Tasdiqlayman” Fakultet dekani A. Qurbonov


Maktab yoshidagi kichik bolalar kitobxonligi ( 7 yoshdan 11-12yoshgacha)



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə4/56
tarix12.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#96804
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
2 5310107710040059096

2. Maktab yoshidagi kichik bolalar kitobxonligi ( 7 yoshdan 11-12yoshgacha).
3. O‘rta va katta yoshdagi bolalar kitobxonligi.(13-14 yoshdan 15-17 yoshgacha).
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar kitobxonligi.
Bu davr bolalar kitobxonligi asosan ota-onalar va tarbiyachilar tomonidan amalga oshiriladi. Ham o‘qish, yozish, chizishni bilmaydigan maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar dunyo sirlaridan bexabar bo‘ladilar.
Bunda oilada ota-onalar, bog’chalarda esa tarbiyachilar bolalarga yaqindan yordam berishlari, ya’ni ularga badiiy asarlardan parchalar o‘qib berishlari lozim. Bolalarga o‘qib beriladigan har qanday asarning hajmi qisqa, mazmuni sodda bo‘lishi maqsadga muvofiq. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar tinglaydigan asarlarning ko‘pchiligini ertak, qo‘shiq, topishmoq, maqol, tez aytish kabi xalq og’zaki ijodi asarlari tashkil etadi.
Maktab yoshidagi kichik bolalar kitobxonligi.
Bu yoshdagi bolalar kitobxonligi avvalgisidan bir oz farq qiladi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar asosan tarbiyachilari, ota-onalari yordamida badiiy asarlar bilan tanishsa, boshlang’ich sinf o‘quvchilari bu ishni mustaqil bajaradilar. Bu yoshdagi bolalarni tevarak-atrofdagi turli voqea-hodisalar nihoyatda qiziqtiradi. Ularning bizni qurshagan olam haqidagi savollariga badiiy asarlarda mufassal javob berilgan. 11-12 yoshdagi bolalar sehrli-fantastik ertak, sarguzasht, hikoya, qissa va dostonlarni sevib o‘qiydilar.
O‘rta va katta yoshdagi bolalar kitobxonligi.
Bu yoshdagi bolalar o‘zlari mustaqil ravishda kitob o‘qib qolmay, balki o‘qigan kitoblaridagi qahramonlarning xatti-harakatlarini baholashga o‘rganadilar, zaruriyat bo‘lsa ular ko‘rsatgan mardlik va jasoratlarni takrorlashga hozirlanadilar. Bu yoshdagi bolalarga xalqimizning shonli tarixi, bugungi hayoti haqida yozilgan turli janrdagi asarlarni tavsiya etish mumkin. “Shiroq”, “Tumaris” kabi afsonalar bilan birga Oybek, G’.G’ulom, Z.Diyor, Q.Muhammadiy, H.Nazir va boshqalarning zamonaviy mavzudagi eng yaxshi asarlari muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin