MUSTAQIL TA’LIM № 4.
Mavzu № 4. Marketingni rejalashtirish.
Ishning maqsadi: “Marketingni rejalashtirish” mavzusi bo‘yicha ko’nikmalarni shakllantirishdan iborat.
Topshiriq shakli: taqdimot tayyorlash.
Bajarish vaqti: 6 soat.
Mustaqil ta’lim topshiriqlari № 4
1-Topshiriq. “Marketingni rejalashtirish” mavzusida taqdimot tayyorlash.
Taqdimot tayyorlash bo’yicha metodik tavsiyalar:
Maqsad. Talabalarni o‘z mehnati evaziga bilim olishga yo‘naltirish, ya’ni aqliy mehnat bilan shug‘ullanish ko‘nikmasini mustaqil ravishda shakllantirish – bilim, ko‘nikma, malaka va ijodiy faoliyatni tarkib toptirish.
Vazifasi:
1. O‘qib o‘zlashtirilgan bilimlar asosida mavzuga doir tushunchalar, kalit so‘zlarni saralash-tahlil qilish;
2. Umumiy nazariy bilimlardan asosiy qismlarini ajratib olib, aniq, qisqa, lo‘nda fikrlarni yozish ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
3. Nazariy bilimlarni og‘zaki bayon etib berishni ichki rejasi shakllantirish.
4. Nazariy bilimlarni hayotiy misollar bilan asoslab, isbotlab berish ko‘nikmasini egallash;
5. Talaba o‘qib, o‘zlashtirgan bilimlarni assosiy tushunchalarini ajratib olib, axborot texnologiyasidan foydalanib og‘zaki bayon etadi.
6. Bilimlar xotirada mustahkamlanadi, AKT texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmasi rivojlanadi.
Taqdimot nima va u qanday yoziladi?
-Reja, matn va tezislarni birlashtirish tushuniladi;
- mavzuning mantig‘ini ko‘rsatadi;
-asosiy tushunchalar, xulosa, dalillar, isbotlar, uslublarni o‘zida mujassam etadi;
-materialga nisbatan uning tuzuvchisiga munosabatini aks ettiradi;
-faqatgina tuzuvchi emas, balki boshqa kitobxon tomonidan ham foydalanish mumkin.
-taqdimot tayyorlashda uzun matnlardan foydalanish tavsiya etilmaydi, asosiy tushunchalar, grafiklar, rasmlardan foydalanish maqsadga muvofiq.
Taqdimot tayyorlashda nimalarga e’tibor qaratish muhim?
-NIMA HAQIDA gap ketishiga;
-NIMALAR tasdiqlanishiga;
-QANDAY isbotlanishiga.
Dostları ilə paylaş: |