AKA-UKA (YAKOB VA VILGELM) GRIMLAR YARATGAN ERTAKLARIDAGI O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Reja: Aka-uka Vilgelm va Yakob Grimmlar hayoti va ilmiy izlanishlari
Aka-uka Grimm ertaklarining badiiyati
Aka-uka Grimmlar, Jacob (1785. 4.1, Xanau sh. - 1863.20.9, Berlin) Wilhelm Grimm (1786.24. 2, Xanau sh. — 1859.16.12, Berlin) — nemis filo-log olimlari. Marburgda yuridik ma’lumot olishgan. A.-u.G.ning ilmiy-pe-dagogik faoliyati Gyottinggen universitetida boshlangan. 1837 yilda konstitutsiya qonunlariga rioya qilmagani uchun Gannover qiroliga qasamyod qilishdan bosh tortishgan va universitet professori la-vozimlaridan chetlatilgan. 1841 yildan Berlin universitet professorlari va Prussiya FA a’zolari sifatida faoliyat olib borishgan. A.-u.G. nemis romantiklarining Geydelberg guruhiga mansub bo‘lib, o‘rta asrlar nemis yozma madaniyati namunalarini e’lon qilishgan va shu davrda yashagan min-nezinger va meysterzingerlar ijodini o‘rganishgan. A.-u.G. nemis folk-lorshunosligida mifologik maktabga asos solganlar, xalq ijodini, til-shunoslikka oid ishlarida bo‘lganidek, qiyosiy metod asosida o‘rganganlar. "Nemis mifologiyasi" (1835) kitobi va hayvonot eposining paydo bo‘lishi haqidagi nazariyasi nafaqat nemis folklori, balki turli xalqlar mifologiyasini o‘rganishda muhim rol o‘ynagan. Har biri 2 j.dan iborat nemis xalq ertak va rivoyatlari ("Bolalar va oila ertaklari", "Nemis rivoyatlari")ning nashr etilishi A.-u.G. ning eng katta xizmati hisoblanadi. Ular ertak va rivoyatlarni yozib olishda xalq tili va fantaziyasining o‘ziga xosligini to‘la saqlab qolishni folklorshunoslikning asosiy tala-bi, deb bildilar va har bir ertakka bergan izohlarida shu ertaklarning Yevropa xalklari folkloridagi barcha nusxalarini qayd etishga intildilar. Ularning fikriga ko‘ra, ertaklar olamidagi mushtaraklik "otamif" ning mavjudligi va uning yagona ajdodning merosi sifatida turli xalqlar o‘rtasida tarqalganligi bilan izohlanadi. Bu mifologik nazariya uzoq yillar mobaynida hukm surganiga qaramay, keyingi vaqtda o‘z tasdig’ini topmadi. A.-u. G. filolog olimlar sifatida 2 j.li "Nemis tili tari-xi" (1848) va 4 j.li "Nemis gramma-tikasi" (1819—37) tadqiqotlarini ham yaratganlar. A.-u.G.ning ertaklari jahon xalklarining ko‘plab tillariga tarjima qilingan va bu ertaklar asosida teatr, kino, musiqa va tasviriy san’at asarlari yaratilgan.
Yakob Grimm(1785-1869) va VilgelmGrimm (1786-1859) Margburg universitetida o`qib yurgav-n choglaridayoq nemis tarixi va madaniyati, huquq va morfologiyasi, xalq og`zaki ijodi hamda til va adabiyot bilan shug`ullana boshladilar. O`qish ,o`z ustlarida qattiq ishlash Grimmlar uchun baxt yo`li bo`ldi. Ular avval Gettengen keyinchalik esa Berlin universitetining professorlari bo`ldilar. Yakob nemis tili tarixi grammatikasi bilan mifologiyani, Vilgelm esa nemis adabiyoti va xalq og`zaki ijodini o`rgana boshladilar. Nemis xalq og`zaki ijodining gullab-yashnashiga, olam kezishiga bir ko`prik yasadilar. Nihoyat, 1812yilda grimmlar tomonidan yaratilgan ertaklarning birinchi jildi “Bolalar va oilaviy ertaklar” yuzaga keldi. 1815 yilda ikkinchi jild, 1822-yilda esa har ikkala jildni umumlashtiruvchi, uchinchi jild bosilib chiqdi. Grimmlar ertaklarining ko`pchilik qismini bevosita ertak aytuvchilardan tinglab, ba`zilarini esa dehqonlar bilan suhbatlashib yozib oladilar.
Xalqdan olingan ertaklarinng har biri Grimmlar tomonidan qayta ishlanib, badiiy tus berilib, yana xalqqa qaytariladi. Grimmlarning uch jildli kitoblariga ikki yuzdan ortiq ertaklar jamlangan bo`lib, unda mualliflar ko`proq afsonaviy, maishiy va hayvonlar haqidagi ertaklarni umumlashtirishga harakat qiladilar. Har bir ertakda saxiylik, mehnarsevarlik, botirlik kabi fazilatlar bilan birga, qo`rqoqlik ustida kulish, dangasalik va yolg`onchilikni qattiq qoralash birinchi o`rinda turadi. Shunisi ham quvonchliki, ko`pincha, bu ertaklarning asosiy qahramonlarishoh va shahzodalar emas, balki kambag`al beva-bechoralaring o`g`il-qizi, cho`pon yoki askar bo`ladi.
Ular o`zlarining ibratomuz ishlari bilan ertak tinglovchiad chuqur taassurot qoldiradilar. Aql bilan ish ko`rish, bilimdonlik mavzulari “Tilla g`oz” ,”Shishadagi arvoh”, “Uch aka-uka” ertaklarida yaxshi aks ettirilgan. Grimmlarning dunyoga mashhur bo`lgan “Zolushka”, “Qorqiz” ertaklarining qahramonlari hammadan turtki yeydigan so`kish eshitadigan va eng pastm qiyin yumushlarni bajaradigan qizlar bo`lib, ertak davomida o`zlarining halol mehnatlari, yoqimli so`z va tabassumlari bilan baxtiyor bo`ladilar. “Yalqov Geys”, “Gansning baxti”, “Botir tikuvchi”, “Yosh pahlavon”, “Bremen musiqachilari” kabi ertaklari o`zbek bolalarining ham sevimli asarlariga aylanib qolgan.