.
Sharq yozma adabiyotida "pandnoma", "mav’izatnoma", "nasihatnoma", "axloq kitoblari" singari nomlar bilan tasnif qilinuvchi asarlar Bolalar adabiyotining dastlabki namunalari hisoblanadi. Masalan, Kaykovusning "Mav’izatnomai Kaykovus" ("Qobusnoma"), Shayx Savdiyning "Guliston" va "Bo‘ston", Jomiyning "Bahoriston" asarlari shular jumlasidandir. Bular tarjima vositasida o‘zbek Bolalar adabiyotigakirib kelgan. Alisher Navoiyning "Hayrat ul abror", "Mantiq ut-tayr" va "Mahbub ulqulub" asarlari, Xojaning "Miftoh uladl" va "Gulzor", Gulxaniyning "Zarbulmasal" asarlari esa o‘zbek Bolalar adabiyotiningmumtoz namunalari bo‘lib, pand-nasihat ruhidagi maqolat va hikoyatlari bilan asrlar mobaynida yosh avlodni yaxshi insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qilib kelmoqda.
Bolalar adabiyotining shakllanishi deyarli barcha xalqlarda asosan ma’rifatparvarlik va maktab-maorif tizimi islohotlari bilan chambarchas bog’liq. O‘zbek Bolalar adabiyotining barqarorlashuvi ham 19-a. 2 yarmi — 20-a. boshlaridagi ma’rifatparvarlik harakatiga borib taqaladi. Saidrasul Aziziy, Munavvarqori, Abdulla Avloniy, Hamza va b. o‘nlab ma’rifatparvarlarning "yangi usul" ("usuli jadidiya")dagi o‘zbek maktablari talabalari uchun yaratgan ellikka yaqin alifbo va o‘qish kitoblari o‘zbek Bolalar adabiyotining tom ma’nodagi yorqin namunalari hisoblanadi. Bolalar adabiyotiga bolalar uchun maxsus yaratilgan asarlar sifatida qarash, uning o‘ziga xos tamoyillarini belgilash 20-a. boshlariga xosdir.
O‘zbek Bolalar adabiyoti jahon Bolalar adabiyotining ilgor an’analari ta’sirida rivojlandi. Jahon Bolalar adabiyotiningnodir namunalari o‘zbek tiliga tarjima qilindi, "Gulliverning sayohatlari" (J. Svift), "Robinzon Kruzo" (D. Defo), "Tom tog’aning kulbasi" (BicherStou), "So‘na" (E. Voynich) kabi jahon adabiyotining nodir asarlari o‘zbek bolalarning ham mulki bo‘lib qoldi.
Sharq adabiyoti eng yaxshi namunalarini arab, fors tilidan tarjima qilish Bolalar adabiyoti tarjimachiligidagi bir yo‘nalish bo‘lsa, G’arb adabiyoti, xususan rus adabiyoti namunalarini o‘zbekchalashtirish ikkinchi yo‘nalishni tashkil etdi. I. A. Krilov masallari, A. S. Pushkinning "Baliqchi va baliq haqida ertak" asari, K. D. Ushinskiy hamda L.N. Tolstoyning bir qancha hikoya, ertaklari va b. ayni shu davrda tarjima qilinib, yangi usuldagi maktablar alifbo va o‘qish kitoblariga kiritildi. Ijodkorlar tarjima vositasida realistik
Bolalar adabiyotining o‘ziga xos xususiyatlarini yanada mukammal egalladilar, bolalar uchun yozuvchi adiblar guruhi shakllandi. 20-a.ning 20—30-y.larida Hamid Olimjon, G’afur G’ulom, G’ayratiy, Shokir Sulaymon, Ilyos Muslim, Gulom Zafariy, Ayniy, Elbek, Zafar Diyor, Sulton Jo‘ra, Kudrat Hikmat, Quddus Muhammadiy, Shukur Sadulla, Hakim Nazir, Po‘lat Mo‘min va b. ijodkorlarning asarlari o‘zbek Bolalar adabiyotining rivojlanishida, maxsus adabiyot sifatida shakllanishida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
O‘zbek Bolalar adabiyotidaayniqsa, adabiy ertak janri rivojlandi. Hamid Olimjonning Oygul va Baxtiyor, "Semurg’ yoki Parizod va Bunyod", Mirtemirning "Ajdar", Shukur Sa’dullaning "Uch ayiq", "Ayyor chumchuq", Zafar Diyorning "Yangi ertak", "Toshxon bilan Moshxon", "Tulkining hiylasi", Sulton Jo‘raning "Zangor gilam" va "Qaldirg’och" singari adabiy ertaklari xalq og’zaki ijodi an’analari asosida yaratilgan, shakl va mazmun jihatdan puxta badiiy asarlar sirasiga kiradi. 30-y.larda o‘zbek bolalar she’riyati yuksalib, uning mavzu doirasi kengaydi.
40—60-y.larda o‘zbek Bolalar adabiyoti yanada rivojlandi, bolalar yozuvchilarining safi Nosir Fozilov, Xudoyberdi To‘xtaboyev, Tolib Yo‘ldosh, Farhod Musajonov, Latif Mahmudov va b. qalamkashlar hisobiga kengaydi. Uyg’un, Mirtemir, Asqad Muxtor, Said Ahmad, Shuhrat, Mirzakalon Ismoiliy, Mirkarim Osim singari kattalar adabiyoti vakillari ham bolalarga atab asarlar yaratdilar.
Quddus Muhammadiyning besh kitobdan iborat "Tabiat alifbosi" yosh kitobxonlarni ona tabiatga, hayvonot va o‘simliklar dunyosiga mehrmuhabbat ruhida tarbiyalovchi, quvnoq kulgi bilan yo‘g’rilgan, mavzular rangbarangligi va tasvirning mukammalligi bilan e’tiborga sazovor.
50—60-y.larda G’afur G’ulomning "Shum bola", Oybekning "Bolalik", Abdulla Qahhorning "O‘tmishdan ertaklar", Nazir Safarovning "Ko‘rgan kechirganlarim" qissalari nasriy Bolalar adabiyoti rivojiga munosib ulush bo‘lib qo‘shildi. Xudoyberdi To‘xtaboyevning "Sariqdevni minib", "Sariq devning o‘limi" asarlari ham sara asarlar qatoridan o‘rin oldi. Bular ko‘pgina xorijiy tillarga tarjima qilindi. Hakim Nazirning "So‘nmas chaqmoqlar", "Yonar daryo", "Kichkintoy" qissalari, "Lochin qanotlari" romani davrning dolzarb muammolarini qamrab olishi, badiiy tasvirning o‘ziga xosligi bilan e’tibor qozondi.
80-y.lar Bolalar adabiyotidaAnvar Obidjon, Safar Barnoyev, Rauf Tolipov, Qambar Utayev, Hamza Imonberdiyev va b. ijodkorlarning asarlari yosh avlodni eng yaxshi insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi bilan e’tiborga sazovor bo‘ldi.
Bolalar adabiyotida badiiylik bilan bir qatorda ma’rifiylik ham yetakchi o‘rin tutadi. Chunki Bolalar adabiyoti namunalari yoshlarni insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga ham xizmat qiladi. Barcha davrlar Bolalar adabiyotining taraqqiyot tamoyillari, avvalo, ma’rifiylik va tarbiyaviylikda aks etadi. Biroq Bolalar adabiyoti rivojlanib borgani sari uning sof badiiyat unsurlarini egallashga intilishi va umumadabiyot taraqqiyot tamoyillari bilan hamkorligi ham ko‘zga tashlanadi. Jumladan, 20 a. boshlarida o‘zbek Bolalar adabiyotida ko‘proq ma’rifatparvarlik g’oyalari yetakchilik qilsa, 30-y.lar Bolalar adabiyotida realistik adabiyot tamoyillari ustuvor, 50—60-y.lar Bolalar adabiyoti namunalari bevosita yosh qahramonlarning asarlar voqealarida hal qiluvchi o‘rin tutish bilan chinakam Bolalar adabiyotiga aylandi. 70—80-y.lar Bolalar adabiyoti namunalaridan esa tobora hayotga o‘z nuqtai nazari bilan qaraydigan, balandparvoz, ritorik ta’riflardan ko‘ra tanqidiy nigohi o‘tkirroq yosh qahramon qiyofasi gavdalana boshladi, shu davrda o‘zbek Bolalar adabiyotiga ilk bora bolalarning o‘ziga xos, endigina uyg’onib kelayotgan pok muhabbati kirib keldi 50-60-y.lar Bolalar adabiyotida sarguzasht fantastik adabiyot elementlari kuchaydi. 80-yillar Bolalar adabiyotida psixologizmning kuchayishi, yosh qahramon talqinida uni yosh bola tarzida emas, hayotga tobora jadal kirib kelayotgan, o‘z qarashlariga ega bo‘lgan shaxs sifatida tasvirlashga intilish ruhi mavjud.
O‘zbek Bolalar adabiyoti taraqqiyotida 90-yillar yangilanish davri bo‘ldi. Istiqlol sharofati bilan milliy, madaniy, adabiy va diniy qadriyatlarning tiklanishi Bolalar adabiyoti namoyandalari ijodiga ham sezilarli ta’sir qildi, ularning asarlarida haqiqiy o‘zbek qiyofasi tasviri yetakchi o‘rin egallay boshladi.
Bolalar adabiyotining o‘ziga xosliklari uning qahramoni tasvirida yanada yorqinroq namoyon bo‘ladi. Mac, 20-a. boshlari Bolalar adabiyoti namunalari ko‘proq ijodkorning faolligi, qahramon tasviri emas, targ’ibiy tashviqiy ruh ustuvorligi bilan ajralib tursa, 30-y.lar Bolalar adabiyotida ko‘proq xalq og’zaki ijodiga murojaat qilingan, bu davrda yaratilgan asarlarda ham hali faol qahramon obrazi deyarli yo‘q edi. 50—60-y.lar Bolalar adabiyoti namunalari bevosita yosh qahramonlarning asarlar voqealarida hal qiluvchi o‘rin tutish bilan chinakam Bolalar adabiyotiga aylandi. 70—80-y.lar Bolalar adabiyoti namunalaridan esa tobora hayotga o‘z nuqtai nazari bilan qaraydigan, balandparvoz, ritorik ta’riflardan ko‘ra tanqidiy nigohi o‘tkirroq yosh qahramon qiyofasi gavdalana boshladi, shu davrda o‘zbek Bolalar adabiyotiga ilk bora bolalarning o‘ziga xos, endigina uyg’onib kelayotgan pok muhabbati kirib keldi. 90-y.lar adabiyotida bu borada yangi qadam tashlandi, o‘zbek bolasi o‘zbekning farzandi ekanligidan faxrlanish, ulug’ ajdodlarga munosib bo‘lish ruhidagi, tom ma’nodagi vatanparvarlik g’oyasi ustuvor asarlarni o‘qish baxtiga musharraf bo‘ldi.
Bolalar adabiyoti yoshlarni iymon-e’tiqodli kishilar sifatida va vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda mustaqil mamlakatimizning qudratli qurolidir. Faqat chinakam badiiy asarlargina bolalarga kuchli ta’sir ko‘rsatib, ana shu yuksak talablarga javob bera oladi. Bolalar kitobi bu vazifani bajarishda badiiy tilga suyanadi. Yaxshi, aniq, ravon, obrazli boy til bilan yozilgan asar yozuvchining maqsad va fikrlarini kitobxonlarga tez va oson etkazadi.
Bolalar kitobxonligini o‘quvchilarning pedagogik-psixologik xususiyatlariga ko‘ra quyidagicha guruhlarga ajratish mumkin.
1. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar kitobxonligi ( 2 yoshdan 7 yoshgacha).

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin