Baholash mezonlari:
1. Referat tuzilishining to’g’riligi (uning barcha bo’limlarini aks ettirish).
2. Referat to’liqligi (hajmning yetarliligi, rejalarning yoritib berilganligi).
3. Ma’ruzaning muammoli qismini raqam bilan ifodalangan tavsif sifati. savollarning mavjudligi, prognozlash yo'nalishlarining mavjudligi, tuzatuvchi materiallarni ishlab chiqish (faktlar, dalillar va boshqalar)
4. Nutqga ishonch, materialga yo'naltirilganlik, uni tinglovchilarga taqdim etishning ochiqligi.
5. Elektron materialni tayyorlash sifati ( formatlash, asosiy fikrlarni ajratib ko'rsatish, materialning tuzilishi)
Tavsiya etilgan adabiyotlar:
Хамдамова Г., Жумаев О. Менеджмент. Маркетинг. Уч. Пособие. – Т.: “Fan va texnologiya”, 2017, -460 стр.
Philip Kotler, Kevin Lange Keller. Marketing. Management. Pearson Education Inc. publishing as Prentice Hall United States of America 2012 y
A.Soliev, S.Buzrukxonov. Marketing / darslik. – T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2010. -424 b.
Qosimova M.S., Yusupov M.A., Ergashxodjayeva Sh.D. Marketing. Darslik. – T.: TDIU, 2010, -265 b.
Котлер Ф., Армстронг Г., Вонг В., Сондерс Дж. Основы маркетинга, 2-е европейское изд. Учебник. – М.: СПб, Издательский дом «Вильямс», 2006. -944 с.
Marketing: O‘quv qo‘llanma / F.T. Bazarova. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. – T.: Iqtisod-Moliya, 2015, - 424 b.
MUSTAQIL TA’LIM № 2.
Mavzu № 2. Marketing tizimida axborot ta’minoti.
Ishning maqsadi: “Marketing tizimida axborot ta’minoti” mavzusi bo‘yicha bilimlarni mustahkamlashdan iborat.
Topshiriq shakli: konspekt yozish. Mavzu bo’yicha keys tuzish
Bajarish vaqti: 6 soat.
Mustaqil ta’lim topshiriqlari №2
1-Topshiriq. “Marketing tizimida axborot ta’minoti” mavzusi bo‘yicha konspekt yozish.
Konspekt yozish bo’yicha metodik tavsiyalar:
Maqsad. Talabalarni o‘z mehnati evaziga bilim olishga yo‘naltirish, ya’ni aqliy mehnat bilan shug‘ullanish ko‘nikmasini mustaqil ravishda shakllantirish – bilim, ko‘nikma, malaka va ijodiy faoliyatni tarkib toptirish.
Vazifasi:
1. O‘qib o‘zlashtirilgan bilimlar asosida mavzuga doir tushunchalar, kalit so‘zlarni saralash-tahlil qilish;
2. Umumiy nazariy bilimlardan asosiy qismlarini ajratib olib, aniq, qisqa, lo‘nda fikrlarni yozish ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
3. Nazariy bilimlarni og‘zaki bayon etib berishni ichki rejasi shakllantirish.
4. Nazariy bilimlarni hayotiy misollar bilan asoslab, isbotlab berish ko‘nikmasini egallash;
5. Talaba o‘qib, o‘zlashtirgan bilimlarni matn tarzida yozadi, og‘zaki bayon etadi, misollar keltiradi, asoslaydi, isbotlaydi.
6. Bilimlar xotirada mustahkamlanadi.
Dostları ilə paylaş: |